Abduraimova Sohiba Karimkul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7317.
Ilmiy rahbar: Taniberdiev Akmal Abduganievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi  PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich pedagogika fanlari doktori, professor; Shoymardonov Tuymurod Turdialievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishning nazariy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tahliliy, divergent va refleksiv komponentlarni o‘zida mujassam etgan ko‘p darajali (didaktik, metodologik va umumpedagogik) konstruktiv tizim orqali fikrlash moslashuvchanligi, originalligi hamda kasbiy refleksiyani ta’minlovchi yaxlit mexanizm sifatida aniqlashtirilgan;
kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli kreativ ta’limning indikativ-analitik ko‘rsatkichlari hamda innovatsion fikrlash va tashabbuskorlikni faollashtiruvchi indikatorlar integratsiyasi orqali to‘rtta asosiy kompetensiya majmuini “4K+2I” mexanizmi ko‘rinishida ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish jarayoni nazorat-diagnostika vositalarini funksional uyg‘unlashtirish hamda individual rivojlanish dinamikasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar negizida progressiv baholash texnologiyasini kriterial mezonlar bilan boyitish orqali takomillashtirilgan;
kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish samaradorligi differensiallash, gemifikatsiya va muammoli ta’lim texnologiyalarini didaktik-jarayonli, emotsional-kognitiv hamda refleksiv-faollashtiruvchi komponentlar bilan muvofiqlashtirish orqali “Kreo-differensial” metodik tizim sifatida loyihalashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tahliliy, divergent va refleksiv komponentlarni o‘zida mujassam etgan ko‘p darajali (didaktik, metodologik va umumpedagogik) konstruktiv tizim orqali fikrlash moslashuvchanligi, originalligi hamda kasbiy refleksiyani ta’minlovchi yaxlit mexanizm sifatida aniqlashtirishga doir tavsiyalar “Kasbiy pedagogik kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 17-martdagi 02/01-01-180-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish diagnostikasiga oid ta’lim mazmunini takomillashtirish,  kreativ diagnostika, divergent generatsiya va refleksiv interpretatsiya asosidagi yangi didaktik modul shakllantirilib, talabalarda kreativlikni aniqlash va rivojlantirish jarayoni ilmiy asoslangan vositalar bilan boyitish imkoniyati yaratilgan;
kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli kreativ ta’limning indikativ-analitik ko‘rsatkichlari hamda innovatsion fikrlash va tashabbuskorlikni faollashtiruvchi indikatorlar integratsiyasi orqali to‘rtta asosiy kompetensiya majmuini “4K+2I” mexanizmi ko‘rinishida ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 17-martdagi 02/01-01-180-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ fikrlash, pedagogik vaziyatlarni innovatsion yondashuv asosda tahlil qilish, muammoli vaziyatlarga kreativ echim topish hamda ta’lim jarayonini kreativ loyihalash jarayonini  ilmiy asoslangan vositalar bilan boyitish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish jarayoni nazorat-diagnostika vositalarini funksional uyg‘unlashtirish hamda individual rivojlanish dinamikasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar negizida progressiv baholash texnologiyasini kriterial mezonlar bilan boyitish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 17-martdagi 02/01-01-180-son ma’lumotnomasi). Natijada progressiv baholash texnologiyasi o‘quv jarayoniga joriy etilib, talabalarning kreativ rivojlanish dinamikasini bosqichma-bosqich aniqlash va obektiv monitoring qilish imkoniyati ta’minlangan;
kreativlik qobiliyatini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish samaradorligi differensiallash, gemifikatsiya va muammoli ta’lim texnologiyalarini didaktik-jarayonli, emotsional-kognitiv hamda refleksiv-faollashtiruvchi komponentlar bilan muvofiqlashtirish orqali “Kreo-differensial” metodik tizim sifatida loyihalashtirish asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Kasbiy pedagogik kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 17-martdagi 02/01-01-180-son ma’lumotnomasi). Natijada metodik tizimning variativligi kengaytirilib, talabalarda refleksiv tahlil, kreativ fikrlash, pedagogik faoliyatni loyihalashtirish hamda kreativlik qobiliyatlarini namoyon etish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish