Fazliddinova Zulxumor Akramjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirishni geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3879 
Ilmiy rahbar: Qodirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Ergashev Erkin Irokovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirishni geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni GAT texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda “hududiy analitika - prognoz - strategiya - ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish” komponentlarining integratsiyasi orqali takomillashtirilgan;
demografik jarayonlarning Namangan viloyati tumanlari kesimida iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash koeffisienti (SR) darajasiga ko‘ra nisbatan qulay demografik muhitga ega  
(SR ≥ 0,61) va demografik yuklama nisbatan yuqori bo‘lgan (SR ≤ 0,60) guruhlarga ajratish orqali ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashtirishni strategik ustuvorliklarini aniqlashga uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;
hududiy resurslardan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb etish va hududlar raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ekonometrik modellashtirish yordamida Namangan viloyati sanoatining 2030-yilgacha bo‘lgan istiqbolli parametrlari tumanlar kesimida ishlab chiqilgan;
Namangan viloyatida ishlash chiqarish kuchlarini ratsional joylashtirish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirishni GAT bilan integratsiyalashgan interaktiv axborot-tahliliy xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirishni geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirishning uslubiy yondashuvlari GAT-texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda “hududiy analitika - prognoz - strategiya - ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish” komponentlarining integratsiyasining metodikasi ishlab chiqildi. Ushbu metodika O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 12- martdagi 02/10-1699-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv subektlariga aynan o‘z hududiga oid dolzarb va yangilangan prognoz natijalarini real vaqt rejimida ko‘rish va boshqa komponentlarni tahlil qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, tizim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlarini aniqlash, resurs taqchilligi yoki muammoli hududlarni kompleks tahlil qilish imkoniyatini ham yaratildi;
demografik jarayonlar va ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashtirish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik geoaxborot texnologiyalari asosida kompleks tadqiq etildi hamda Namangan viloyati va uning tumanlari iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash koeffisienti (SR) ko‘rsatkichlari asosida tipologik guruhlarga ajratildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, I guruh - nisbatan qulay demografik muhitga ega hududlar (Mingbuloq, Pop, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari) bo‘lib, ularda mehnatga layoqatli aholi ulushi yuqori darajada shakllangan (SR ≥ 0,61). II guruh - demografik yuklama nisbatan yuqori bo‘lgan hududlar (Namangan shahri, Kosonsoy, Namangan, Norin, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on va Chortoq tumanlari) bo‘lib, ularda mehnat resurslariga yuklama yuqoriroq darajada namoyon bo‘ldi (SR≤ 0,60) (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 12- martdagi 02/10-1699-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan va natijaning amaliyotga joriy etilishi hududlarda demografik dividendni hisoblash aholining yosh tarkibidagi o‘zgarishlarning iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga ta’sirini baholash imkonini berdi. Tumanlarni guruhlarga ajratish esa ishlab chiqarish kuchlarini hududlar kesimida oqilona joylashtirish hamda ularning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga keltirdi;
hududiy resurslardan samarali foydalanish, investisiyalarni jalb etish va hududlar raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ekonometrik modellashtirish yordamida Namangan viloyati sanoatining 2030-yilgacha bo‘lgan istiqbolli parametrlari tumanlar kesimida ishlab chiqildi. Mazkur ilmiy natija O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 4-ilovasi 25-bandida belgilangan tegishli hudud, tarmoq va sohadagi iqtisodiy tahdid va kutilmalar, prognoz va turli senariylar asosida tahlilning amalga oshirish vazifalarining ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 12- martdagi 02/10-1699-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar kesimida iqtisodiy-ijtimoiy tarmoqlarni manzilli rivojlantirish, resurslarni samarali taqsimlash hamda past va o‘rta darajadagi hududlar uchun ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyati ta’minlangan;
Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirishini geoaxborot texnologiyalari bilan integratsiyalashgan interaktiv axborot-tahliliy xaritasi tumanlar kesimida ishlab chiqildi va analitik natijalar asosida tumanlar kesimida prognozlash jarayonlarini amalga oshirish orqali strategik rejalashtirish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar bashorati, real vaqtli hududiy xaritalar, shuningdek xalqaro taqqoslashlar va ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirilgan (Namangan viloyati hokimligining 2026-yil 12- martdagi 02/10-1699-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natija O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori II bo‘lim (d) bandida belgilangan “hududlarda boshqaruvni to‘liq raqamlashtirish, shu jumladan, geoaxborot tizimlari, ochiq ma’lumotlar platformalari va interaktiv onlayn kuzatuv vositalarini joriy qilish” vazifasining ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish