Raximov Xasan Shukurjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1091
Ilmiy maslahatchi: Fayzullaev Javlonbek Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yakutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Abdulaziz Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shadieva Gulnora Mardievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq fundamental, nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasi lokomotiv aylanishi koeffisienti (L_a ), vagon sikli indeksi (V_c ), dispetcherlik sinxronligi darajasi (D_s ), kechikish tarqalishi koeffisienti (K_t ) va funksional o‘tkazuvchanlik koeffisienti (F_o ) o‘rtasidagi ichki bog‘liqlikni integral baholash asosida takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmi infratuzilma yuklanishi koeffisienti (I_y ), yuksiz harakat ulushi (Y_h ), manyovr jarayonlari zichligi (M_z ), qabul-jo‘natish intervali (Q_j ) va kechikish tarqalishi darajasi (K_t )ni lokal darajada aniqlash hamda kapital aylanishi barqarorligi (K_b )ni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti tizimi iqtisodiy samaradorligini erta diagnostika qilish maqsadida infratuzilma yuklanishi, lokomotiv va vagon aylanishi, bo‘sh vagon harakati, ekspluatatsion kechikishlar, energiya sarfi va raqamlashtirish samarasi ko‘rsatkichlarining me’yoriy hamda kritik chegara qiymatlariga asoslangan funksional-integratsion baholash uslubi takomillashtirilgan;
temir yo‘l transportida tarif siyosatining iqtisodiy samaradorligini baholash uslubiyoti tarif signali, yuk oqimi, infratuzilma yuklanishi, harakat resurslari va ekspluatatsion bosim o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklarni hisobga oluvchi harakat resurslarini muvofiqlashtirishning ekspluatatsion-iqtisodiy modeli asosida takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirishning integratsiyalashgan metodologik modeli iqtisodiy signallar, resurs harakati, investisiya jarayonlari va ekspluatatsion reaksiyalar o‘rtasidagi funksional sinxronlikni ta’minlash tamoyili asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasi lokomotiv aylanishi koeffisienti (L_a ), vagon sikli indeksi (V_c ), dispetcherlik sinxronligi darajasi (D_s ), kechikish tarqalishi koeffisienti (K_t ) va funksional o‘tkazuvchanlik koeffisienti (F_o ) o‘rtasidagi ichki bog‘liqlikni integral baholash asosida takomillashtirish yuzasidan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026-yil 26-iyundagi 03/3086-26-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi vagon aylanish tezligini 12-18 foizga, lokomotivlardan foydalanish samaradorligini 9-13 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmi infratuzilma yuklanishi koeffisienti (I_y ), yuksiz harakat ulushi (Y_h ), manyovr jarayonlari zichligi (M_z ), qabul-jo‘natish intervali (Q_j ) va kechikish tarqalishi darajasi (K_t )ni lokal darajada aniqlash hamda kapital aylanishi barqarorligi (K_b )ni ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026-yil 26-iyundagi 03/3086-26-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bekatlarda turib qolish vaqtini 15-20 foizga, yuksiz harakat ulushini 8-11 foizga qisqartirish hamda kapital aylanishi barqarorligini ta’minlash imkoniyati aniqlangan;
temir yo‘l transporti tizimi iqtisodiy samaradorligini erta diagnostika qilish maqsadida infratuzilma yuklanishi, lokomotiv va vagon aylanishi, bo‘sh vagon harakati, ekspluatatsion kechikishlar, energiya sarfi va raqamlashtirish samarasi ko‘rsatkichlarining me’yoriy hamda kritik chegara qiymatlariga asoslangan funksional-integratsion baholash taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026-yil 26-iyundagi 03/3086-26-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning kompaniya faoliyatiga joriy etilishi iqtisodiy samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi funksional deformatsiyalarni 10-15 kun oldin aniqlash va profilaktik choralarni o‘z vaqtida ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
temir yo‘l transportida tarif siyosatining iqtisodiy samaradorligini baholash uslubiyoti tarif signali, yuk oqimi, infratuzilma yuklanishi, harakat resurslari va ekspluatatsion bosim o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklarni hisobga oluvchi harakat resurslarini muvofiqlashtirishning ekspluatatsion-iqtisodiy modeli bo‘yicha olingan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026-yil 26-iyundagi 03/3086-26-son ma’lumotnomasi). Ushbu metodologiyaning joriy etilishi natijasida infratuzilma quvvatlaridan foydalanish samaradorligini 10-14 foizga, yuk oqimlarini taqsimlash samaradorligini 11-16 foizga oshirish imkoniyati asoslangan;
temir yo‘l transporti tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirishning integratsiyalashgan metodologik modeli iqtisodiy signallar, resurs harakati, investisiya jarayonlari va ekspluatatsion reaksiyalar o‘rtasidagi funksional sinxronlikni ta’minlash tamoyili asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026-yil 26-iyundagi 03/3086-26-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qaror qabul qilish siklini 18-25 foizga qisqartirish, ekspluatatsion xarajatlarni 8-12 foizga kamaytirish hamda temir yo‘l transporti tizimi iqtisodiy samaradorligining integral ko‘rsatkichini 13-17 foizga oshirish imkoniyati asoslangan.