Dushamov Maxmudjon Maksudbekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bank xizmatlari samaradorligini oshirishda marketing strategiyasi” (tijorat banklari misolida). 08.00.11 - “Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6133.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Bahriddinxon Jo‘raevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultonov Baxtiyor Baxodirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining marketing strategiyalarini tahlil qilish, bank xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan marketing strategiyasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank xizmatlari samaradorligini oshirishda xizmatlar xususiyati, narx siyosati, xodimlar xatti-harakati, mijozlar bilan aloqaga asoslangan bank xizmatlari bozorini kompleks rivojlantirishning marketing modeli taklif etilgan;
bank xizmatlari sifatini oshirishda mijozga yo‘naltirilgan yondashuv, raqamli texnologiyalar va Super App (mijozlar uchun to‘lovlar, kreditlar, investisiya, sug‘urta va onlayn xizmatlarni bir joyda boshqarish imkonini beradigan) ilovalaridan samarali foydalanish bo‘yicha marketing strategiyasi taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan bank marketing strategiyasining asosiy yo‘nalishlari (ustuvorlik beriladigan mijozlar segmenti, bank mahsulotlari va hududlar) ochiq ma’lumotlar (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) asosida raqamli marketingdan samarali foydalanish sxemasi taklif etilgan;
tijorat banklari faoliyatida marketing strategiyalarini qo‘llash natijasida jalb qilingan jami depozitlarning 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari faoliyatini rejalashtirishda, xususan, bank xizmatlari samaradorligini oshirishda marketing strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bank xizmatlari samaradorligini oshirishda xizmatlar xususiyati, narx siyosati, xodimlar xatti-harakati, mijozlar bilan aloqaga asoslangan bank xizmatlari bozorini kompleks rivojlantirishning marketing modeli AT “Aloqabank” aksiyadorlarining 2023-yil 30-noyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “AT Aloqabankning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2026-yil 19-martdagi 05-04/1922-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari faoliyatini rejalashtirish hamda marketing strategiyalarini ishlab chiqish imkonini bergan; 
bank xizmatlari sifatini oshirishda mijozga yo‘naltirilgan yondashuv, raqamli texnologiyalar va Super App (mijozlar uchun to‘lovlar, kreditlar, investisiya, sug‘urta va onlayn xizmatlarni bir joyda boshqarish imkonini beradigan) ilovalaridan samarali foydalanish bo‘yicha marketing strategiyasi AT “Aloqabank” aksiyadorlarining 2023-yil 30-noyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “AT Aloqabankning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2026-yil 19-martdagi 05-04/1922-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklif bank va mijoz o‘rtasida ishonchni kuchaytirishga xizmat qilgan. Bundan tashqari, ushbu strategiya orqali kichik segmentlarga ajratish IT sohasida faoliyat yurituvchilar, frilanserlar, kichik biznes egalari, eksportchilar, bank mahsulotlari foiz stavkalari va mijozlarni jalb qilish qiymati (CAC), mijoz hayotiy qiymati (CLV), raqamli kanallar orqali mijozlar soni, xizmat haqlarini bozor sharoiti, raqobat va mijoz profiliga qarab dinamik ravishda o‘zgarishini nazorat qilishga yordam  bergan;
tijorat banklari tomonidan bank marketing strategiyasining asosiy yo‘nalishlari (ustuvorlik beriladigan mijozlar segmenti, bank mahsulotlari va hududlar) ochiq ma’lumotlar (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) asosida raqamli marketingdan samarali foydalanish sxemasi bo‘yicha taklif AT “Aloqabank” kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlangan “AT Aloqabankning 2026-yilga mo‘ljallangan biznes rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2026-yil 19-martdagi 05-04/1922-sonli ma’lumotnomasi). Bu sxema yordamida tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
tijorat banklari faoliyatida marketing strategiyalarini qo‘llash natijasida jalb qilingan jami depozitlarning 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif AT “Aloqabank” aksiyadorlarining 2023-yil 30-noyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “AT Aloqabankning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2026-yil 19-martdagi 05-04/1922-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilga kelib, marketing strategiyalarini qo‘llash natijasida bank tizimidagi jami depozitlar ulushi 23 foizga oshib, qo‘shimcha 7,4 mlrd. AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar jalb qilinishiga erishilishi aniqlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish