Boymaxmadov Alisher Xoliyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida chakana bank xizmatlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5726
Ilmiy rahbar: Rahimov Akmal Matyaqubovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Abduramonov Ilyos Xurshilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Toshkent Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida chakana bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslar uchun ulushli kreditlarni takomillashtirish maqsadida kredit bo‘yicha yillik foiz stavkasini mijoz tomonidan kiritilayotgan ulushning miqdoriga bog‘liq tarzda differensiallashtirish hisobiga bank daromadini oshirish taklif etilgan;
banklar tomonidan chakana xizmat ko‘rsatishda mijozlari bilan samarali aloqalar o‘rnatish va mijozlarni saqlab qolishga qaratilgan strategiyalarni takomillashtirish uchun “Attrition-scoring” (“Mijozni saqlab qolish skoringi”) mexanizmi taklif etilgan;
bank mobil ilovasi orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatishda Turonbank ATBda “My Turon Prime” xizmat turini joriy qilish hisobiga bank mijozlari uchun ko‘pfunksiyali obuna paketidan foydalanish imkoniyatini yaratish orqali mijozlar sodiqligini oshirish taklif etilgan;
Turonbank ATBning chakana bank xizmatlarini ko‘rsatishiga ta’sir etuvchi omillar empirik tahlili olib borish asosida chakana bank xizmatlarini ko‘rsatishning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ATB «Turonbank»ning chakana xizmatlarini takomillashtirish jarayonida sinovdan o‘tkazilgan va qo‘llanilgan:
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslar uchun ulushli kreditlarni takomillashtirish maqsadida kredit bo‘yicha yillik foiz stavkasini mijoz tomonidan kiritilayotgan ulushning miqdoriga bog‘liq tarzda differensiallashtirish hisobiga bank daromadini oshirishda doir taklifi ATB “Turonbank” tomonidan bankning 2025-yil “Kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanish uchun qabul qilingan (ATB “Turonbank”ning 2025-yil 11-dekabrdagi 15/04-211-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ATB “Turonbank”ning loyihaviy moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlardan olingan foizli daromadlari 2,3 foizga ortishi reja qilingan;
banklar tomonidan chakana xizmat ko‘rsatishda mijozlari bilan samarali aloqalar o‘rnatish va mijozlarni saqlab qolishga qaratilgan strategiyalarni takomillashtirish uchun “Attrition-scoring” (“Mijozni saqlab qolish skoringi”) mexanizmiga doir taklifi ATB “Turonbank” tomonidan bankning 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan stragtegiyasida aks etgan (ATB “Turonbank”ning 2025-yil 11-dekabrdagi 15/04-211-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bankda chakana xizmatlaridan doimiy foydalanuvchi jismoniy shaxslar soni 2025-yil 1-iyul holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga ortib, 1,4 mln. tani tashkil etgan;
bank mobil ilovasi orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatishda Turonbank ATBda “My Turon Prime” xizmat turini joriy qilish hisobiga bank mijozlari uchun ko‘pfunksiyali obuna paketidan foydalanish imkoniyatini yaratish orqali mijozlar sodiqligini oshirish taklifi ATB “Turonbank”ni transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ustuvor vazifalar sifatida aks etgan (ATB “Turonbank”ning 2025-yil 11-dekabrdagi 15/04-211-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bankning mobil ilovalardan foydalanuvchilar soni 2025-yil 1-iyul holatiga 377 922 tadan 2026-yilgaacha 500 000 tadan oshirish reja qilingan;
Turonbank ATBning chakana bank xizmatlarini ko‘rsatishiga ta’sir etuvchi omillar empirik tahlili olib borish asosida chakana bank xizmatlarini ko‘rsatishning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlariga doir taklifi “Turonbank” ATBning 2025-yilga mo‘ljallangan “Biznes rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Turonbank”ning 2025-yil 11-dekabrdagi 15/04-211-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, “Turonbank” ATBning “2023-2027-yillarga mo‘ljallangan rivonlantirish strategiyasi”ni samarili ishlab chiqishga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish