Kurbanbaeva Aytgul Uralbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):
“Qoraqalpog‘iston Respublikasida konstitutsiyaviy nazoratning tashkiliy-huquqiy asoslari”. 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1516
Ilmiy rahbar: yuridik fanlar doktori, professor Z.A.Reymova
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Yu.04.05.
Rasmiy opponentlar: Yuridik fanlar doktori, professor Tursunov Axtam Salomovich; yuridik fanlari falsafa doktori (PhD) Imatov Azat Maratovich
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istonda konstitutsiyaviy nazoratning nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilish, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi o‘zining vakolatlari doirasida kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lishi zarurligi asoslab berilgan;
konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi faoliyatini huquqiy tartibga solishda, Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi to‘g‘risidagi qonun hamda Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining reglamenti bilan belgilanishi zarurligi asoslangan;
konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining a’zolari siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lishi va siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin emasligi hamda bir vaqtning o‘zida hujjatlari qo‘mitaning nazoratida bo‘lgan organlarda mansabdor lavozimlarni bajarishi mumkin emasligi zarurligi asoslab berilgan;
konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining a’zosiga jinoyat ishi faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi: Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda foydalanilgan:
konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi o‘zining vakolatlari doirasida kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2024-yil 24-oktyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 399/LII-sonli Qonunining 12-moddasi 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 08-08/563-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining qonunlarni takomillashtirishdagi bevosita ishtirokini ta’minlashga, huquq-tartibotni mustahkamlash va inson huquqlari himoyasini kuchaytirishga xizmat qilgan;
konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi faoliyatini huquqiy tartibga solishda, Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi to‘g‘risidagi qonun hamda Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining reglamenti bilan belgilanishi zarurligi to‘g‘risidagi taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2024-yil 24-oktyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 399/LII-sonli Qonunining 12-moddasi 2-bandini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil\28-oktyabrdagi 08-08/563-son dalolatnomasi). Ushbu taklif Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi faoliyatini huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining a’zolari siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lishi va siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin emasligi hamda bir vaqtning o‘zida hujjatlari qo‘mitaning nazoratida bo‘lgan organlarda mansabdor lavozimlarni bajarishi mumkin emasligi zarurligi to‘g‘risidagi taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2024-yil 24-oktyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 399/LII-sonli Qonunining 12-moddasi 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 08-08/563-son dalolatnomasi).Ushbu taklifning amalga oshirilishi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining mustaqilligi va xolisligini ta’minlashga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining a’zosiga jinoyat ishi faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkinligi haqidagi taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2024-yil 24-oktyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 399/LII-sonli Qonunining 12-moddasi
4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 08-08/563-son dalolatnomasi). Ushbu taklif Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi a’zolarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga va ularning kasbiy faoliyatini asossiz ta’qiblardan himoya qilishga yordam beradi.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘istonda konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish bilan bog‘liq konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi va tegishli tartibda qabul qilingan.