Azizov Abrorjon Salidjanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston respublikasida soliq monitoringini huquqiy tartibga solish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1511. 
Ilmiy rahbar: Xvan Leonid Borisovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.02
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Ruzmetov Xayrulla Ibodullaevich; yuridik fanlar nomzodi, professor Xojiev Erkin Tuygunovich. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi O‘zbekiston Respublikasida soliq nazoratining innovatsion shakli bo‘lgan soliq monitoringini huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
soliq organidan hujjatlarni (axborotni) elektron shaklda taqdim etish to‘g‘risida talabnoma kelib tushganda va talabnomani qabul qilishdan bosh tortish uchun 37-bandda belgilangan asoslar bo‘lmasa, soliq to‘lovchi u olingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtiradi, ERI bilan imzolaydi va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga yuborishi asoslantirilgan; 
hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risidagi talabnomani qabul qilishdan bosh tortish uchun 37-bandda belgilangan asoslar mavjud bo‘lsa, soliq to‘lovchi qabul qilishdan bosh tortish to‘g‘risida elektron shaklda xabarnomani shakllantiradi, ERI bilan imzolaydi va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga yuborishi asoslab berilgan;
soliq to‘lovchidan talab qilib olinadigan hujjat (axborot) elektron shaklda olinganda va ko‘rsatilgan hujjatni qabul qilishdan bosh tortish uchun 38-bandda belgilangan asoslar bo‘lmagan taqdirda, soliq organi u olingan paytdan boshlab bir ish kuni ichida qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtiradi, soliq organining vakolatli mansabdor shaxsining ERI bilan imzolaydi va soliq to‘lovchiga yuborishi asoslantirilgan;
talab qilib olinadigan hujjatni (axborotni) qabul qilishdan bosh tortish uchun 38-bandda belgilangan asoslar mavjud bo‘lsa, soliq organi qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risida xabarnomani shakllantiradi, soliq organining vakolatli mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolaydi va soliq to‘lovchiga yuborishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda qo‘llanilgan:
soliq organidan hujjatlarni (axborotni) elektron shaklda taqdim etish to‘g‘risida talabnoma kelib tushganda va talabnomani qabul qilishdan bosh tortish uchun 37-bandda belgilangan asoslar bo‘lmasa, soliq to‘lovchi u olingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtiradi, ERI bilan imzolaydi va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga yuborishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 736-son hamda 2025-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 400-son qarorining 41-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 4-dekabdagi № 40-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi hujjat aylanishini tezlashtirish, so‘rovlarni qayta ishlash tezkorligini oshirish, soliq nazorati tartib-taomillarining shaffofligini ta’minlash, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
hujjatlarni (axborotni) taqdim etish to‘g‘risidagi talabnomani qabul qilishdan bosh tortish uchun 37-bandda belgilangan asoslar mavjud bo‘lsa, soliq to‘lovchi qabul qilishdan bosh tortish to‘g‘risida elektron shaklda xabarnomani shakllantiradi, ERI bilan imzolaydi va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organiga yuborishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 736-son hamda 2025-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 400-son qarorining 42-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 4-dekabdagi № 40-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi hujjat aylanishini tezlashtirishga xizmat qilgan;
soliq to‘lovchidan talab qilib olinadigan hujjat (axborot) elektron shaklda olinganda va ko‘rsatilgan hujjatni qabul qilishdan bosh tortish uchun 38-bandda belgilangan asoslar bo‘lmagan taqdirda, soliq organi u olingan paytdan boshlab bir ish kuni ichida qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtiradi, soliq organining vakolatli mansabdor shaxsining ERI bilan imzolaydi va soliq to‘lovchiga yuborishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 736-son hamda 2025-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 400-son qarorining 45-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 4-dekabdagi № 40-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga, soliq monitoringi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar va xatoliklar haqida ogohlantirishga hamda soliq organlari va tadbirkorlik subektlari o‘rtasida konstruktiv muloqotni shakllantirishga xizmat qilgan;
talab qilib olinadigan hujjatni (axborotni) qabul qilishdan bosh tortish uchun  38-bandda belgilangan asoslar mavjud bo‘lsa, soliq organi qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risida xabarnomani shakllantiradi, soliq organining vakolatli mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolaydi va soliq to‘lovchiga yuborishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 736-son hamda 2025-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 400-son qarorining 46-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 4-dekabdagi № 40-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi soliq monitoringi institutidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar doirasini kengaytirishga, soliqqa oid huquqiy munosabatlarning shaffofligini oshirishga hamda soliq organlari va insofli soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish