Bekmamadova Gulnoza Akmalovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ichimlik maqsadida To‘polang suv ombori suv resurslarini baholash va muhofaza qilish”, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6605.
Ilmiy rahbar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD. 18/2025.27.12.T.01.01. raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasmiy orronenttlar: Erkabaev Furqat Ilyasovich  Atrof-muhit va tabiatni  muxofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti “Suv resurslarini muhofaza qilish texnologiyalari” laborotoriyasi mudiri, t.f.d. professor.
Xodjiev Alisher Kuldashevich Toshkent Davlat Agrar universiteti “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish kafedrasi mudiri Gidrometerologiya ilmiy tadqiqot instituti” texnika fanlari nomzodi t.f.f.d.dosent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘polang suv ombori suv resurslarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etadigan omillarni aniqlash fazoviy va statistik yondashuvlar asosida geoaxborot tizimlari (GAT) texnologiyalarini qoʻllagan holda ekologik xavf zonalarini aniqlashdan hamda matematik modellashtirish asosida takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
To‘polang suv ombori gidroresurslarini ichimlik suvi manbai sifatida baholash nuqtai nazaridan kimyoviy va biologik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi statistik bog‘liqliklarni aniqlash, tabiiy-antropogen omillarning ekologik holatiga va barqarorlikka ta’sirini baholash maqsadida stvorlar kesimida korrelyasion matrisalar ishlab chiqilgan;
tabiiy va antropogen omillarni inobatga olgan holda, suvning gidrokimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlar asosida suv sifatining stvorlar bo‘yicha taqsimlanishi GAT texnologiyalari yordamida xaritasi ishlab chiqilgan;
ichimlik suvi maqsadida foydalanishga asoslanib Bilayn interpolyasiyasi usulidan foydalanib va laboratoriya tadqiqoti natijalarini inobatga olib fasllar bo‘yicha suvning vodorod ko‘rsatkichi va umumiy mineralizatsiya miqdorini aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan;
suv omborlaridan ichimlik suvi manbai sifatida samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks ilmiy-amaliy tadqiqot dasturi ishlab chiqilib, suv sifatini baholashning zamonaviy yondashuvlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichimlik maqsadida To‘polang suv ombori suv resurslarini baholash va muhofaza qilish” bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tabiiy va antropogen omillarni inobatga olgan holda, suvning gidrokimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlar asosida suv sifatining stvorlar bo‘yicha taqsimlanishi GAT texnologiyalari yordamida xaritasi ishlab chiqilib To‘palang suv omborida joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026 yil 20-apreldagi 04-04/3-1-4135-son ma’lumotnomasi). Natijada suvning gidrokimyoviy va mikrobiologik holatini fazoviy baholash aniqligi oshirilib, suv sifati monitoringini takomillashtirish hamda suv resurslarini ekologik jihatdan xavfsiz boshqarish imkoniyati yaratilgan;
ichimlik suvi maqsadida foydalanishga asoslanib Bilayn interpolyasiyasi usulidan foydalanib fasllar bo‘yicha suvning vodorod ko‘rsatkichi va umumiy mineralizatsiya miqdorini aniqlovchi matematik model ishlab chiqilib To‘palang suv omborida joriy etilgan. (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026 yil 20-apreldagi 04-04/3-1-4135-son ma’lumotnomasi). Natijada ichimlik suvi manbalarining ekologik holatini monitoring qilish va suv sifati ko‘rsatkichlarining mavsumiy o‘zgarishlarini prognozlash samaradorligi oshirilgan;
suv omborlaridan ichimlik suvi manbai sifatida samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks ilmiy-amaliy tadqiqot dasturi ishlab chiqilib To‘palang suv omborida joriy etilgan. (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026 yil 20-apreldagi 04-04/3-1-4135-son ma’lumotnomasi). Natijada ichimlik suvi ta’minoti uchun foydalanilayotgan suv resurslarining ekologik holatini baholash va nazorat qilish takomillashtirilib, suv sifati barqarorligini ta’minlash hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzlyuksiz ta’minlash samaradorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish