Rafikova Ziyodaxon Akmaljon qizi
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xizmatida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 “Menejment».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2399
Ilmiy rahbar: i.f.f.d.,dosent A.X.Xolov
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlatsiyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar i.f.d. prof. Xamidulin Mixail Borisovich, i.f.f.d. dos. Gafurov Anvar Bazarabaevich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning asosiy maqsadi – davlat xizmatida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini aniq, raqamlashtirilgan va obektiv baholash tizimini shakllantirish hamda bu jarayonda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat xizmatida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholash mexanizmlarini takomillashtirishning yagona integrasiyalashgan kompleks indikatorlari (kognitiv va psixometrik ko‘rsatkichlar, natijadorlik ko‘rsatkichlari, 360 gradus baholash) psixometrik testlarning o‘zaro uyg‘unlashgan integrasiyasi asosida rahbar kadrlarning strategik fikrlash, rahbarlik qobiliyati, etik standartlarga rioya qilish va innovasion faoliyat darajasini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
davlat xizmatida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholash mexanizmlari individual kasbiy rivojlanish traektoriyalarini shakllantirish, kompetensiyaviy profili va xizmat faoliyati natijalariga asoslangan kompleks diagnostika qilish ilmiy asoslangan;
davlat xizmatida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholashda kompetensiyaviy modellashtirish va dinamik baholash matrisasi orqali rahbarlarning 3–5 yillik uzoq muddatli samaradorligini prognozlashtirish indikatorlari (strategik barqarorlik, rahbarlik potensiali, innovasion rivojlanish, o‘sish traektoriyasi) ishlab chiqilgan;
davlat xizmatida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholashda liderlik, jamoaviy ishlash va krizis boshqaruvi qobiliyatlarini ko‘p o‘lchovli baholashni ta’minlovchi, so‘rovlar, ekspert baholari va statistik ma’lumotlarga asoslangan integrasiyalashgan baholash matrisasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rahbar xodimlar boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
davlat xizmatida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholash mexanizmlarini takomillashtirishning yagona integrasiyalashgan kompleks indikatorlari (kognitiv va psixometrik ko‘rsatkichlar, natijadorlik ko‘rsatkichlari, 360 gradus baholash) psixometrik testlarning o‘zaro uyg‘unlashgan integrasiyasi asosida rahbar kadrlarning strategik fikrlash, rahbarlik qobiliyati, etik standartlarga rioya qilish va innovasion faoliyat darajasini baholash mezonlariga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining 2025 yil 27 noyabrdagi 04-02/2-2018-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholash jarayonining xolisligi va aniqligi oshirildi, sub'ektiv yondashuvlar qisqartirildi hamda baholashning yagona va shaffof tizimi shakllantirildi. Shuningdek, KPI ko‘rsatkichlar va psixometrik testlar integrasiyasi orqali rahbar kadrlarning strategik fikrlash, liderlik qobiliyati, etik me'yorlarga rioya qilishi va innovasion faoliyatini kompleks baholash imkoniyati yaratildi.
davlat xizmatida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholash mexanizmlari individual kasbiy rivojlanish traektoriyalarini shakllantirish, kompetensiyaviy profili va xizmat faoliyati natijalariga asoslangan kompleks diagnostika qilishga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining 2025 yil 27 noyabrdagi 04-02/2-2018-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida rahbar kadrlarning individual kasbiy rivojlanish traektoriyalarini shakllantirish jarayoni tizimli va aniq asosda amalga oshirildi, ularning kompetensiyaviy profili va xizmat faoliyati natijalariga asoslangan kompleks diagnostika orqali kuchli va zaif tomonlari aniqlandi.
davlat xizmatida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholashda kompetensiyaviy modellashtirish va dinamik baholash matrisasi orqali rahbarlarning 3–5 yillik uzoq muddatli samaradorligini prognozlashtirish indikatorlari (strategik barqarorlik, rahbarlik potensiali, innovasion rivojlanish, o‘sish traektoriyasi)ga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining 2025 yil 27 noyabrdagi 04-02/2-2018-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida rahbar kadrlarning 3–5 yillik uzoq muddatli samaradorligini prognozlashtirish va boshqaruv qarorlarining natijadorligini baholash jarayoni aniq va ob'ektiv bo‘ldi. Yangi indikatorlar — strategik maqsadlarga erishish darajasi, o‘zgarishlarni boshqarish samaradorligi va innovasion faoliyat samaradorligi — orqali rahbarlar faoliyatining samaradorligi kompleks va ko‘p o‘lchovli mezonlar asosida baholanib, strategik rejalashtirish jarayonida ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratildi.
davlat xizmatida rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholashda liderlik, jamoaviy ishlash va krizis boshqaruvi qobiliyatlarini ko‘p o‘lchovli baholashni ta’minlovchi, so‘rovlar, ekspert baholari va statistik ma’lumotlarga asoslangan integrasiyalashgan baholash matrisasiga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining 2025 yil 27 noyabrdagi 04-02/2-2018-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida rahbar kadrlar faoliyatini baholashda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi, boshqaruv samaradorligini oshirdi, boshqaruvda shaffoflikni kuchaytirdi va kadrlar salohiyatini uzoq muddatli rivojlantirishga xizmat qildi.