Maxmudov Lazizbek Ubaydullo o‘g‘li
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Xizmat ko‘rsatish sohasida elektron tijoratni rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy maslahatchi: Po‘latov Muhiddin Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Alimova Mashhura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish sohasida raqobatbardosh va barqaror rivojlanadigan elektron tijorat tizimini shakllantirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron tijorat funksiyalari, uning tamoyillari va ularni vujudga keltiruvchi ehtiyojlar asosida uni raqamli boshqaruv tizimi, mijoz bilan uzlyuksiz muloqot maydoni va onlayn xizmat ko‘rsatish mexanizmi sifatida talqin qilish imkonini beruvchi “transmissiya — innovatsion — integratsion” guruhlar bo‘yicha ilmiy tasnifi ishlab chiqilgan;
elektron tijoratga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash metodi ta’sir darajasi, yo‘nalishi, ko‘lami va vaqt omili bo‘yicha kompleks va uzviy bog‘liq holda tahlil qilish imkonini beruvchi hamda sinergik va dominant ta’sirlarni o‘zaro ta’sir matrisasida aks ettiruvchi tizimli-holistik yondashuvni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda elektron tijorat savdo hajmiga ta’sir etuvchi asosiy determinantlar asosida ko‘p o‘zgaruvchili regressiya modeli ishlab chiqilib, 2025–2028-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan;
elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida uning logistika va teskari logistika xizmatlari xalqaro integratsiya hamda shahar va qishloq hududlarining xususiyatlarini hisobga oluvchi “xalqaro va hududiy moslashuvchan innovatsion logistika tizimlarini integratsiyalash modeli”ni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
elektron tijoratni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi gibrid yondashuv asosida ijtimoiy tarmoqlardagi elektron tijorat subektlarini markerlash tizimi hamda P2P shaklida amalga oshiriladigan kartadan kartaga pul o‘tkazmalarining maqsadiga “elektron tijorat” funksiyasini joriy etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida elektron tijoratni rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
elektron tijorat funksiyalari, uning tamoyillari va ularni vujudga keltiruvchi ehtiyojlar asosida uni raqamli boshqaruv tizimi, mijoz bilan uzlyuksiz muloqot maydoni va onlayn xizmat ko‘rsatish mexanizmi sifatida talqin qilish imkonini beruvchi “transmissiya — innovatsion — integratsion” guruhlar bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tasnifidan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida nashr etilgan “Ovqatlanish korxonalari iqtisodiyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2024-yil 27-sentyabrdagi 2-son majlis bayoni bilan tasdiqlangan №180-27/09 raqamli o‘quv adabiyoti nashr ruxsatnomasi). Mazkur ilmiy natijani o‘quv jarayoniga joriy etish elektron tijorat funksiyalarini tizimli tasniflash hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy-uslubiy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
elektron tijoratga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash metodi ta’sir darajasi, yo‘nalishi, ko‘lami va vaqt omili bo‘yicha kompleks va uzviy bog‘liq holda tahlil qilish imkonini beruvchi hamda sinergik va dominant ta’sirlarni o‘zaro ta’sir matrisasida aks ettiruvchi tizimli-holistik yondashuvni qo‘llash orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Milliy elektron tijorat strategiyasi (yo‘l xaritasi)ni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 11-dekabrdagi 05-33-13954-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi strategik boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash imkoniyatini kengaytirib, risklarni kamaytirish va ustuvor yo‘nalishlarni belgilashda yuqori aniqlikka erishish imkonini yaratgan;
O‘zbekistonda elektron tijorat savdo hajmiga ta’sir etuvchi asosiy determinantlar asosida ko‘p o‘zgaruvchili regressiya modeli ishlab chiqilib, 2025–2028-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari aniqlanganligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Milliy elektron tijorat strategiyasi (yo‘l xaritasi)ni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 11-dekabrdagi 05-33-13954-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif doirasida O‘zbekistonda elektron tijorat savdo hajmining 2028-yilga kelib 20,5 trillion so‘mdan oshishi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bozor kon’yunkturasini tahlil qilish, investisiya qarorlarini ilmiy asoslash, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron to‘lov tizimlarini takomillashtirish hamda kichik biznes subektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur va loyihalarni ishlab chiqishda ilmiy asos sifatida xizmat qilgan;
elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida uning logistika va teskari logistika xizmatlari xalqaro integratsiya hamda shahar va qishloq hududlarining xususiyatlarini hisobga oluvchi “xalqaro va hududiy moslashuvchan innovatsion logistika tizimlarini integratsiyalash modeli”ni ishlab chiqish orqali takomillashtirish taklifidan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Milliy elektron tijorat strategiyasi (yo‘l xaritasi)ni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 11-dekabrdagi 05-33-13954-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi, etkazib berish tezligini, qaytaruvlar boshqaruvini va xarajatlarni optimallashtirishni sezilarli yaxshilab, hududlar bo‘yicha elektron tijoratning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi va etkazib berish tezligini 20–30 foizgacha oshirish, logistika xarajatlarini 15–20 foizgacha kamaytirish, qaytaruv jarayonlarini 25–40 foizgacha osonlashtirish imkonini bergan;
elektron tijoratni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi gibrid yondashuv asosida ijtimoiy tarmoqlardagi elektron tijorat subektlarini markerlash tizimi hamda P2P shaklida amalga oshiriladigan kartadan kartaga pul o‘tkazmalarining maqsadiga “elektron tijorat” funksiyasini joriy etish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Milliy elektron tijorat strategiyasi (yo‘l xaritasi)ni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 11-dekabrdagi 05-33-13954-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi soliq shaffofligini oshirishga xizmat qilib, byudjet tushumlarini barqaror oshirish hamda norasmiy savdoni 20–30 foizgacha kamaytirish va soliq tushumlarini 15–25 foizgacha oshirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish