Xatamova Ferangiz Ibodulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilaviy munosabatlarda tolerantlik namoyon bo‘lishida altruistik motivlarning ta’siri”. 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.1PhD/P1160.
Ilmiy rahbar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Samatova Sevara G‘ayratovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilaviy munosabatlarda tolerantlik namoyon bo‘lishida altruistik motivlarning ta’sirini tadqiq etish asosida tolerantlikni shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy munosabatlarda tolerantlik namoyon bo‘lishining gender-differensial jihatlariga ko‘ra bag‘rikenglik va o‘zaro yordamning bog‘liqligi erkaklarda shaxsiy-ratsional, ayollarda emotsional-ijtimoiy integratsiya orqali ifodalanishi natijasida altruistik motivatsiya asosiy psixologik determinant sifatida kognitiv, emotsional va ijtimoiy omillarni birlashtiruvchi integrativ funksiyani bajarishi aniqlangan;
oilaviy munosabatlarda er-xotin tolerantligi shakllanishi va namoyon bo‘lishiga altruistik motivatsiya darajasining ta’siriga ko‘ra altruizmning yuqoriligi konfliktli vaziyatlarda murosalilik, rolli moslashuvchanlik, hamkorlik va shaxsiy mustaqillikni qabul qilishni kuchaytirsa, uning past darajasi esa rashk, ustunlikka intilish, rolli stereotiplarga qat’iy bog‘liqlik hamda konfliktli reaksiyalarning ortishiga olib kelganligi tufayli o‘zaro yordam motivlari bag‘rikenglikning etnik, ijtimoiy va shaxsiy komponentlarini faollashtiruvchi psixologik mexanizm sifatida ochib berilgan;
oilaviy emotsional munosabatlarning dinamik xarakteriga ko‘ra er-xotin orasida tolerantlikning namoyon bo‘lishi altruizm darajasiga qarab passiv moslashuvdan ijtimoiy faollik va kreativlik bilan uyg‘unlashgan holatga, yuqori darajada esa shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy nufuz bilan integratsiyalashgan konstruktiv psixologik resursga transformatsiyalanishi mumkinligi tufayli altruistik motivatsiya shaxsdagi etnik, ijtimoiy bag‘rikenglik orqali oilaviy qadriyatlarga munosabatni belgilovchi yetakchi omil ekanligi dalillangan;
oilada emotsional yaqinlik va psixologik barqarorlikni ta’minlash muhimligiga ko‘ra er-xotin muloqotidagi empatiyaviy identifikatsiya, kognitiv qayta ishlash, internalizatsiya kabi ichki psixologik mexanizmlarni tolerantlik shakllanishidagi transformatsiyaviy jarayonga ta’sirining o‘zini boshqarish ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashuviga asoslanib “Oilaviy munosabatlardagi tolerantlikni altruistik motivlar orqali shakllantirish modeli” taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy munosabatlarda tolerantlik namoyon bo‘lishiga altruistik motivlarning ta’sirini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
oilaviy munosabatlarda tolerantlik namoyon bo‘lishining gender-differensial jihatlariga ko‘ra bag‘rikenglik va o‘zaro yordamning bog‘liqligi erkaklarda shaxsiy-ratsional, ayollarda emotsional-ijtimoiy integratsiya orqali ifodalanishi natijasida altruistik motivatsiya asosiy psixologik determinant sifatida kognitiv, emotsional va ijtimoiy omillarni birlashtiruvchi integrativ funksiyani bajarishi aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 480-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 480-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy munosabatlarda tolerantlik va altruistik motivatsiya namoyon bo‘lishining gender-differensial farqlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
oilaviy munosabatlarda er-xotin tolerantligi shakllanishi va namoyon bo‘lishiga altruistik motivatsiya darajasining ta’siriga ko‘ra altruizmning yuqoriligi konfliktli vaziyatlarda murosalilik, rolli moslashuvchanlik, hamkorlik va shaxsiy mustaqillikni qabul qilishni kuchaytirsa, uning past darajasi esa rashk, ustunlikka intilish, rolli stereotiplarga qat’iy bog‘liqlik hamda konfliktli reaksiyalarning ortishiga olib kelganligi tufayli o‘zaro yordam motivlari bag‘rikenglikning etnik, ijtimoiy va shaxsiy komponentlarini faollashtiruvchi psixologik mexanizm sifatida ochib berilgan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 480-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20 avgustdagi PM 480a son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy munosabatlarda er-xotin tolerantligi shakllanishi va namoyon bo‘lishiga altruistik motivatsiya darajasining ta’sirini ochib berishga sharoit yaratilgan;
oilaviy emotsional munosabatlarning dinamik harakteriga ko‘ra er-xotin orasida tolerantlikning namoyon bo‘lishi altruizm darajasiga qarab passiv moslashuvdan ijtimoiy faollik va kreativlik bilan uyg‘unlashgan holatga, yuqori darajada esa shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy nufuz bilan integratsiyalashgan konstruktiv psixologik resursga transformatsiyalanishi mumkinligi tufayli altruistik motivatsiya shaxsdagi etnik, ijtimoiy bag‘rikenglik orqali oilaviy qadriyatlarga munosabatni belgilovchi yetakchi omil ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 480-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 480-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy munosabatlarda altruistik motivatsiya, tolerantlik va oilaviy qadriyatlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni tadqiq qilish orqali oila mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
oilada emotsional yaqinlik va psixologik barqarorlikni ta’minlash muhimligiga ko‘ra er-xotin muloqotidagi empatiyaviy identifikatsiya, kognitiv qayta ishlash, internalizatsiya kabi ichki psixologik mexanizmlarni tolerantlik shakllanishidagi transformatsiyaviy jarayonga ta’sirining o‘zini boshqarish ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashuviga asoslanib “Oilaviy munosabatlardagi tolerantlikni altruistik motivlar orqali shakllantirish modeli” taklif etilganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 480-son buyrug‘i bilan «Oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish asoslari» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 480-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy munosabatlardagi tolerantlikni altruistik motivatsiya orqali shakllantirishga qaratilgan psixoedukativ model va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.