Omonova Nuriya Shuhrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak tarbiyachilarda refleksiv qobilyatlarini rivojlantirishning psixologik xususisyatlari”, 19.00.06- Yosh va pedagogika psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.4.PhD/P1460.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna , psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shaxlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Rustamova Surayyo Gafurovna, psixologiya fanlari bo‘yicha (PhD).
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak tarbiyachilarning refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarning refleksiv qobiliyatlari rivojlanishining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi va funksional xususiyatlari zamonaviy pedagogik faoliyat talablari nuqtayi nazaridan nazariy jihatdan aniqlashtirildi hamda refleksiv qobiliyatlarning kognitiv, aksiologik, kommunikativ va regulyativ komponentlari integratsiyasiga asoslangan tarkibiy-funksional modeli ishlab chiqilgan;
bo‘lajak tarbiyachilardagi refleksiv qobiliyatlarning kurslar kesimidagi differensial rivojlanish xususiyatlari aniqlanib, 1-bosqich talabalarida o‘z tajribalarini “xato va urinish”lar asosida tahlil qilish, 3-bosqich talabalarida esa real pedagogik vaziyatlarni tizimli tahlil qilish va kelajakdagi kasbiy faoliyatni prognozlashning yuqori darajada namoyon bo‘lishiga asoslanib, refleksiyaning retrospektiv refleksiyadan situativ refleksiya orqali perspektiv refleksiyaga o‘tish bosqichlari ilmiy jihatdan dalillangan;
bo‘lajak tarbiyachilarning refleksiv qobiliyatlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarning prognostik ahamiyati empirik jihatdan asoslanib, situativ refleksiyaning tizimli refleksiya, retrospektiv refleksiyaning introspeksiya hamda perspektiv refleksiyaning kvazirefleksiya bilan barqaror bog‘liqligi aniqlanganligi, shuningdek kasbiy motivatsiya, emotsional intellekt va kasbiy identifikatsiyaning refleksiv rivojlanishning muhim determinantlari ekanligi isbotlangan;
bo‘lajak tarbiyachilarning refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirishning konseptual modeli va amaliy mexanizmlari ishlab chiqilib, situativ refleksiyaning moslashuvchanlik va kreativlikni, retrospektiv refleksiyaning o‘zini qo‘llab-quvvatlash va o‘zini qabul qilishni, perspektiv refleksiyaning esa qadriyatlarga yo‘nalganlik hamda bilish ehtiyojini kuchaytirishi asoslandi. Shuningdek, ijtimoiy refleksiyaning emotsional intellekt ta’sirida shakllanishi va rivojlanishini ta’minlovchi psixologik-trening texnologiyasi ishlab chiqilib, uning bo‘lajak tarbiyachilar kasbiy kompetentligini oshirishdagi samaradorligi eksperimental jihatdan isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Bo‘lajak tarbiyachilar refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak tarbiyachilardagi refleksiv qobiliyatlarning kurslar kesimidagi differensial farqlariga ko‘ra, 1-bosqich talabalarida “xato va urinish”larga muvofiq o‘z tajribalarini tahlil qilish, 3-bosqich talabalarida esa real pedagogik vaziyatni tahlil qilish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatni prognozlash xususiyatining yuqori darajada namoyon bo‘lishiga asoslanib, retrospektiv refleksiyadan situativ refleksiya orqali perspektiv refleksiyaga o‘tish bosqichlari dalillanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-475-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-475a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda refleksiv qobiliyatlarini ta’lim bosqichlariga bog‘liq rivojlanish jihatlarini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning refleksiv qobiliyatlarini rivojlanishiga psixologik omillarning differensial ta’siri natijasida real pedagogik vaziyatni tizimli va tezkor tahlil qilish hamda qaror qabul qilish ko‘nikmalari, avvalgi tajribani qayta baholashda o‘zini tahlil qilish, kasbiy kelajakni prognozlashda esa tasavvuriy fikrlashning muhimligi tufayli situativ refleksiyaning tizimli, retrospektiv refleksiyaning introspeksiya, perspektiv refleksiyaning esa kvazirefleksiya bilan barqaror bog‘lanishga ega ekanligi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-475-sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-475a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirishda situativ refleksiya vaqtga nisbatan yo‘nalganlik, moslashuvchanlik va kreativlikni ta’minlashi, retrospektiv refleksiya ichki qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zini qabul qilish mexanizmlarini kuchaytirishi, perspektiv refleksiya esa qadriyatlarga nisbatan yo‘nalganlik va bilish ehtiyojini oshirishiga asoslanib, shaxsiy refleksiya orqali kasbiy-kognitiv refleksiyaning shakllanishini rag‘batlantirish muhim ekanligi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-475-sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-475a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘z-o‘zini anglash darajasining ta’siri ochib berilgan.
bo‘lajak tarbiyachilarning refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirish uchun situativ refleksiya o‘z kechinmalarini boshqarish, retrospektiv refleksiya hissiy bilimdonlik, perspektiv refleksiya esa empatiya bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli ijtimoiy refleksiyaning emotsional intellekt ta’sirida shakllanishi va rivojlanishini ta’minlash zarurati dalillanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-475-sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-475a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarda refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirishda emotsional intellektning ahamiyatini aniqlash hamda psixokorreksion modelini ishlab chiqilgan.