Nazarova Marg‘uba Gulamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak muhandislar kasbiy identifikatsiyasiga ijtimoiy psixologik omillarning ta’siri”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.1PhD/1159.
Ilmiy rahbar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc) dotsent; Omonova Nargiza Raximovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doctori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro Xalqaro Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak muhandislar kasbiy identifikatsiyasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni tizimli o‘rganish, ularning ta’sir mexanizmlarini ochib berish hamda kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishning ilmiy asoslangan psixologik-pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarda kasbiy identifikatsiyaning kurslar kesimida rivojlanish dinamikasiga ko‘ra ta’lim jarayoni davomida kasbiy rolni ichkilashtirish va shakllangan kasbiy «Men» obrazining mustahkamlanishi tufayli kasbiy tanlov inqirozi hamda kasbiy noaniqlikning bosqichma-bosqich kamayib borishi asoslangan, bunda kasbiy identifikatsiyaning “moratoriy” (kasbiy qidiruv holati) maqomi ustunligi hamda uning yosh va kurslar kesimida namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy identifikatsiyasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarga ko‘ra gnostik, motivatsion, kreativlik va refleksiv baholash omillari kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy qaror qabul qilish hamda kasbiy identifikatsiyaning barqarorlashuvi natijasida talabaning faoliyatga tayyorlik darajasi muhim psixologik mexanizm sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan, hamda ushbu omillarning o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi konseptual model ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy identifikatsiyasi va intellekt tiplari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari analitik tafakkur, shaxslararo munosabatlarga yo‘nalganlik, kommunikativ xususiyatlar va o‘z-o‘ziga ishonch darajasi kasbiy o‘zlikni shakllantirish hamda kasbiy noaniqlikni namoyon etishning muhim psixologik prediktorlari ekanligiga ko‘ra ochib berilgan;
bo‘lajak muhandislarda kasbiy identifikatsiyaning shakllanishiga o‘quv motivatsiyasi va irodaviy sifatlarning ta’siri bilimlarni o‘zlashtirish, kasbiy faoliyatni amaliy egallash va iroda kuchining rivojlanganligiga ko‘ra kasbiy o‘zlikni mustahkamlovchi, kasbiy noaniqlik va tanlov inqirozini pasaytiruvchi yetakchi psixologik omil ekanligi dalillangan, bunda kasbiy motivatsiyaning kasbiy identifikatsiyani belgilovchi asosiy omil ekani aniqlangan hamda uni rivojlantirishga qaratilgan mualliflik psixologik trening dasturining samaradorligi eksperimental jihatdan tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Bo‘lajak muhandislar kasbiy identifikatsiyasiga ijtimoiy-psixologik omillarning ta’siri”ni o’rganish bo’yisha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Bo‘lajak muhandislarda kasbiy identifikatsiyaning kurslar kesimida rivojlanish dinamikasiga ko‘ra ta’lim jarayoni davomida kasbiy rolni ichkilashtirish va shakllangan kasbiy “Men” obrazining mustahkamlanishi tufayli kasbiy tanlov inqirozi hamda kasbiy noaniqlikning bosqichma-bosqich kamayib borishi asoslangan yangilik “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. Natijada bo‘lajak muhandislarda kasbiy identifikatsiyaning kurslar kesimida rivojlanish dinamikasi aniqlashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 483-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 483- a son ma’lumotnomasi);
Bo‘lajak muhandislarning kasbiy identifikatsiyasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarga ko‘ra gnostik, motivatsion, kreativlik va refleksiv baholash omillari kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy qaror qabul qilish hamda kasbiy identifikatsiyaning barqarorlashuvi natijasida talabaning faoliyatga tayyorlik darajasi muhim psixologik mexanizm kiritilgan. Natijada bo‘lajak muhandislarning kasbiy identifikatsiyasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash imkoniyati yaratilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 483-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 483- a son ma’lumotnomasi);
Bo‘lajak muhandislarning kasbiy identifikatsiyasi va intellekt tiplari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari analitik tafakkur, shaxslararo munosabatlarga yo‘nalganlik, kommunikativ xususiyatlar va o‘z-o‘ziga ishonch darajasi kasbiy o‘zlikni shakllantirish hamda kasbiy noaniqlikni namoyon etishning muhim psixologik prediktorlari ekanligiga ko‘ra ochib berilgan yangilik “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. Natijada bo‘lajak muhandislarning kasbiy identifikatsiyasi va intellekt tiplari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib berilgan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 483-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 483- a son ma’lumotnomasi);
Bo‘lajak muhandislarda kasbiy identifikatsiyaning shakllanishiga o‘quv motivatsiyasi va irodaviy sifatlarning ta’siri bilimlarni o‘zlashtirish, kasbiy faoliyatni amaliy egallash va iroda kuchining rivojlanganligiga ko‘ra kasbiy o‘zlikni mustahkamlovchi, kasbiy noaniqlik va tanlov inqirozini pasaytiruvchi yetakchi psixologik omil ekanligi dalillangan yangilik “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. Natijada bo‘lajak muhandislarda kasbiy identifikatsiyaning shakllanishiga o‘quv motivatsiyasi va irodaviy sifatlarning ta’sirini tadqiq etilgan hamda kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan psixologik dastur va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan to‘g‘risidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 483-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 483- a son ma’lumotnomasi).