Mamatxujaev Zoxidbek Sadirdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak ishemik kasalligi va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan xastalangan bemorlarda simpatoadrenal tizimining funksional xolatini buzilishi” “14.00.06 – Kardiologiya”, “14.00.05 – Ichki kasalliklar” (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib2690.
Ilmiy rahbarlar: Xujamberdiev Mamazair Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori professor; Uzbekova Nelli Rafiqovna, tibbiyot fanlari doktori dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagt DSc.06/2025.27.12.Tib.02.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximova Diloram Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Xatam Xasanboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va ularning komorbidligida katexolaminlar metabolizmi hamda monoaminoksidaza faoliyatidagi o‘zgarishlarni, ularning immunologik va metabolik ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish asosida bemorlarda simpatoadrenal tizimning funksional holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
YuIK, O‘SOK va ularning komorbid kechishida katexolaminlar darajasining oshishi, monoaminoksidaza faolligining pasayishi hamda vanililmindal kislota miqdorining kamayishi bilan namoyon bo‘luvchi neyrogumoral disbalans rivojlanishi aniqlanib, uning simpatoadrenal tizim faollashuvi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
YuIK va O‘SOK komorbid kechgan bemorlarda katexolamin tizimining giperfaollashuvi va monoaminoksidaza faolligining susayishi fonida lipidlarning peroksidli oksidlanishi markeri bo‘lgan malon dialdegid miqdorining oshishi, yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-1β, IL-6, TNF-α) darajasining ko‘tarilishi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokin (IL-10) darajasining pasayishi bilan kechuvchi tizimli yallig‘lanishning og‘irroq namoyon bo‘lishi aniqlangan;
YuIK, O‘SOK va ularning komorbid kechishida katexolaminlar miqdori, monoaminoksidaza faolligi, malon dialdegid miqdori va sitokinlar disbalansi o‘rtasidagi patogenetik ahamiyatga ega korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan hamda ularning kasalliklarning komorbid kechishini shakllantirishdagi ahamiyati isbotlangan;
katexolaminlar, monoaminoksidaza faolligi, malon dialdegid miqdori va sitokin holatini kompleks baholash asosida YuIK va O‘SOK komorbid kechishini erta tashxislashning ilmiy asoslangan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
YuIK, O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda va ularning komorbidligida simpatoadrenal tizimning funksional holati, monoaminooksidaza faolligi, lipid profili ko‘rsatkichlari va sitokin status holatini hisobga olgan holda olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: YuIK, O‘SOK va ularning komorbid kechishida katexolaminlar darajasining oshishi, monoaminoksidaza faolligining pasayishi hamda vanililmindal kislota miqdorining kamayishi bilan namoyon bo‘luvchi neyrogumoral disbalans rivojlanishi aniqlanib, uning simpatoadrenal tizim faollashuvi bilan bog‘liqligi isbotlanligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 28.03.2025 yil №57-son buyrug‘i bilan va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 5.05.2025 yil 62-A/F-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17-dekabrdagi 31/51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: YuIK, O‘SOK va ularning komorbid kechishida simpatoadrenal tizim faoliyati buzilishlarini erta aniqlash bemorlarni xavf guruhlariga o‘z vaqtida ajratish, asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Simpatoadrenal tizim holatini baholashga asoslangan yondashuv komorbid patologiyani erta tashxislash samaradorligini oshirib, qo‘shimcha diagnostik tekshiruvlar, davolash va takroriy shifoxonaga yotqizish bilan bog‘liq xarajatlarni 2 barobarga (2700000 so‘mgacha 1 nafar bemorga) kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: YuIK, O‘SOK va ularning komorbid kechishida neyrogumoral disbalansning aniqlanishi simpatoadrenal tizim holatini baholash, xavf guruhlarini shakllantirish va patogenetik asoslangan tashxis hamda davolash choralarini takomillashtirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: YuIK va O‘SOK komorbid kechgan bemorlarda katexolamin tizimining giperfaollashuvi va monoaminoksidaza faolligining susayishi fonida lipidlarning peroksidli oksidlanishi markeri bo‘lgan malon dialdegid miqdorining oshishi, yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-1β, IL-6, TNF-α) darajasining ko‘tarilishi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokin (IL-10) darajasining pasayishi bilan kechuvchi tizimli yallig‘lanishning og‘irroq namoyon bo‘lishi aniqlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 28.03.2025 yil №57-son buyrug‘i va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 5.05.2025 yil 62-A/F-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17-dekabrdagi 31/51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: YuIK va O‘SOK komorbid kechgan bemorlarda og‘ir tizimli yallig‘lanish mexanizmlarining aniqlanishi yuqori xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni erta ajratish, asoratlar rivojlanishining oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tizimli yallig‘lanish va oksidlovchi stress markerlarini kompleks baholash komorbid bemorlarda asoratlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida korreksiya qilish hisobiga davolash, dispanser kuzatuv hamda takroriy shifoxonaga yotqizish bilan bog‘liq xarajatlarni 2 barobar kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: YuIK va O‘SOK komorbidligida katexolamin tizimi giperfaollashuvi, oksidlovchi stress va sitokinlar disbalansi bilan kechuvchi og‘ir tizimli yallig‘lanishning aniqlanishi bemorlarni erta tashxislash va patogenetik asoslangan davolash taktikasini takomillashtirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: YuIK, O‘SOK va ularning komorbid kechishida katexolaminlar miqdori, monoaminoksidaza faolligi, malon dialdegid miqdori va sitokinlar disbalansi o‘rtasidagi patogenetik ahamiyatga ega korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan hamda ularning kasalliklarning komorbid kechishini shakllantirishdagi ahamiyati isbotlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 28.03.2025 yil №57-son buyrug‘i va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 5.05.2025 yil 62-A/F-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17-dekabrdagi 31/51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: katexolaminlar miqdori, monoaminoksidaza faolligi, malon dialdegid va sitokinlar disbalansi o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqliklarning aniqlanishi YuIK va O‘SOK komorbidligi yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash, asoratlar rivojlanishining oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: komorbid patologiyaning shakllanish mexanizmlarini kompleks baholashga asoslangan yondashuv xavf guruhidagi bemorlarni maqsadli saralash, o‘z vaqtida profilaktika va davolash choralarini qo‘llash hisobiga diagnostika, davolash va takroriy shifoxonaga yotqizish bilan bog‘liq xarajatlarni yiliga 1 nafar bemorga 5400000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: katexolaminlar, monoaminoksidaza faolligi, malon dialdegid va sitokinlar disbalansi o‘rtasidagi patogenetik ahamiyatga ega bog‘liqliklarning aniqlanishi YuIK va O‘SOK komorbidligini erta tashxislash, xavfni baholash va patogenetik asoslangan profilaktika hamda davolash taktikasini takomillashtirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: katexolaminlar, monoaminoksidaza faolligi, malon dialdegid miqdori va sitokin holatini kompleks baholash asosida YuIK va O‘SOK komorbid kechishini erta tashxislashning ilmiy asoslangan algoritmi ishlab chiqilganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 28.03.2025 yil №57-son buyrug‘i va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 5.05.2025 yil 62-A/F-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17-dekabrdagi 31/51-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: katexolaminlar, monoaminoksidaza faolligi, malon dialdegid miqdori va sitokin holatini kompleks baholashga asoslangan algoritm YuIK va O‘SOK komorbidligi yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash, bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarning o‘z vaqtida oldini olish ushbu toifadagi bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga, ularning mehnat qobiliyatini saqlashga va faol uzoq umr ko‘rishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: YuIK va O‘SOK komorbid kechishini erta tashxislash algoritmini amaliyotga joriy etish bemorlarni maqsadli tekshirish, o‘z vaqtida profilaktika va davolash choralarini qo‘llash hisobiga diagnostik, davolash va takroriy shifoxonaga yotqizish bilan bog‘liq xarajatlarni 8100000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: katexolaminlar, monoaminoksidaza faolligi, malon dialdegid miqdori va sitokin holatini kompleks baholashga asoslangan erta tashxis algoritmi YuIK va O‘SOK komorbidligini o‘z vaqtida aniqlash, xavfni baholash va patogenetik asoslangan tashxis taktikasini takomillashtirish, shifoxonaga yotqizishlar sonini, shuningdek, davolanish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartirish imkonini beradi.