Seytekova Gulnaz Arıslanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nizoli vaziyatlarda sportchilarni o‘zini o‘zi nazorat qilishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya  (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/P1384.
Ilmiy rahbar: Daukeeva Aydin Oralbaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Bafaev Muxiddin Muxammadovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Arzikulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: nizoli vaziyatlarda sportchilarni o‘zini o‘zi nazorat qilishning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini empirik jihatdan tadqiq etish asosida zarur tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchilarning nizoli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi nazorat qilishi jamoa dinamikasi, murabbiy-sportchi munosabatlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi bilan chambarchas bog'liq ekanligi aniqlangan, nizoli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi nazorat qilish shaxs yo'nalganligining psixologik xususiyatlari negizida ustuvor tarzda namoyon bo‘lib, maqsadga yo'nalganlik, o‘zini-o‘zi baholash, kognitiv va operativ omillarga bog'liqligi ilmiy jihatdan dalillangan.
turli sport turlarida faoliyat yurituvchi sportchilarda nizoli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi nazorat qilishi, o‘zini boshqarishi, sportchilarning  xulq-atvorida o‘ziga ishonsh, o‘zini o‘zi baholash va o‘z-o‘zini boshqarish darajasi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik jihatlari asoslangan.
nizoli vaziyatlarda sportchilarni o‘zini-o‘zi nazorat qilishni tadqiq qilishga oid psixodiagnostik tekshiruvlar amalga oshirilishida bilish jaroyanlari (kognitiv), hissiy irodaviy (emotsional) sifatlarining ustuvorligiga asoslanib, shaxsdagi  o‘zini-o‘zi nazorat qilishga (regulyasiya) bog‘liq ekanligi tizimlashtirilgan.
     nizoli vaziyatlarda sportchilarni o‘zini-o‘zi nazorat qilishning yetakchi komponentlari emotsional regulyasiya, diqqatni jamlash, qaror qabul qilish va stressga chidamlilik asosida ishlab chiqilgan korreksion-rivojlantiruvchi psixologik dasturning samaradorligi sportchilarning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish va stressli vaziyatlarda moslashuvchan xatti-harakatlarni shakllantirishi asosida takomillashtirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nizoli vaziyatlarda sportchilarni o‘zini o‘zi nazorat qilishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida: 
sportchilarning nizoli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi nazorat qilishi jamoa dinamikasi, murabbiy-sportchi munosabatlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi bilan chambarchas bog'liq ekanligi aniqlangan, nizoli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi nazorat qilish shaxs yo'nalganligining psixologik xususiyatlari negizida ustuvor tarzda namoyon bo‘lib, maqsadga yo'nalganlik, o‘zini-o‘zi baholash, kognitiv va operativ omillarga bog'liqligi ilmiy jihatdan dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yili 18-apreldagi 13-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yili 18-apreldagi 241a son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarni nizoli vaziyatlarda o‘zini o‘zi  nazorat qilishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillari  aniqlashtirilgan.
turli sportchilarda nizoli vaziyatlarda o‘zini o‘zi nazorat qilish xususiyatini shakllanish, xulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarish darajasi bilan bog‘liqlik jihatlari asoslanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yili 18-apreldagi 13-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yili 18-apreldagi 241a son ma’lumotnomasi). Natijada turli sportchilarda nizoli vaziyatlarda o‘zini o‘zi nazorat qilish xususiyatini shakllanish, xulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarish darajasi bilan bog‘liqlik jihatlari aniqlashtirilgan.
sportchilar nizoli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi nazorat qilishni tadqiq qilishga oid psixodiagnostik tekshiruvlar amalga oshirilishida bilish jaroyanlari (kognitiv), hissiy irodaviy (emotsional) sifatlarining ustuvorligiga asoslanib, shaxsdagi  o‘zini-o‘zi nazorat qilishga (regulyasiya) bog‘liq ekanligi tizimlashtirilganligiga oid ilmiy ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yili 18-apreldagi 13-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yili 18-apreldagi 241a son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarda nizoli vaziyatlarda o‘zini o‘zi nazorat qilishni tadqiq qilishga oid psixodiagnostik tekshiruvlar amalga oshirildi va tizimlashtirilgan.
nizoli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi nazorat qilishning yetakchi komponentlari emotsional regulyasiya, diqqatni jamlash, qaror qabul qilish va stressga chidamlilik asosida ishlab chiqilgan korreksion-rivojlantiruvchi psixologik dasturning samaradorligi sportchilarning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish va stressli vaziyatlarda moslashuvchan xatti-harakatlarni shakllantirishi asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yili 18-apreldagi 13-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yili 18-apreldagi 241a son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarda nizoli vaziyatlarda o‘zini o‘zi nazorat qilishning yetakchi komponentlariga asoslangan, shaxs sohasiga korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning amaliy imkoniyatlar aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish