Qodirova Holida Xayriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Badiiy diskurs soxta lokutiv aktlari tarjimasida kontekst funksionalligini ta’minlash tamoyillari, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2024.2.PhD/Fil4663.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy diskurs soxta lokutiv aktlari tarjimasida kontekst funksionalligini ta’minlash tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soxta lokutiv nutq aktlarini qo‘llash implisit kommunikativ mazmunni ifodalash, muallifning yashirin kommunikativ niyatini voqelantirish hamda badiiy diskursning pragmatik ta’sirchanligini kuchaytirish zaruratidan kelib chiqishi, ularning voqelanishi esa muloqot ishtirokchilarining kommunikativ intensiyasi, ruhiy holati va fon bilimlari kabi g‘ayrilisoniy omillar bilan bevosita bog‘liqligi hamda mazkur omillarning muayyan kontekstda namoyon bo‘lishi dalillangan;
badiiy diskurs tarjimasida uchraydigan soxta lokutiv aktlarning pragmatik mohiyati, milliy-lisoniy, kontekstual-funksional, uslubiy xususiyatlari, kogeziv vositalari, kommunikativ-kontekstual shartlanishi tarjimashunoslikning kommunikativ-funksional tamoyillariga ko‘ra til egalarining tili, madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, tafakkur tarzi bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlangan;
soxta diskurs lokutiv aktlari tarjimasida kommunikativ tarjima tamoyilining ustuvorligi, qo‘shish, aniqlashtirish, umumlashtirish usullarining ikkilamchi xarakteri; soxta diskursning kommunikativ-kontekstual hodisa sifatida nutqiy vaziyatga bevosita bog‘liqligi va funksional shartlanish xususiyatlari sababli tarjimada adekvatlikka erishishning eng samarali usuli kommunikativ tarjima ekanligi aniqlangan;    
o‘zida implisit (yashirin) ma’nolarni mujassamlashtirgan soxta nutq aktlarining ma’no va maqsad, niyat, ohang kabi elementlardan hosil bo‘lgan  pragmatik potensialini tarjimada qayta tiklash jarayonida mazkur nutq aktining lokutiv, illokutiv va perlokutiv aspektlarini hisobga olish asliyat matnining pragmatik mazmuni, uslubiy ta’sirchanligi va muallif  kommunikativ intensiyasini ekvivalent tarzda qayta ifodalashni  ta’minlovchi hamda  tarjimaning to‘laqonligini  kafolatlovchi strategiya ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy diskurs soxta lokutiv aktlari tarjimasida kontekst funksionalligini ta’minlash tamoyillarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
soxta lokutiv nutq aktlarini qo‘llash implisit kommunikativ mazmunni ifodalash, muallifning yashirin kommunikativ niyatini voqelantirish hamda badiiy diskursning pragmatik ta’sirchanligini kuchaytirish zaruratidan kelib chiqishi, ularning voqelanishi esa muloqot ishtirokchilarining kommunikativ intensiyasi, ruhiy holati va fon bilimlari kabi g‘ayrilisoniy omillar bilan bevosita bog‘liqligi hamda mazkur omillarning muayyan kontekstda namoyon bo‘lishiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-dekabrdagi 04/1-4278-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida yaratilgan badiiy adabiyot namunalarini tarjima qilishda nutq aktlarining pragmatik ta’sirini tarjima matnida ham asliyatdagi kabi qayta yaratish jihatlarga e’tiborni kuchaytirishga erishilgan;
badiiy diskurs tarjimasida uchraydigan soxta lokutiv aktlarning pragmatik mohiyati, milliy-lisoniy, kontekstual-funksional, uslubiy xususiyatlari, kogeziv vositalari, kommunikativ-kontekstual shartlanishi tarjimashunoslikning kommunikativ-funksional tamoyillariga ko‘ra til egalarining tili, madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, tafakkur tarzi bilan chambarchas bog‘liqligi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2018-2022-yillarda Evropa Komissiyasining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilgan “TALENT – Establishing Master Programmes in Human Resource Management and Talent Development in Central Asia” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 19-dekabrdagi 06/8114-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan nutqiy aktlar lingvomadaniy xususiyatlari haqidagi bilimlar bazasini yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
soxta diskurs lokutiv aktlari tarjimasida kommunikativ tarjima tamoyilining ustuvorligi, qo‘shish, aniqlashtirish, umumlashtirish usullarining ikkilamchi xarakteri; soxta diskursning kommunikativ-kontekstual hodisa sifatida nutqiy vaziyatga bevosita bog‘liqligi va funksional shartlanish xususiyatlari sababli tarjimada adekvatlikka erishishning eng samarali usuli kommunikativ tarjima ekanligi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 -yil 2-iyuldagi 452-U-sonli buyrug‘iga asosan berilgan №452-U-25 raqamli nashr guvohnomasi asosida 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german tillari) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan “English in practice” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 13-sentyabrdagi 02/5250-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida olam manzarasi ko‘rsatkichi, o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girilgan badiiy asarlarda keng qo‘llaniladigan leksik-grammatik vositalar va ularning tarjima strategiyalari, badiiy lisoniy shaxs tilidan hosil bo‘ladigan nutq aktlarining implisit va eksplisit xususiyatlariga doir materiallar orqali o‘quv qo‘llanma takomillashtirilgan, shuningdek, dissertatsiya natijalari asosida ishlab chiqilgan nazariy tavsiyalar Oliy ta’limning 60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german tillari) ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan;
o‘zida implisit (yashirin) ma’nolarni mujassamlashtirgan soxta nutq aktlarining ma’no va maqsad, niyat, ohang kabi elementlardan hosil bo‘lgan  pragmatik potensialini tarjimada qayta tiklash jarayonida mazkur nutq aktining lokutiv, illokutiv va perlokutiv aspektlarini hisobga olish asliyat matnining pragmatik mazmuni, uslubiy ta’sirchanligi va muallif  kommunikativ intensiyasini ekvivalent tarzda qayta ifodalashni  ta’minlovchi hamda  tarjimaning to‘laqonligini  kafolatlovchi strategiya ekanligi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Ayol va jamiyat”, “Assalom, Buxoro”, “Psixolog huzurida”, ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2026-yil 18-martdagi 01-09-29-son ma’lumotnomasi). Natijada soxta nutq aktlarining pragmatik potensiali va lingvopramatik xususiyatlariga doir mulohazalar teleradiokompaniya jamoasi hamda teletomoshabinlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga va o‘zbek va ingliz tillarida ravon fikrlash, mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish