Janzakov Bekzot Kulmamat o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy turizm xizmatlari bozorini rivojlantirish va samaradorligini oshirish modellarini takomillashtirishning metodologik asoslari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt735
Ilmiy maslahatchi: Safarov Bahodirhon Shahriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc. 22/2025.27.12.I.01.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Nurislom, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turaev Bahodir Xotamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy turizm xizmatlari bozorini rivojlantirish va samaradorligini oshirish modellarini takomillashtirishning metodologik asoslariga oid ilmiy taklif va uslubiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlariga binoan, 2028 yilga qadar turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan 2,8 ming nafar mutaxassisni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish maqsadida hududlarda joylashtirish vositalar faoliyatidagi texnologik o‘zgarishlar va ishlab chiqarish unumdorligi dinamikasini kompleks baholash asosida mehmonxonalar samaradorligini oshirish uslubiyotini takomillashtirishda turistik biznesning texnik, resurs va xarajatlar samaradorligini aniqlash imkonini beruvchi “Data Envelopment Analysis” modelidan foydalangan holda kiruvchi resurslar (xom ashyo, investisiyalar, uskunalar) va chiquvchi natijalar (xizmatlar, tovarlar)ning optimal o‘zgarishini ifodalovchi yaxlit masofaviy funksiyaga asoslangan “Malmquist productivity index” usulining qo‘llanilish afzalliklari bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor maqsadlariga binoan, yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 7 foizgacha yetkazish, chet ellik turistlar sonini 20 mln nafargacha oshirish, turizm xizmatlari eksporti hajmini 6 mlrd AQSh dollaridan ziyodga yetkazish va 4 hamda 5 yulduzli mehmonxonalar sonini 2 baravarga ko‘paytirish maqsadida hududiy turistik biznesni rivojlantirishning ilmiy-amaliy yondashuvi sifatida davolash-sog‘lomlashtirish, tarixiy-madaniy, MICE va ekologik yo‘nalishlarni qamrab olgan «Hududiy Samarqand innovatsion turizm giperklasteri»ni shakllantirish bo‘yicha uning tashkiliy tuzilmasi, funksional aloqalari va amaliy faoliyat yuritish xaritasini ishlab chiqish asosida xalqaro tadbirlarga kamida 100 nafar xorijiy turistni jalb qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini (50%) qaytarish orqali MICE-turizmni rag‘batlantirish “Promotion of MICE tourism” usulidan foydalanish bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm biznesida narx, foyda va bozor sig‘imi o‘zgarishlari simulyasiyasining ta’sirini hisobga olgan holda turistlar tanlovini baholash, mehmonxona xizmatlar sifatini oshirish maqsadida iste’molchilarning narx sezgirligi, sifat sezgirligi, mehmonxonaning reputatsion jozibadorligi va mijozlarning sub’ektiv afzalliklarini qamrab oluvchi ko‘rsatkichlar orqali turistik sub’ektlar raqobatbardoshligini modellashtirish usulini takomillashtirish asosida xalqaro e’tirof etilgan “yashil” sertifikatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini qoplash orqali mehmonxona sektorida barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish “Stimulating sustainable development in the hotel sector” modelidan foydalanish bo‘yicha takliflar asoslangan;
Milliy turizm yagona platformasi doirasida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi bilan integratsiya qilingan holda respublika hududlariga turistlar oqimini (toifalar kesimida) va ularning xohish-istaklarini tahlil qilish, personallashtirilgan marshrutlar hamda takliflarni shakllantirish, narx hosil bo‘lishi va resurslar taqsimotini optimallashtirish imkoniyatlarini nazarda tutuvchi sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili tizimini joriy etish maqsadida turistlar hamda mahalliy aholi uchun qulaylik yaratuvchi sun’iy intellektga asoslangan “Dieta app” ilovasini ishlab chiqish asosida uning faoliyati turistlar ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish hamda restoratorlarni yangi mahsulotlar va personallashtirilgan takliflarni yaratishga rag‘batlantiruvchi samarali “An effective incentive model” modelidan foydalanishi bo‘yicha takliflar asoslangan;
milliy turizm xizmatlari bozorini rivojlantirish omillarining ta’sirini hisobga olgan holda, samaradorlikni oshirish modellaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida respublikaga kiruvchi turistlar sonini 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy turizm xizmatlari bozorini rivojlantirish va samaradorligini oshirish modellarini takomillashtirishning metodologik asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlariga binoan, 2028 yilga qadar turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan 2,8 ming nafar mutaxassisni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish maqsadida hududlarda joylashtirish vositalar faoliyatidagi texnologik o‘zgarishlar va ishlab chiqarish unumdorligi dinamikasini kompleks baholash asosida mehmonxonalar samaradorligini oshirish uslubiyotini takomillashtirishda turistik biznesning texnik, resurs va xarajatlar samaradorligini aniqlash imkonini beruvchi “Data Envelopment Analysis” modelidan foydalangan holda kiruvchi resurslar (xom ashyo, investisiyalar, uskunalar) va chiquvchi natijalar (xizmatlar, tovarlar)ning optimal o‘zgarishini ifodalovchi yaxlit masofaviy funksiyaga asoslangan “Malmquist productivity index” usulining qo‘llanilish afzalliklari bo‘yicha asoslangan takliflar 2025 yil 20 noyabr PQ-350-son “Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm Qo‘mitasi 2026-yil 15-apreldagi 02-17/3872-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, turistik biznes sub’ektlarida iqtisodiy samaradorlikni hisoblash aniqligi oshgan va menejerlarning qaror qabul qilish xatoligi kamaygan, natijada, turistik biznesda qo‘shimcha 5% samaradorlikka erishish imkoniyati asoslangan;
turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor maqsadlariga binoan, yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 7 foizgacha yetkazish, chet ellik turistlar sonini 20 mln nafargacha oshirish, turizm xizmatlari eksporti hajmini 6 mlrd AQSh dollaridan ziyodga yetkazish va 4 hamda 5 yulduzli mehmonxonalar sonini 2 baravarga ko‘paytirish maqsadida hududiy turistik biznesni rivojlantirishning ilmiy-amaliy yondashuvi sifatida davolash-sog‘lomlashtirish, tarixiy-madaniy, MICE va ekologik yo‘nalishlarni qamrab olgan «Hududiy Samarqand innovatsion turizm giperklasteri»ni shakllantirish bo‘yicha uning tashkiliy tuzilmasi, funksional aloqalari va amaliy faoliyat yuritish xaritasini ishlab chiqish asosida xalqaro tadbirlarga kamida 100 nafar xorijiy turistni jalb qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini (50%) qaytarish orqali MICE-turizmni rag‘batlantirish “Promotion of MICE tourism” usulidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025 yildagi 19 noyabrdagi PQ-348-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm Qo‘mitasi 2026-yil 15-apreldagi 02-17/3872-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy turizm bozorida turistik biznes samaradorligi oshib Samarqand viloyati hududiy yalpi mahsulotini 15-20%ga oshirishga zamin yaratgan;
turizm biznesida narx, foyda va bozor sig‘imi o‘zgarishlari simulyasiyasining ta’sirini hisobga olgan holda turistlar tanlovini baholash, mehmonxona xizmatlar sifatini oshirish maqsadida iste’molchilarning narx sezgirligi, sifat sezgirligi, mehmonxonaning reputatsion jozibadorligi va mijozlarning sub’ektiv afzalliklarini qamrab oluvchi ko‘rsatkichlar orqali turistik sub’ektlar raqobatbardoshligini modellashtirish usulini takomillashtirish asosida xalqaro e’tirof etilgan “yashil” sertifikatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini qoplash orqali mehmonxona sektorida barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish “Stimulating sustainable development in the hotel sector” modelidan foydalanish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025 yildagi 19 noyabrdagi PQ-348-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi 2026-yil 15-apreldagi 02-17/3872-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy turizm bozorida raqobatbardoshlik ta’minlanib, narxlar, foyda va bozor sig‘imi o‘zgarishlari simulyasiyasi asosida mehmonxonalarga bo‘lgan talabni 20% oshirish imkoniyatini yaratgan;
Milliy turizm yagona platformasi doirasida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi bilan integratsiya qilingan holda respublika hududlariga turistlar oqimini (toifalar kesimida) va ularning xohish-istaklarini tahlil qilish, personallashtirilgan marshrutlar hamda takliflarni shakllantirish, narx hosil bo‘lishi va resurslar taqsimotini optimallashtirish imkoniyatlarini nazarda tutuvchi sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili tizimini joriy etish maqsadida turistlar hamda mahalliy aholi uchun qulaylik yaratuvchi sun’iy intellektga asoslangan “Dieta app” ilovasini ishlab chiqish asosida uning faoliyati turistlar ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish hamda restoratorlarni yangi mahsulotlar va personallashtirilgan takliflarni yaratishga rag‘batlantiruvchi samarali “An effective incentive model” modelidan foydalanishi bo‘yicha asoslangan takliflar 2025 yildagi 19 noyabrdagi PQ-348-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi 2026-yil 15-apreldagi 02-17/3872-son ma’lumotnomasi). Natijada, turistlarga sog‘lom ovqatlanish xizmatlarini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida amalga oshirish imkoniyatlari yaratilib, turistlar ehtiyojlarini to‘liq qondirish mumkinligi ikki baravarga oshirishiga zamin yaratilgan;
milliy turizm xizmatlari bozorini rivojlantirish omillarining ta’sirini hisobga olgan holda, samaradorlikni oshirish modellaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari asosida respublikaga kiruvchi turistlar sonini 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan hududiy dasturlar va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi 2026-yil 15-apreldagi 02-17/3872-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz parametrlarga ko‘ra, respublikada milliy turizm xizmatlari bozori izchil rivojlanishi natijasida mamlakatimizga kiruvchi turistlar soni qo‘shimcha 3 million nafarga ortib, 20 million nafarga yetkazishga zamin yaratilgan.