Umarxodjaeva Arofatxon Muzaffar qizi 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): 
“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida ishlab chiqarish zanjirini boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  --
Ilmiy rahbari: Yusupov Ulug‘bek Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziodilla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Saidov Ma’shal Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va  engil-sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida ishlab chiqarish zanjirini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sanoatda ishlab chiqarish zanjirini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni resurslarni etkazib berishdan boshlab tayyor mahsulotni bozorga chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarning funksional, vaqt va iqtisodiy jihatdan o‘zaro bogʻliqligini ta’minlash, zanjir bo‘gʻinlari o‘rtasidagi nomutanosibliklarni kamaytirish va qo‘shilgan qiymat yaratish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi integratsiyalashgan boshqaruv tizimi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarining global qiymat zanjiridagi strategik bozorlarni tanlash modeli import qiluvchi mamlakatlarni strategik ahamiyati va bozordagi xavf darajasi bo‘yicha segmentlarga tabaqalashtirish, eksport portfelini qayta tarkiblash va risk darajasi yuqori bozorlarga qaramlikni pasaytirish tartibini joriy etish hamda ustuvor bozorlar ulushini 50 foizdan yuqori, xavfi yuqori bozorlar ulushini esa 20 foizdan past darajada saqlash mezoni asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarining strategik salohiyatini natijaviy ko‘rsatkichlar hisoblangan savdo va foyda hajmining o‘sishi, bozor ulushi o‘zgarishi, operatsion xarajatlar (ishlab chiqarish, logistika, energiya va boshqa xarajatlar bo‘yicha) kamayishi kabi iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’sirini gipotezalar bo‘yicha olingan yoʻl koeffisientlar asosida  “zaif ta’sir” (0 – 0,19), “o‘rta ta’sir” (0,20 – 0,49), “kuchli ta’sir” (0,50 yoki undan yuqori) qiymatlari chegarasida baholangan;
O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida ishlab chiqarish zanjirini boshqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bogʻliqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida sanoat ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida ishlab chiqarish zanjirini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sanoatda ishlab chiqarish zanjirini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini resurslarni etkazib berishdan boshlab tayyor mahsulotni bozorga chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarning funksional, vaqt va iqtisodiy jihatdan o‘zaro bogʻliqligini ta’minlash, zanjir bo‘gʻinlari o‘rtasidagi nomutanosibliklarni kamaytirish va qo‘shilgan qiymat yaratish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi integratsiyalashgan boshqaruv tizimi nuqtayi nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Operatsion menejment” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘quv qo‘llanma grifini bergan tashkilot nomi, sanasi, buyruq raqami). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida talabalarda integratsiyalashgan boshqaruv tizimi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “sanoatda ishlab chiqarish zanjirini boshqarish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarining global qiymat zanjiridagi strategik bozorlarni tanlash modelini import qiluvchi mamlakatlarni strategik ahamiyati va bozordagi xavf darajasi bo‘yicha segmentlarga tabaqalashtirish, eksport portfelini qayta tarkiblash va risk darajasi yuqori bozorlarga qaramlikni pasaytirish tartibini joriy etish hamda ustuvor bozorlar ulushini 50 foizdan yuqori, xavfi yuqori bozorlar ulushini esa 20 foizdan past darajada saqlash mezoni asosida takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 4-fevraldagi №02/06-177-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalarining global qiymat zanjiridagi strategik bozorlarni tanlash modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarining strategik salohiyatini natijaviy ko‘rsatkichlar hisoblangan savdo va foyda hajmining o‘sishi, bozor ulushi o‘zgarishi, operatsion xarajatlar (ishlab chiqarish, logistika, energiya va boshqa xarajatlar bo‘yicha) kamayishi kabi iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’sirini gipotezalar bo‘yicha olingan yoʻl koeffisientlar asosida  “zaif ta’sir” (0 – 0,19), “o‘rta ta’sir” (0,20 – 0,49), “kuchli ta’sir” (0,50 yoki undan yuqori) qiymatlari chegarasida baholash taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 4-fevraldagi №02/06-177-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalarining strategik salohiyatini iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholashni takomillashtirish imkoni yaratilgan; 
O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida ishlab chiqarish zanjirini boshqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bogʻliqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida sanoat ishlab chiqarish hajmining ishlab chiqilgan 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 4-fevraldagi №02/06-177-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida ishlab chiqarish zanjirini boshqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning istiqboldagi o‘zgarish tendensiyalarini oldindan baholash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish