Boboev Maqsudjon Eshmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Amir Temur “Tuzuklari”da davlatchilik konsepsiyasining ijtimoiy-falsafiy talqini” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.1PhD/Fa1217
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo texnologiya institutining Shaxrisabz filiali.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alimardonov To‘lqin Turdievich siyosiy fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Usmonov Bahriddin Ahmedovich tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Temur Tuzuklari”dagi davlatchilik konsepsiyasining ijtimoiy-falsafiy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sohibqironning qonunchilik, harbiy strategiya va taktika, ilm-fan hamda madaniyatni rivojlantirishga doir islohotlari ijtimoiy-falsafiy qadriyatlar uyg‘unligi (adolat (qonunchilik), kuch (harbiy tizim), tartib (boshqaruv) taraqqiyot (ilm-fan va madaniyat)) mujassam etgani asoslangan;
Ikkinchi Renessans poydevorini yaratishda tarixiy davlatchilik an’analari va umumturkiy tamaddunlararo integratsiyaning ahamiyati ijtimoiy-falsafiy va axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi (siyosiy birlik, madaniy integratsiya, ilmiy taraqqiyot), shuningdek, madaniy uyg‘onish va kasb etishi isbotlangan;
“Temur Tuzuklari” asosida shakllangan Amir Temurning davlatni boshqarish tamoyillari zamonaviy davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish (qonun ustuvorligi, yaxshi boshqaruv, xalqparvar boshqaruv)da qonun ustuvorligini ta’minlash hamda hokimiyatning xalqparvar mohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi vorisiylik va an’anaviylik tamoyillari uzviyligida davom etayotgani ijtimoiy taraqqiyot konsepsiyalari orqali dalillangan;
Turkiy xalqlar milliy davlatchilik taraqqiyoti Amir Temurning davlat boshqaruvidagi strategik qarorlarni qabul qilishga qaratilgan tamoyillarining (tizimlilik, kreativlik, tolerantlik, ijtimoiy adolat) praksiologik jihatlari, avlodlararo vorisiylikni belgilashda anʼanaviylik va zamonaviylikning dixotomik yondashuvlari birligi ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temur “Tuzuklari”da davlatchilik konsepsiyasining ijtimoiy-falsafiy talqinini ochib berish hamda mazkur masalaning falsafiy-nazariy tahlilini amalga oshirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Sohibqironning qonunchilik, harbiy strategiya va taktika, ilm-fan hamda madaniyatni rivojlantirishga doir islohotlari ijtimoiy-falsafiy qadriyatlar uyg‘unligi (adolat (qonunchilik), kuch (harbiy tizim), tartib (boshqaruv) taraqqiyot (ilm-fan va madaniyat)) mujassam etgani asoslanganligi borasidagi ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish to‘yg‘ularini kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 25-noyabrdagi 10/173-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Amir Temur tuzuklarida davlatchilik konsepsiyasining ijtimoiy-falsafiy talqini o‘ziga xosligini ochib berishga xizmat qilgan;
Ikkinchi Renessans poydevorini yaratishda tarixiy davlatchilik an’analari va umumturkiy tamaddunlararo integratsiyaning ahamiyati ijtimoiy-falsafiy va axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi (siyosiy birlik, madaniy integratsiya, ilmiy taraqqiyot), shuningdek, madaniy uyg‘onish va kasb etishi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil mart va oktyabr oylaridagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Tarix so‘zlaganda” dasturlarini samarali tashkil etish, ularning mazmuniy yo‘nalishi va ssenariylarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 14-noyabrdagi 04-36-1189-son dalolatnomasi). Natijada, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “Tarixni anglash – taraqqiyot poydevori” kabi fundamental g‘oyalar mazmunini chuqur ochib berishga qaratilgan turli ko‘rsatuvlar va teleloyihalar uchun ilmiy asos yaratilgan hamda ularning ssenariy-kompozision echimlarini takomillashtirishga sezilarli darajada xizmat qilgan;
“Temur Tuzuklari” asosida shakllangan Amir Temurning davlatni boshqarish tamoyillari zamonaviy davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish (qonun ustuvorligi, yaxshi boshqaruv, xalqparvar boshqaruv)da qonun ustuvorligini ta’minlash hamda hokimiyatning xalqparvar mohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi vorisiylik va an’anaviylik tamoyillari uzviyligida davom etayotgani ijtimoiy taraqqiyot konsepsiyalari orqali dalillanganiga oid ilmiy xulosalaridan Xalqaro Amir Temur jamoat fondining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur jamoat fondining 2024-yil 22-noyabrdagi 04-115-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – xalqparavar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlarni targ‘ibot va tashviqot ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
Turkiy xalqlar milliy davlatchilik taraqqiyoti Amir Temurning davlat boshqaruvidagi strategik qarorlarni qabul qilishga qaratilgan tamoyillarining (tizimlilik, kreativlik, tolerantlik, ijtimoiy adolat) praksiologik jihatlari, avlodlararo vorisiylikni belgilashda anʼanaviylik va zamonaviylikning dixotomik yondashuvlari birligi ekanligiga qaratilgan ilmiy natijalar va takliflaridan Xalqaro Amir Temur jamoat fondi faoliyatida, hamda davlat xizmatchilarining maqomini mustahkamlashda, layoqatli xodimlarni tanlashda, qonun ustuvorligini ta’minlashning huquqiy-axloqiy me’yorlarini joriy etishda, hokimiyat boshqaruvida rag‘bat va jazolash mexanizmlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur jamoat fondining 2024-yil 22-noyabrdagi 04-115-son dalolatnomasi). Natijada, fond faoliyatida Amir Temur va temuriylardan qolgan buyuk madaniy me’ros an’analarini zamonaviy davlatchilik tartibotlariga aylantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.