Kurbanov Xurshid Raupovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistondan safarbar qilingan “mehnat armiyachilari” tarixi (1941-1945 yillar) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. DSc/Tar490.
Ilmiy maslahatchi: Shamsutdinov Rustambek Temirovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.07.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farxod Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Xayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Saipova Kamola Davlyatalievna, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1941-1945 – yillarda O‘zbekistondan safarbar qilingan “mehnat armiyachilari” faoliyati tarixini aynan mavzuga oid birlamchi manbalardagi materiallar, ilmiy adabiyotlar hamda davriy matbuot nashrlarining tahlili ko‘magida yoritib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mamlakat iqtisodiyotini harbiy izga tushirish, boshqa hududlarga ko‘chirilgan sanoat korxonalarini qayta tiklash, faoliyatini yo‘lga qo‘yishda o‘zbekistondan safarbar qilingan “mehnat armiyachilari” kuchidan foydalanishning huquqiy asoslari topilgan va amalda ilmiy tahlil qilingan. O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi “mehnat armiyachilari”ning sanoat ishlab chiqarishdagi faoliyati misolida asoslangan. Shuningdek, ushbu mavzu qariyb 80 yillik biryoqlama yondashuvdan voz kechilib, “fanlararo yondashuv” metologiyasi asosida ilmiy-nazariy tahlil qilingan.
Mehnat armiyachilarining harakatdagi harbiylarga tenglashtirilganligi, ularni mudofaa bo‘limlari tomonidan ro‘yxatga olinishi, kolonna qilib eshelonlar orqali safarbar etilganligi, xalq komissariatlari tasarrufidagi qurilish va sanoat obektlariga taqsimlanishi, mehnat faoliyatini tashkil qilishdagi muammolar ilk bor birlamchi manbalar asosida dalillangan.
Mehnat armiyachilariga yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar, turar-joy va tibbiy ta’minot, sanitariya va oziq-ovqat ta’minotining mehnat sharoitlariga nomutanosib ekanligi, ishchilarning iqlim sharoitlariga moslasha olmaganligi, sanoat korxonalarida ishlash tajribasiga ega emasligi va mahalliy rahbarlarning noinsoniy munosabatlari ularning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasiga salbiy ta’sirlari aniqlangan.
Og‘ir sharoitlarga qaramay, ularning fidoyi mehnatlari samarali natijasida sanoat ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi, harbiy aslaha va anjomlar ishlab chiqarish, marten va domna pechlarida ishlashni o‘rganish natijasida “ustoz-shogird” an’analarining shakllanishi, kitobxonlik va targ‘ibotchilik faoliyati, ayniqsa ularning fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi ilmiy dalillangan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistondan safarbar qilingan 150 mingdan ortiq “mehnat armiyachilari”ning tarixi, taqdiri, ularning yashash sharoitlari, ijtimoiy va ma’naviy hayoti, qurilish va sanoat korxonalaridagi faoliyati natijasida front uchun etkazib bergan harbiy mahsulotlari, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasiga oid xorijiy arxiv manbalaridan ilmiy asos sifatida foydalanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondan safarbar qilingan mehnat armiyachilari tarixi (1941-1945 – yillar) bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Mamlakat iqtisodiyotini harbiy izga tushirish, boshqa hududlarga ko‘chirilgan sanoat korxonalarini qayta tiklash, faoliyatini yo‘lga qo‘yishda o‘zbekistondan safarbar qilingan “mehnat armiyachilari” kuchidan foydalanishning huquqiy asoslari topilgan va amalda ilmiy tahlil qilingan. O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi “mehnat armiyachilari”ning sanoat ishlab chiqarishdagi faoliyati misolida asoslangan. Shuningdek, ushbu mavzu qariyb 80 yillik biryoqlama yondashuvdan voz kechilib, “fanlararo yondashuv” metologiyasi asosida o‘quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-martdagi 4/17-3/18-7-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, talaba-yoshlarning tarixni ochilmagan sahifalari bilan tanishishlari va ajdodlarimizning g‘alaba uchun munosib hissa qo‘shganliklarini o‘rganishda nazariy va amaliy yordam beradi.
Mehnat armiyachilarining harakatdagi harbiylarga tenglashtirilganligi, ularni mudofaa bo‘limlari tomonidan ro‘yxatga olinishi, kolonna qilib eshelonlar orqali safarbar etilganligi, xalq komissariatlari tasarrufidagi qurilish va sanoat obektlariga taqsimlanishi, mehnat faoliyatini tashkil qilishdagi muammolar ilk bor birlamchi manbalar asosida dalillangan. Rossiya Federatsiyasi davlat arxivi (R-9114, R-9517-fondlar), Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy-siyosiy tarixi davlat arxivi (17-fond), Chelyabinsk viloyati birlashgan davlat arxivi (P-288, R-220, A-297, R-962, R-1619, R-1283, P-234, P-124-fondlar) saqlovidagi mavzuga oida 500 varaqdan ortiq hujjatlar tadqiqotchi tomonidan o‘rganilib, ulardan 261 varaq arxiv hujjatlari O‘zbekiston Milliy arxiviga ilmiy foydalanishga topshirildi (O‘zbekiston Resupblikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining 2025-yil 8-apreldagi 01-28-05/635-son ma’lumotnomasi). Natijada Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistondan Rossiyaning turli hududlariga safarbar qilingan 150 ming nafardan ortiq yurtdoshlar haqidagi arxiv hujjatlari yangilik sifatida ilmiy muomalaga kiritildi.
Mehnat armiyachilariga yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlari, turar-joy va tibbiy ta’minot, sanitariya va oziq-ovqat ta’minotining mehnat sharoitlariga nomutanosib ekanligi, ishchilarning iqlim sharoitlariga moslasha olmaganligi, sanoat korxonalarida ishlash tajribasiga ega emasligi va mahalliy rahbarlarning noinsoniy munosabatlari ularning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasiga salbiy ta’sirlari aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining 2025-yil 28-apreldagi №109-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallaridan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida Ikkinchi jahon urushi yillarida “mehnat armiyachilari” faoliyati, GULAG tizimidagi lagerlardagi O‘zbekistonliklarning “mehnat fronti”da olib borgan mehnatlari bilan bog‘liq ekspozisiyani tayyorlashda foydalanildi.
Og‘ir sharoitlarga qaramay, ularning fidoyi mehnatlari samarali natijasida sanoat ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi, harbiy aslaha va anjomlar ishlab chiqarish, marten va domna pechlarida ishlashni o‘rganish natijasida “ustoz-shogird” an’analarining shakllanishi, kitobxonlik va targ‘ibotchilik faoliyati, ayniqsa ularning fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi ilmiy dalillangan. Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy-siyosiy tarixi davlat arxividan olingan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” davlat muzeyi arxiv fondiga ilmiy foydalanishga topshirildi. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi boshlig‘ining 2025-yil 14-maydagi 42/526-son ma’lumotnomasi). Natijada Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistondan tashqariga safarbar qilingan va g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan 150 ming nafardan ortiq yurtdoshlarimiz haqidagi arxiv hujjatlari yangilik sifatida isbotlash uchun asos bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistondan safarbar qilingan 150 mingdan ortiq “mehnat armiyachilari”ning tarixi, taqdiri, ularning yashash sharoitlari, ijtimoiy va ma’naviy hayoti, qurilish va sanoat korxonalaridagi faoliyati natijasida front uchun etkazib bergan harbiy mahsulotlari, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasiga oid xorijiy arxiv manbalaridan ilmiy asos sifatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025 yil 10 iyundagi 15-33/413-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida dissertatsiya materiallaridan ayrim ko‘rsatuvlar ssenariysi shakllantirilgan va “Taqdimot” ko‘rsatuvi efirga uzatilgan.