Mamajonova Intizor Turdimatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqillik yillari O‘zbekistonda notariat tarixi (1991-2020-yillar)”, 07.00.01–“O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar 952.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamurotovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Saipova Kamola Davlyatalievna, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnik universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2020 yillarda O‘zbekistonda notariat tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik yillari notariat sohasini isloh qilish bosqichlari va tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilishining ilmiy talqini ilk bor yoritib berilgan;
notarial faoliyatda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati joriy etilganligi va ular tomonidan bajarilgan notarial harakatlar soni va undirilgan davlat bojlari miqdori arxiv hujjatlari asosida aniqlangan;
Yangi O‘zbekistonda zamonaviy notariat konsepsiyasining yaratilishi tarixiy jihatdan o‘rganildi, rivojlanish jarayonlari bosqichlarga ajratilgan holda ilk marotaba tahlil qilingan;
bugungi kunda xalqaro miqyosda eng keng tarqalgan notarial modeli lotin va Anglo-sakson notariati ekanligi isbotlangan, ammo milliy notariatimiz faoliyatini yanada rivojlantirish uchun “nemis” va “fransuz” modellari ko‘proq maqbulligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1999-2020 yillarda respublikada faoliyat yuritgan davlat notariuslari tomonidan bajarilgan murakkab va boshqa turdagi notarial harakatlar, ular tomonidan undirilgan davlat bojlari miqdoridagi o‘zgarishlar dinamikasi yillar, sohalar kesimida ko‘rsatib berilgan ma’lumotlar, sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent shahar bo‘limi Uchtepa bo‘linmasining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatiga tatbiq etilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 23-iyundagi 02/02/1116-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar va keng aholi qatlamining huquqiy savodxonligini yuksaltirishga xizmat qilgan;
Notariusni uning xalqaro huquqni qo‘llash amaliyotini rivojlantirishdagi ahamiyati va rolini har tomonlama o‘rganish uchun ushbu huquqiy institutning genezisini ko‘rib chiqishdan boshlash kerakligi haqida ilmiy xulosalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent shahar bo‘limi Uchtepa bo‘linmasining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatiga tatbiq etilgan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 23-iyundagi 02/02/1116-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston tarixini sohalar kesimida yoritishga yordam bergan;
Mustaqillik yillari davlat notariat sohasida amalga oshirilgan islohotlar va soha faoliyatining rivojlanish bosqichlari, bu boradagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarning natijalari, xorijiy ilg‘or yutuqlardan foydalanish natijalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 24-fevraldagi 06-28-307 son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqillik yillarida “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgarishlar va ularning amaliyotdagi natijalarini ilmiy-tarixiy ma’lumotlar asosida yoritib berishga xizmat qilgan;
Sohada amalga oshirilgan innovatsion islohotlar natijasi bois 2019 yildan yuridik shaxslarning, xususan bank va boshqa kredit tashkilotlarining korxonani ijara va tekin foydalanishga berish hamda birlamchi bozordagi ko‘chmas mulk va transport vositalarini olishda ipoteka, garov va lizing shartnomalarini notarial tasdiqlash tartibi bekor qilindi, bunda mulkka taqiq qo‘yish va taqiqni echish «Notarius» elektron tizim orqali mustaqil amalga oshirish tartibi va uning natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 24-fevraldagi 06-28-307 son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning elektron notariatdan tizimidan foydalanish tartibi va huquqiy savodini kengaytirishga xizmat qilgan.