Mulkamonov Xudoyqul Qo‘chqorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxondaryo viloyatida oliy ta ’lim rivoji tarixi: yutuq va muammolari (1954-2020-yillar)”, 07.00.01– O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar912
Ilmiy rahbar: Qabulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiq etilayotgan mavzuning dolzarbligi va shu kunga qadar maxsus tadqiqot obekti sifatida tanlanmaganligi hisobga olinib, Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim rivoji tarixi: yutuq va muammolari (1954-2020-yillar)ni tahlil etish hamda to‘plangan ma’lumotlar asosida masalani o‘rganish, umumlashtirish tadqiqotning asosiy maqsadi qilib olindi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyatida 1954-1956-yillarda dastlabki o‘qituvchilar instituti faoliyati, uning negizida pedagogika institutining barpo etilishi (1956-1960-yillar), (1960-1965-yillar) institut faoliyatining to‘xtatilishi, institutning qayta tashkil etilishi va ilmiy tadqiqot ishlarining rivojlanishi (1965-1990-yillar), oliy ta’limning rivojlanishi va xalqaro hamkorlik natijasida xorijiy davlatlar bilan qo‘shma dastur asosida kadrlar tayyorlashning yoʻlga qo‘yilishi (1991-2020-yillar) kabi bosqichlarda shakllanganligiga asoslangan;
Sovet davrida pedagog kadrlarni tayyorlashdagi nooqilona siyosat tufayli viloyatdagi maktablarda, ayniqsa, qishloq joylardagi maktablarida kadrlar tanqisligi va qo‘nimsizligi yuqori bo‘lganligi ochiqlangan;
Viloyatda ko‘p yillar yagona bo‘lgan Termiz pedagogika instituti (keyinchalik 1992-yildan universitet)da, talabalar va professor o‘qituvchilar dinamikasi aniqlanib, mustaqillikni dastlabki yillarida ta’lim sohasini isloh qilishda konservativ yoʻnalishning tanlanishi, ijtimoiy rivojlanish muammolari yechimini topish muddatlarini kechiktirish siyosatining ilgari surilishi, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashda yuzaki yondashish, o‘quv rejalarida majburiy ulushning yuqoriligi, ushbu yoʻnalishda xususiy ta’lim shaklining mavjud emasligi kabi samarasiz mexanizm kadrlarning zamon talabidan ortda qolishiga sabab bo‘lganligi ochib berilgan;
So‘ngi yillarda respublikada oliy ta’lim tizimi muassasalarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyat oliygohlari misolida moliyalashtirishning yangicha usullarining joriy etilishi, OTM boshqaruvini takomillashtirish va ta’lim sohasiga xususiy sektorning kirib kelishi natijasida ta’lim bozoriga mos raqobatbardosh sifatli kadr yetkazish uchun zamin tayyorlanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sohasi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Surxondaryo viloyatida boshqa viloyatlarga nisbatan ancha kechroq,1954-yilda tashkil etilgan Termiz o‘qituvchilar institutining 1956-yilda Termiz davlat pedagogika institutiga aylantirilishi, unda o‘quv tarbiyaviy va ilmiy tadqiqot ishlarining yoʻlga qo‘yilishi, mustaqillik sharofati bilan 1992-yil Termiz davlat universitetining tashkil etilishi, unda ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi amalga oshirilgan tadbirlar va ular erishgan yutuqlarga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-fevraldagi 01-33-82-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar ta’lim tizimi tarixi haqida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida dissertasiya ishi materiallaridan respublika miqyosidagi ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos etnografik makon sifatida “Baxshichilik festivali” va “Boysun bahori” kabi Xalqaro folklor festivallarida ham viloyat oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari ham faol ishtirok etganligi kabi materillardan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazinining 2024-yil 2-maydagi 01/22-597-son ma’lumotnomasi);
Termiz pedagogika institutining sovet tuzumi davrida 1960-1964-yillarda faoliyatining to‘xtatib qo‘yilganligi o‘sib kelayotgan ilmiy salohiyatli jamoaning tarqalib ketishiga, shuningdek viloyatda pedagog kadrlar tanqisligi oshishiga olib kelgan. Mustaqillik yillarida Termiz pedagogika institutining Termiz davlat universitetiga aylantirilishi va ahamiyati va 2017-yildan viloyatda Prezident Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan yangidan tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan, o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy tadqiqot ishlarining yoʻlga qo‘yilishiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-fevraldagi 01-33-82-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar ta’lim tizimi tarixi haqida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Natijada teletomoshabinlarga Surxondaryo viloyatida sovet davrida va mustaqillik davrida, ayniqsa 2017-yidan boshlab oliy ta’lim sohasida yangiliklarni o‘rganish va taqqoslash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Surxondaryo viloyatida yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil topishi natijasida viloyatda nafaqat ta’lim sohasida balki ma’naviy ma’rifiy sohada ham sog‘lom raqobat muhitining shakllanganligi, jumladan “Zakovat”, “Quvnoqlar va zukkolar” kabi bellashuvlarning shuningdek, Sport sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida musobaqalarning tashkil etilishi bilan birga yoshlarning turli zararli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga va sog‘lom turmush tarzuini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar va oliygohlarda sport sohasidagi yutuqlar haqida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida dissertasiya ishi materiallaridan amaliyotda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazinining 2024-yil 2-maydagi 01/22-597-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika yoshlarining ma’naviyatini yuksaltirishda olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, shuningdek, talaba yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining tashkil etilishiiga oid ma’lumotlardan keng foydalanilgan.