Fayzieva Dildora Hayotovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak pedagoglarning mediakompetentligini veb-texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.4.PhD/Ped.4217
Ilmiy rahbar: Qulieva Shahnoza halimovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti,
PhD. 03/2025.27.12.Ped.08.04
Rasmiy opponentlar: Murodova Feruza Rashidovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xudoynazarov Egambergan Madraximovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning mediakompetentligini innovatsion va axborot texnologiyalari vositasida rivojlantirish dinamikasiga mos ravishda tizimlilik, nazariy va amaliyot uyg‘unligi va ilmiylik tamoyillariga asoslangan o‘qitish metodlarini takomillashtirishning nazariy asoslari, umumiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlari, metodik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarning mediakompetentligini rivojlantirishda tanqidiy fikrlash, raqamli savodxonlik, kasbiy-pedagogik faoliyatga raqamli texnologiyalar vositasida tayyorlashda zamonaviy ta’lim komponentlariga integrasiyalash asosida mazmunan takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning mediakompetentligini veb-texnologiyalar vositasida rivojlantirishga qaratilgan, o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlari hamda pedagogik algoritmlash mexanizmlarining evristik rivojlanishini ta’minlovchi model kasbiy faoliyatning pedagogik komponentini paradigmatik jihatdan boyitish, ta’lim jarayonida amaliy foydalanish, mediaresurslar bilan ishlash va axborotni tanqidiy tahlil qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning refleksiv faoliyatida ratsionalizatorlik motivlarini rivojlantirishni transformatsiyalash asosida ularni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida mediakompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limning identiv metodik modellari hamda veb-kontentlarni yaratish bo‘yicha yondashuvlar “Case study”, “Problem solving”, “Juftini aniqla” kabi innovatsion o‘qitish metodlarini o‘qitish metodikalariga integrativ asosda singdirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak pedagoglarning mediakompetentligini veb-texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglarning mediakompetentligini innovatsion va axborot texnologiyalari vositasida rivojlantirish dinamikasiga mos ravishda tizimlilik, nazariya va amaliyot uyg‘unligi va ilmiylik tamoyillariga asoslangan o‘qitish metodlarini takomillashtirishning nazariy asoslari, umumiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlari, metodik imkoniyatlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Axborot tizimlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro davlat universitetining 2023-yil 23-martdagi 112-son buyrug‘i, 112-45 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning veb-texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, moslashuvchanlik, tanqidiy va tizimli fikrlash, kibermakonda axborotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan.
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarning mediakompetentligini rivojlantirishda tanqidiy fikrlash, raqamli savodxonlik, kasbiy-pedagogik faoliyatga raqamli texnologiyalar vositasida tayyorlashda zamonaviy ta’lim komponentlariga integrasiyalash asosida mazmunan takomillashtirishga doir takliflar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-sonli buyrug‘i, 429-364 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarda media kontentlar bilan ishlash jarayonida mediakompetentlik va axborot madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limiy mazmun muayyan darajada boyitilishiga erishilgan.
bo‘lajak pedagoglarning mediakompetentligini veb-texnologiyalar vositasida rivojlantirishga qaratilgan, o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlari hamda pedagogik algoritmlash mexanizmlarining evristik rivojlanishini ta’minlovchi model kasbiy faoliyatning pedagogik komponentini paradigmatik jihatdan boyitish, ta’lim jarayonida amaliy foydalanish, mediaresurslar bilan ishlash va axborotni tanqidiy tahlil qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Kompyuter ta’minoti” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i) hamda bo‘lajak pedagoglarning refleksiv faoliyatida ratsionalizatorlik motivlarini rivojlantirishni transformatsiyalash asosida ularni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida mediakompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limning identiv metodik modellari hamda veb-kontentlarni yaratish bo‘yicha yondashuvlar “Case study”, “Problem solving”, “Juftini aniqla” kabi innovatsion o‘qitish metodlarini o‘qitish metodikalariga integrativ asosda singdirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan va oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining ma’lumotnomasi olingan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 6-noyabrdagi №02/01-01-470-son ma’lumotnomasi) Natijada, talabalarning o‘quv mashg‘ulotlarida mediakompetentlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan.