Negmatova Zulayxo Shermatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilar badiiy-ijodiy tasavvurini shakllantirishda etnopedagogik yondashuvni qo‘llash metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/ Ped6478
Ilmiy rahbar: Oripova Nodima Halilovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Bir martalik IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna; filologiya fanlari nomzodi, dotsent Niyazova Dilbar Xoltemirovna. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilar badiiy-ijodiy tasavvurini shakllantirishda etnopedagogik yondashuvdan foydalanish metodikasini takollashtirishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning badiiy-ijodiy tasavvurini shakllantirishda shaxs tasavvur faoliyatining (tasvirlar, tasavvurlar, gʻoyalar yaratish va ularni manipulyasiya qilish qobiliyati) hamda faoliyatni rejalashtirishning (ijodkorlik, oʻyin, xotira, fikrlash, aqliy) jarayonlari muvofiqligi asoslangan; 
etnopedagogik yondashuv asosida o‘quvchilarning badiiy-ijodiy tasavvurini shakllantirish mazmuni aksiologik yondashuvning tarixiylik, antropologik, sotsiologik, lingvistik, badiiy va etnologik tamoyillariga ustuvorlik berishi dalillangan;
etnopedagogik yondashuv asosida o‘quvchilarning badiiy-ijodiy tasavvurini shakllantirish modelining metodik bloki o‘quvchi faoliyatini ijodkorlikka, kreativlik va mustaqil fikrlashga undaydigan texnologiyalar hamda interaktiv metodlarga usvorlik berish usullari asoslangan; 
etnopedagogik yondashuv asosida o‘quvchilarning badiiy-ijodiy tasavvurini shakllantirish metodikasining samaradorligi taklif etilayotgan interaktiv mashg‘ulotlarning ijodiy-kreativ, natijaviylik faoliyatga yo‘naltirilganligi asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.   O‘quvchilarda badiiy-ijodiy tasavvurni shakllantirishda etnopedagogik manbalarning ahamiyati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning mustaqil fikrlovchi, axloqiy-estetik tafakkuri, ijodkorlik qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
etnopedagogik manbalarning o‘quvchilar badiiy-ijodiy tasavvurlarini shakllantirishning nazariy asoslari, shaxs tasavvur faoliyati (tasvirlar, tasavvurlar, gʻoyalar yaratish va ularni manipulyasiya qilish qobiliyati) hamda faoliyatni rejalashtirishning (ijodkorlik, oʻyin, xotira, fikrlash, aqliy) jarayonlari muvofiqligiga doir ilmiy xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi 0’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2020-2023-yillarda bajarilgan FI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 09-fevraldagi 48/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar badiiy-ijodiy tasavvurlarini shakllantirishda etnopedagogik manbalarning muhim ahamiyatli ekanligi, shaxs tasavvur faoliyatining ijodkorlik, o‘yin, xotira va aqliy fikrlash qobiliyati masalasiga doir yangi ilmiy qarashlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
etnopedagogik yondashuv asosida o‘quvchilarning badiiy-ijodiy tasavvurini shakllantirish modelining metodik bloki o‘quvchi faoliyatini ijodkorlikka, kreativlikka, mustaqil fikrlashga undaydigan texnologiyalar va interaktiv metodlarga usvorlik berish asosida takomillashtirishga doir nazariy xulosalardan “Etnopedagogik atamalarning izohli lug‘ati” (ISBN:978-9910-615-18-4)ni nashrga tayyorlashda foydalanilgan. Natijada o‘quvchilarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida etnopedagogik manbalarga doir nazariy qarashlari, tushunchalariga doir tasavvurlarini kengaytirish orqali badiiy-ijodiy tasavvurni shakllantirishga doir bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga erishilgan; 
etnopedagogik yondashuv asosida o‘quvchilar badiiy-ijodiy tasavvurini shakllantirish metodikasining samaradorligi taklif etilayotgan interaktiv mashg‘ulotlarning ijodiy-kreativ, natijaviylik faoliyatga yo‘naltirilganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Qashqadaryo viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Fayzli kun” dam olish dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Qashqadaryo viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 06-iyundagi 17-05/95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yoshlarning badiiy-ijodiy tasavvurini shakllantirishga oid dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish