Boltaev Behruz Hamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kvalitologik yondashuv asosida bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarining autentik kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi” 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.3.PhD/Ped.4974
Ilmiy rahbar: Rajabov To‘xtasin Ibodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti,
PhD. 03/2025.27.12.Ped.08.04
Rasmiy opponentlar: Mustafoev Shomurod Normuminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Namozova Dilorom Tursunovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kvalitologik yondashuv asosida bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarining autentik kompetensiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarining autentik kompetentligini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari refleksiv komponentlar ilmiy-amaliy jihatdan talqin etilib, “microlearning” format (ta’lim davri)lariga tayangan modulli o‘qitishni amalga oshirilishi tahliliy qiyoslash orqali konnotatsiya (hissiy, baholovchi) va didaktik birliklar (konsept, tamoyillar, ko‘nikma va malakalar)ning metodik mazmundagi funksional qo‘llanishiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilari kvalitologik yondashuv asosida autentik kompetentligini shakllantirish modeli metodik faoliyatning funksional tarkibini modulli o‘qitish sharoitida til materialining polisemiya (so‘zning bir nechta ma’noga ega bo‘lishi) xususiyatlarini hisobga olgan holda saralashni metodik tafakkurning analitik yo‘nalishini didaktik navigatsiya (yo‘l xarita) vositasida rivojlantirishning ierarxik (bosqichma-bosqich, darajalar asosida tartiblangan tuzilma; yiqori, o‘rta, quyi) tizimini belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda autentik kompetentlikni shakllantirishning metodik ta’minoti milliy va jahon musiqa merosini to‘g‘ri talqin qila olish, ijrochilik, interpretatsiya, pedagogik muloqot, sahna madaniyati, audio va video resurslar, ansambl va yakka ijro mashg‘ulotlari jarayonini samarali tashkil etishda metronom vositasida “Musiqa o‘qitish metodikasi” fanining didaktik ta’minoti innovatsion faoliyat bosqichlari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilari kvalitologik yondashuv asosida autentik kompetensiyasining samaradorligini oshirishga qaratilgan elektron-integrallashgan o‘quv, kvalitologik yondashuv, refleksiv texnologiyalarni integrativ qo‘llash asosida, bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarda autentik kompetentlikni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayonning metodik va didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Musiqa ta’lim yoʻnalishida bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarda autentik kompetentlikni shakllantirish asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasbiy faoliyatga tayyorgarlik tuzilmasini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish muammolari, kasbiy faoliyat motivlari kreativ, musiqa va refleksiv komponentlar orqali rivojlantirilishi ilmiy-amaliy jihatdan talqin etilib, bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarda autentik kompetentlikni shakllantirishning ilmiy-metodik va nazariy-konseptual asoslariga doir takliflardan “Musiqa o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrugʻi bilan berilgan 376982-sonli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha ilmiy asoslangan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilari kvalitologik yondashuv asosida autentik kompetensiyasini nazariy, amaliy, metodik, didaktik, musiqa ko‘rsatkichlari, darajalari va baholash mezonlari, fanni o‘qitishning pedagogik bosqichlari (motivatsion, kognitiv, operatsion-musiqa, refleksiv-baholash)da amalga oshirilishi zarur bo‘lgan bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarda autentik kompetentlikni shakllantirishning metodik jihatlari jarayonli, muammoli-mazmunli, tashkiliy-musiqa, natijaviy-mezonli komponentlarini aniqlashga oid takliflar OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy gʻoya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli amaliy loyiha doirasida(2018-2022) belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 26-iyun 2025 yil. 01-11-05/4078-son ma’lumotnoma). Natijada, musiqa ta’lim yoʻnalishida bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligi oshirilgan;
bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilari kvalitologik yondashuv asosida autentik kompetensiyasining samaradorligini oshirishga qaratilgan elektron-integrallashgan o‘quv, kvalitologik yondashuv, refleksiv texnologiyalarni integrativ qo‘llash asosida, bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarda autentik kompetentlikni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayonning ilmiy-metodik va didaktik ta’minoti orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Buxoro” teleradiokanalining “Assalom Buxoro”, “Zamondosh” “Talqin” “Oqshomgi suhbat” o‘qituvchilarda autentik kompetentlikni shakllantirish metodikasi” mavzusida ma’ruza va chiqish qilingan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokanalining 2025-yil 30-iyundagi № 01-09-149 ma’lumotnomasi) Natijada, bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarda autentik kompetentlikni shakllantirishga yoʻnaltirilgan mulohazalr asoslangan;
bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda autentik kompetentlikni shakllantirishning modeli asosida “Maqom yakka xonandaligi” fanining didaktik ta’minoti innovatsion faoliyat bosqichlari hamda kvalitologik yondashuv asosida nazariy-konseptual asoslarga ustuvorlik berishga doir takliflari “60110600-Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 14-iyuldagi 02/01-01-272-sonli ma’lumotnomasi).