Matyakubov Maqsad Muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘rlangan tuproqlarda yetishtirish uchun qovoq nav-namunalarini tanlash va maqbul ekish sxemalarini aniqlash (Xorazm viloyati sharoitida)”, 06.01.06–Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Qx1894
Ilmiy rahbar: Shokirov Alisher Jo‘raboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Adilov Maxsud Mirvasitovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Normatov Norqobil Jo'raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sho‘rlangan tuproqlarda qovoq nav namunalarini o‘sishi-rivojlanishi, morfologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholash, istiqbolli navlarini tanlash va maqbul ekish sxemalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, qovoq ekini seleksiyasi uchun birlamchi manbaa sifatida: eng ertapishar – Konfetka, Rossiyanka, Yaponskaya, Matilda; kalta palakli – Konfetka, Lechebnaya; kichik mevali - Konfetka, Yaponskaya; yirik mevali – Estamp, Stofuntovaya namunalari ajratilgan;
mevalarining biokimyoviy tarkibi bo‘yicha - umumiy qand miqdori (8-10 % gacha) eng yuqori - Izyashnaya, Yaponskaya, Vitaminnaya, Jemchujina namunalari; Vitamin S miqdori (15-16 mg/100g) eng yuqori - Yaponskaya namunasi; karotin miqdori - (12-13 mg/100g) eng yuqori - Lechebnaya, Vitaminnaya namunalari aniqlangan;
sho‘rlangan tuproqlarda qovoqning istiqbolli Konfetka va Yaponskaya navlari dastlabki mevalari standart navlarga nisbatan 22-25 kungacha erta pishishishi aniqlangan;
tovarbop hosili standart navlarga nisbatan Izyashnaya, Tyoshin pirog, Yaponskaya, Vitaminnaya navlarida 17,3-21,5 % gacha yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
qovoqni navlarini turli sxemalarda ekib sug‘ormasdan etishtirishda 180×90 sm ekish sxemasi eng maqbul ekanligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyatining sho‘rlangan tuproqlarida yetishtirish uchun qovoqning istiqbolli navlarini tanlash va sug‘ormasdan yetishtirishga mos qulay ekish sxemalarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Xorazm viloyatining sho‘rlangan tuproqlarida istiqbolli qovoq navlari va maqbul ekish sxemalari Gurlan tumanidagi “Gurlan qirmizi hosili” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar hamda “Qo‘sh qal’a” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar, jami 8 gektar maydonlarga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025-yil 12-dekabr 05/06-03-572-son ma’lumotnomasi). Natijada, Standart Shirintoy navi tovar hosili gektariga - 47,4 tonna, Yaponskaya navida - 51,5 tonna va Vitaminnaya navida - 57,2 tonnani tashkil qilib, standart navga nisbatan - 10,8-20,6 % gacha yuqori hosil olishga erishilgan;
Xorazm viloyati Xiva tumanidagi “Davron” fermer xo‘jaligi va “Khorezm organik melon” fermer xo‘jaliklarida sho‘rlangan tuproqlarda qovoqning Ispanskaya 73, Izyashnaya, Konfetka navlarini sug‘ormasdan etishtirishda qo‘shqatorlab nazorat ((360+90)/2×80 sm) va qatorlab (180×90 sm) ekish sxemalari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 12-dekabr 05/06-03-572-son ma’lumotnomasi). Natijada, rentabellik ko‘rsatkichlari Ispanskaya 73 navida - 138,5%, Izyashnaya navida - 158,2%, ertapishar Konfetka navida - 159,4% tashkil etib, nazorat variant ko‘rsatkichlaridan - 32,3; 45,8; 36,2% gacha yuqori bo‘lgan.