Mirzaxmedova Gulhayo Ismoiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi sharoitida etishtirilgan olma mevalarini quritish jarayonida dastlabki ishlov berish usullarini takomillashtirish”, 06.01.11- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1784
Ilmiy rahbar: Ochilov Musulmon Abdurahimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Karimova Dilnoza Zafarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olma mevalarini quritishda tayyor mahsulot sifatini oshirish uchun dastlabki ishlov berish texnologik jarayonlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi sharoitida olma mevalarini konvektiv usulda quritish jarayonida harorat rejimi bilan quritish vaqti, namlik yo’qotilishi va tayyor mahsulot chiqimi o’rtasidagi o’zaro bog‘liqlik miqdoriy jihatdan aniqlanib, 60 ±2 °C harorat rejimi vaqt–energiya sarfi–sifat ko’rsatkichlari muvozanatini eng maqbul ta’minlashi ilmiy jihatdan asoslangan;
tabiiy va issiqlik manbasi qo’llanilgan quritish usullarida tayyor quritilgan olma mahsuloti sifati va chiqimining nav xususiyatlariga bog‘liqligi eksperimental ravishda aniqlanib, o’rtacha va kechpishar navlarda quruq modda miqdori 12,9–13,3 %, xom ashyo tovarbopligi 96,7–98,5 % darajada saqlanishi isbotlangan;
olma bo’laklariga natriy metabisulfit (Na₂S₂O₅) 0,10–0,15 % konsentratsiyada ishlov berilganda fermentativ qorayish darajasi 4,5–7,3 % gacha kamayib, mahsulotning organoleptik baholashda yuqori natijalar qayd etishi aniqlangan;
Na₂S₂O₅ ning 0,10–0,15 % konsentratsiyada ishlov berilganda S vitaminining saqlanishi 65,7–69,6 % gacha oshishi aniqlangan;
quritishdan keyin mahsulotda qolgan ortiqcha SO₂ ni kamaytirishda 20 soniyalik chayish rejimi eng samarali bo’lib, SO₂ miqdori 39,5 % ga kamaygan, mahsulot tuzilishi va namlanishida salbiy o’zgarishlar kuzatilmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olma mevalarini quritish texnologiyasini ishlab chiqishning eng samarali yo’llarini aniqlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
olma mevalarini quritish jarayonida dastlabki ishlov berish usuli Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi “Ravzai Xur” fermer xo’jaligida 1 ga maydonda etishtirilgan maxsulotga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalari Markazining 2025-yil 13-oktyabr 05/06-04-625-son). Natijada, olmalarning po’sti archilib, natriy metabisulfit (Na₂S₂O₅) ning 3% li eritmasida ishlov berilganda, fermentativ (qurish jarayonidagi kimyoviy o’zgarishlar) qorayish jarayonlari sekinlashgan, quritish davomiyligi 8,5 soatdan 7,6 soatga qisqargan, chiqim 12,4% dan 14,2% gagacha oshirishiga va organoleptik ko’rsatkichlar yuqori darajada bo’lishiga, olmani quritish sarfini hamda vaqtini qariyib 10 fozigacha qisqartirishga erishilgan;
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi “Ravzai Xur” fermer xo’jaligida 1 ga maydonda etishtirilgan olmaning “Golden Delishes”, “Renet Simirenko”, “Djonatan” navlarini quritish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalari Markazining 2025-yil 13-oktyabr 05/06-04-625-son ma’lumotnomasi). Natijada, olmaning nav xususiyatlarini hisobga olish quritish orqali mehnat va resurs sarfi 5-7 foizgacha tejalishiga erishilgan.