Yo‘ldoshov Abdulaziz Abdumalik o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “No‘xat hosildorligi va donining sifat ko‘rsatkichlariga gerbisid hamda biostimulyatorlarning ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1401
Ilmiy rahbar: Turdieva Nilufar Muminovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Azizov Baxram Muzaparovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bobomurodov Ziyodulla Sayfiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi No‘xat ekini dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi kurashda gerbisidlar yuzaga keltiradigan kimyoviy stressni kamaytirish uchun qo‘llanilgan biostimulyatorning no‘xat navlari o‘sishi, rivojlanishi, fotosintetik faoliyati, don hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash asosida biologik va iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida no‘xatning Polvon va Zumrad navlarini etishtirishda ekinzorda uchraydigan begona o‘tlarga qarshi gerbisidlar va Ekobiosfera Organik plyus biostimulyatorini birgalikda qo‘llash me’yorlari aniqlangan va ilmiy asoslangan; 
no‘xat navlari urug‘larini ekish bilan bir vaqtda qo‘llaniladigan Yastar 33 % em.k. (3,0 6,0 l/ga), vegetatsiya davrida qo‘llaniladigan Gambit 50 % sus.k. (1,5-3,0 l/ga) va Pilot Gold 10 % sus.k. (0,5-0,6 l/ga) gerbisidlarining begona o‘tlarga garshi ta’siri qiyosiy o‘rganilib, Pilot Gold 10 % sus.k. (0,5 l/ga) gerbisidining biologik samaradorligi eng yuqori (87,6-96,8 %) bo‘lganligi aniqlangan; 
no‘xat navlari urug‘larini ekish bilan birga va vegetatsiya davrida qo‘llanilgan gerbisidlarning o‘simlikda yuzaga keltiradigan kimyoviy stressini kamaytirish maqsadida Ekobiosfera Organik plyus biostimulyatori bilan ketma-ket ishlov berish tizimi ilmiy asoslanib, ushbu usulda dala unuvchanligi 96,9-98,3 % gacha oshishi, ildiz tizimi massasi esa nazoratga nisbatan 18,6-22,8 % ga, vegetatsiya davri davomiyligi nazoratga nisbatan 3-6 kunga qisqarganligi aniqlangan;
gerbisidlar va biostimulyator ketma-ket qo‘llanilganda nazorat variantga (gerbisid va biostimulyator qo‘llanilmagan) nisbatan no‘xat navlarining quruq modda massasi 7,9-9,2 m2/ga gacha, barg yuzasi 1397,1-1445,1 m2/ga gacha va fotosintetik sof mahsuldorligi 6,62-7,05 g/m2 ga yuqori bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslangan; 
gerbisid-biostimulyator kombinatsiyalarining ijobiy ta’siri natijasida no‘xat navlarida bir o‘simlikdagi dukkaklar soni o‘rtacha 39,2-39,5 dona, donlar soni 42,6-44,8 dona, 1000 dona don vazni 297,1-308,6 g bo‘lishi hamda don hosildorligi 28,6-30,6 s/ga, oqsil miqdori esa 21,5-26,0 % ga etgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. No‘xat hosildorligi va donning sifat ko‘rsatkichlariga gerbisid hamda biostimulyatorlarning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida: 
“No‘xat hosildorligi va donining sifat ko‘rsatkichlariga gerbisid hamda biostimulyatorlarning ta’siri” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan hamda Toshkent viloyatida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 05/05-04-749-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma no‘xat dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi ishlatilgan gerbisidlar salbiy ta’sirini kamaytirishda biostimulyator qo‘llangandan keyin yuqori hosil etishtirishda Toshkent viloyati fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa er egalari uchun no‘xat ekinida yuqori va sifatli hosil etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda; 
sug‘oriladigan erlarda no‘xatning Polvon va Zumrad navlari ekinlari orasida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi kurashishda gerbisidlarni kema-ket qo‘llash agrotadbiri Toshkent viloyati Qibray tumanidagi "Turkiston Shernazarova Nargiza" fermer xo‘jaligida 5,0 (besh) gektar, "Zoxidov Anvar Fayz" fermer xo‘jaligida 15,0 (o‘n besh) gektar, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman "Zero max agro business" fermer xo‘jaligida 10,0 (o‘n) gektar, Toshkent viloyati Yangiyo‘I tumani "Abdushukur Baraka" fermer xo‘jaligi 5,0 (besh) gektar, jami 30,0 gektar maydonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 05/05-04-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘larini ekish bilan bir vaqtda begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha Yastar 33 % em.k. (3,0-6,0 l/ga) qo‘llanilganda 90,2-91,9 % biologik samaradorlik, vegetatsiya davrida Gambit 50 % sus.k. (1,5-3,0 l/ga) qo‘llanilganda 89,8-90,7 % biologik samaradorlik va Pilot Gold 10 % sus.k. (0,5-0,6 l/ga) qo‘llanilganda 89,8-91,2 % biologik samaradorlikka erishilgan; 
no‘xat hosildorligi va don sifatiga ekin dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi ishlatilgan gerbisidlar ta’sirida yuzaga keladigan kimyoviy stressni kamaytirishda biostimulyator qo‘llash agrotexnologiyasi Toshkent viloyatining sug‘oriladigan erlarida, jami 30,0 gektar no‘xatda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 05/05-04-749-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida no‘xatning urug‘larini ekish bilan bir vaqtda begona o‘tlarga qarshi Yastar 33 % em.k. (3,0 6,0 l/ga), vegetatsiya davrida Gambit 50 % sus.k. (1,5-3,0 l/ga) va Pilot Gold 10 % sus.k. (0,5-0,6 l/ga) qo‘llanilgan kimyoviy preparatlardan keyin Ekobiosfera Organik plyus biostimulyator qo‘llanilganda Polvon va Zumrad navlaridan 28,6-30,6 s/ga don hosili olinib, gektaridan 24,8-27,8 million so‘mgacha sof foyda va 126,08-146,71 % rentabellikka erishilgan; 
Toshkent viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida no‘xat navlaridan yuqori va sifatli don hosili olishda begona o‘tlarga qarshi gerbisidlar va biostimulyatorlarni birgalikda qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining Qibray tumani, O‘rtachirchiq tuman, Yangiyo‘l tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami 30,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 05/05-04-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, erdan foydalanuvchi sub’ektlar, agroklasterlar, fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida no‘xat etishtirish agrotexnologiyasi tadbirlarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan. 
    

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish