Oripov Shoxrux Ilxom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Virtual o‘quv modellari asosida o‘quvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11267.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar:  Xo‘jaqulov Akbar Eshquvatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01.
Rasmiy opponentlar: Xadjieva Maqsuda Sultonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mamadaliev Kamoliddin Raxmatulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi virtual o‘quv modellari asosida o‘quvchilarda  ekologik tarbiyani shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
virtual o‘quv modellari asosida o‘quvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirishning pedagogik aspektlari ekologik bilimlarni interaktiv vizual obrazlar, uch o‘lchamli modellar, animatsion tasvirlar va muammoli ekologik vaziyatlar orqali idrok etish, tabiiy jarayonlarni esa sabab–oqibat aloqalari, dinamik o‘zgarishlar, ekologik muvozanat va antropogen ta’sir natijalarini aks ettiruvchi virtual simulyasiyalar asosida modellashtirish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda ekologik tarbiyaning rivojlanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi diagnostik mezonlar, ko‘rsatkichlar va baholash indikatorlari ularning axborotni anglash, ekologik muammolarga munosabat bildirish, mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan amaliy harakatlarini kognitiv, aksiologik, refleksiv va faoliyatli komponentlar kesimida quyi, o‘rta va yuqori darajalarda differensial baholash asosida takomillashtirilgan;
virtual o‘quv modellari vositasida o‘quvchilarda ekologik tarbiyani ekologik tizimlardagi sabab–oqibat bog‘lanishlarini vizual tahlil qilish, antropogen ta’sir natijalarini virtual simulyasiyalar orqali prognozlash, muqobil ekologik echimlarni qiyosiy baholash, mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan refleksiv-amaliy faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etish orqali shakllantirishning pedagogik modeli ishlab chiqilgan;
virtual o‘quv modellariga tayangan holda ekologik tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan o‘quv mazmunini ekologik qadriyatlar bilan integratsiyalash, virtual topshiriqlarni yosh va individual xususiyatlarga mos differensiallashtirish, o‘quvchilarning mustaqil izlanish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik qayta aloqani tizimli yo‘lga qo‘yish hamda ekologik xulq-atvordagi sifat o‘zgarishlarini muntazam monitoring qilish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Virtual o‘quv modellari asosida o‘quvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirish nazariyasi va metodikasi asosida:
virtual o‘quv modellari asosida o‘quvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirishning pedagogik aspektlari ekologik bilimlarni interaktiv vizual obrazlar, uch o‘lchamli modellar, animatsion tasvirlar va muammoli ekologik vaziyatlar orqali idrok etish, tabiiy jarayonlarni esa sabab–oqibat aloqalari, dinamik o‘zgarishlar, ekologik muvozanat va antropogen ta’sir natijalarini aks ettiruvchi virtual simulyasiyalar asosida modellashtirish orqali aniqlashtirilgan xulosalardan oliy ta’limning pedagogik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba va magistrlar uchun tayyorlangan  “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 12 apreldagi 76 I-son buyrug‘i). Natijada, virtual o‘quv modellari asosida o‘quvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari kengaydi, ekologik ong, ekologik qadriyatlar va ekologik mas’uliyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik mexanizmlar takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ekologik tarbiyaning rivojlanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi diagnostik mezonlar, ko‘rsatkichlar va baholash indikatorlari ularning axborotni anglash, ekologik muammolarga munosabat bildirish, mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan amaliy harakatlarini kognitiv, aksiologik, refleksiv va faoliyatli komponentlar kesimida quyi, o‘rta va yuqori darajalarda differensial baholash asosida takomillashtirilgan xulosalaridan AL-572103212 raqamli “Qashqadaryo viloyati hududida tarqalgan iste’molbop, dorivor qo‘ziqorinlar va ularni sun’iy ozuqa muhitlarida etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” (2023–2024 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 25-noyabrdagi 04/6490-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha ko‘plab yo‘nalishlar, xususan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining tabiiy resurslarni asrash, undan oqilona foydalanish, ekologik muvazanatni barqarorlashtirish haqidagi bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
virtual o‘quv modellari vositasida o‘quvchilarda ekologik tarbiyani ekologik tizimlardagi sabab–oqibat bog‘lanishlarini vizual tahlil qilish, antropogen ta’sir natijalarini virtual simulyasiyalar orqali prognozlash, muqobil ekologik echimlarni qiyosiy baholash, mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan refleksiv-amaliy faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etish orqali shakllantirishning pedagogik modeli ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi” o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 12-apreldagi 76 I-son buyrug‘i). Natijada, ekologik tarbiyani shakllantirish usullari, texnologiyalari haqida tizimli bilimga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan;
virtual o‘quv modellariga tayangan holda ekologik tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan o‘quv mazmunini ekologik qadriyatlar bilan integratsiyalash, virtual topshiriqlarni yosh va individual xususiyatlarga mos differensiallashtirish, o‘quvchilarning mustaqil izlanish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik qayta aloqani tizimli yo‘lga qo‘yish hamda ekologik xulq-atvordagi sifat o‘zgarishlarini muntazam monitoring qilish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, “Virtual ta’lim muhiti va raqamli didaktika” o‘quv modullari mazmuniga kiritilgan (A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 2026-yil 6-yanvardagi 01/09-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ekologik tarbiyaga oid bilimlarini kengaytirish va ularni amaliy faoliyatda samarali qo‘llash imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish