Ramazonov Jasur Elmurodovichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning psixologik xususiyatlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/P168.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ortiqov Sirojiddin Sa’dullaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari hoimlarining ijtimoiy moslashuvida shaxs xulq-atvorini boshqarish darajasi, kommunikativ va moslashuvchanlik qobiliyatlarini mehnat tajribasiga bog‘liq dinamik namoyon bo‘lishiga asoslanib kasbiy etikaga rioya qilishga psixologik tayyorlikning ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
ichki ishlar xodimlarining ijtimoiy moslashuvida xulq-atvorni boshqarish darajasi adaptatsiya va boshqalarni qabul qilish darajasi bilan, kommunikativ qobiliyatlar emotsional komfort va xodimning o‘zini qabul qilish darajasi bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib shaxs differensial xususiyatlari ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan;
ichki ishlar xodimlarining ijtimoiy moslashuvi “fuqaro-xodim”, “xodim-xodim” munosabatlarida kommunikativ qobiliyatlarning interaktiv, perseptiv tomonini ustuvorligi hissiy holatlarni anglash, tushunish, empatiya xislarini kuchli ifodalanishiga olib kelganligiga asoslanib emotsional intellektning rivojlanganlik darajasiga identiv namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ichki ishlar hodimlarining ijtimoiy moslashuvida favqulodda kauzusli vaziyatda o‘z kechinmalarini nazorat qilish xulq-atvorni adekvat boshqarishga, stressni menejmentga, muloqotda to‘g‘ri pozisiyani tanlashga, voqelikni konstruktiv idrok qilishga olib kelganligi tufayli emotsional barqarorlik yetakchi xususiyat ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvning psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ichki ishlar organlari hoimlarining ijtimoiy moslashuvida shaxs xulq-atvorini boshqarish darajasi, kommunikativ va moslashuvchanlik qobiliyatlarini mehnat tajribasiga bog‘liq dinamik namoyon bo‘lishiga asoslanib kasbiy etikaga rioya qilishga psixologik tayyorlikning ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-398-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-398a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillari aniqlashtirilgan;
ichki ishlar xodimlarining ijtimoiy moslashuvida xulq-atvorni boshqarish darajasi adaptatsiya va boshqalarni qabul qilish darajasi bilan, kommunikativ qobiliyatlar emotsional komfort va xodimning o‘zini qabul qilish darajasi bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib shaxs differensial xususiyatlari ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-398-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-398a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvidagi yoshga oid farqlari mavjudligi dalillangan;
ichki ishlar xodimlarining ijtimoiy moslashuvi “fuqaro-xodim”, “xodim-xodim” munosabatlarida kommunikativ qobiliyatlarning interaktiv, perseptiv tomonini ustuvorligi hissiy holatlarni anglash, tushunish, empatiya xislarini kuchli ifodalanishiga olib kelganligiga asoslanib emotsional intellektning rivojlanganlik darajasiga identiv namoyon bo‘lishi aniqlanganligiga oid isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-398-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-398a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvida xulq-atvorni boshqarish darajasi, kommunikativ qobiliyatlar, axloqiy normalarga rioya qilish omillarni gender jihatdan farqlari aniqlashtirilgan;
ichki ishlar hodimlarining ijtimoiy moslashuvida favqulodda kauzusli vaziyatda o‘z kechinmalarini nazorat qilish xulq-atvorni adekvat boshqarishga, stressni menejmentga, muloqotda to‘g‘ri pozisiyani tanlashga, voqelikni konstruktiv idrok qilishga olib kelganligi tufayli emotsional barqarorlik yetakchi xususiyat ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-398-son buyrug‘i bilan buyrug‘i bilan “Psixologik trening asoslari” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-398a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlarida ijtimoiy moslashuvini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.