Sobirov Abdulaziz Abduroziqovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Etuklik davrida shaxs psixologik salomatligiga ta’sir etuvchi pedagogik va psixologik omillari»mavzusidagi 19.00.06. – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/P256.
Ilmiy rahbar: Qarshieva Dilafruz Suyunovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ibodullaev Zarifboy Radjabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ilxamova Dilfuza Ilyasovna, psixologiya fanlari doktori, (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot:Profi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: etuklik davrida shaxs psixologik salomatligiga ta’sir etuvchi pedagogik va psixologik omillarni aniqlash hamda shaxs psixologik salomatligini barqarorlashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shaxs psixologik salomatligining yoshga bog‘liq differensial xususiyatlariga ko‘ra 25–39 yosh guruhida yuqori xavotirlik, emotsional beqarorlik va dezadaptiv reaksiyalarning 40–50 yosh guruhida esa konstruktiv qo‘rquv, emotsional barqarorlik va ijtimoiy adaptatsiya mexanizmlarining nisbatan yuqori darajada namoyon bo‘lishi natijasida ontogenetik rivojlanishdagi kognitiv va emotsional tajriba psixologik salomatlikning dinamik xarakterdan barqaror konstruktivlashgan tizimga o‘tishida muhim omil ekanligi aniqlangan.
Shaxsning individual psixologik xususiyatlariga ko‘ra emotsional barqarorlik va ekstroversiyaning yuqori darajada rivojlanganligi “Men”dagi strukturaviy omillardan konstruktiv qo‘rquv, identifikatsiyaning o‘zaro integratsiyasini kuchaytirishi natijasida psixologik salomatlikning ichki regulyasiyaga asoslangan konstruktiv tizim sifatida shakllanishi frustatsion tolerantlik orqali refleksiv va adaptiv mexanizmlarga bog‘liq ekanligi dalillangan.
Shaxs psixologik himoya mexanizmlarining integrativ va selektiv xarakteriga ko‘ra proeksiya, kompensatsiya, giperkopmensatsiya, inkor etish va siqib chiqarishning faollashuvi stressga chidamlilikni ta’minlashi, ularning haddan ortiq faollashuvi esa dezadaptiv funksiyalarni kuchaytirishi tufayli psixik salomatlikning himoya mexanizmlari orqali boshqariluvchi ikki vektorli (adaptiv–dezadaptiv) dinamik tizimi asoslangan.
Shaxsning psixologik salomatligi subektiv tuzilmalar (emotsional barqarorlik, refleksiya, motivatsiya, “Men” tizimi), kognitiv jarayonlar va ijtimoiy xulq-atvorning o‘zaro uyg‘unligi asosida stress, xavotir, frustatsiya va ichki ziddiyatlarga nisbatan konstruktiv moslashuvni, emotsional o‘zini boshqarishni ta’minlaganligi tufayli ichki psixik resurslar va tashqi ijtimoiy muhit talablari o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga xizmat qiluvchi integrativ psixik holat ekanligi aniqlangan.
Shaxs psixologik salomatligini rivojlantirishning integrativ modeli psixoedukatsiya jarayonida transformatsion mexanizmlar orqali salbiy psixik holatlarning (xavotir, depressivlik, somatizatsiya, fobiya, destruktiv egoizm) konstruktiv holatlarga (xotirjamlik, o‘ziga ishonch, adekvat refleksiya, konstruktiv faollik, psixologik barqarorlik) o‘tish qonuniyatlarini ochib berib, bu jarayon emotsional barqarorlik va kognitiv qayta ishlashning o‘zaro integratsiyasi hamda ichki regulyativ mexanizmlarning faollashuvi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxs psixologik salomatligining yoshga bog‘liq differensial xususiyatlari, xususan 25–39 yoshda xavotirlik va emotsional beqarorlikning, 40–50 yoshda esa emotsional barqarorlik hamda ijtimoiy adaptatsiya mexanizmlarining ustun namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-387-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” modelini takomillashtirishda foydalanilgan (PM-387a-son ma’lumotnoma). Natijada shaxs psixologik salomatligining yoshga oid diagnostik mezonlari aniqlashtirilgan.
Emotsional barqarorlik, ekstroversiya va frustatsion tolerantlikning psixologik salomatlik bilan bog‘liqligi hamda ichki regulyasiyaga asoslangan konstruktiv tizim sifatida shakllanishiga oid ilmiy xulosalardan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” modelini boyitishda foydalanilgan (PM-387a-son ma’lumotnoma). Natijada shaxsning individual-psixologik xususiyatlari va psixologik salomatlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqliklarni baholash imkoniyati kengaytirilgan.
Psixologik himoya mexanizmlarining adaptiv va dezadaptiv funksiyalari, jumladan proeksiya, kompensatsiya, giperkompensatsiya, inkor etish va siqib chiqarishning stressga chidamlilikdagi o‘rniga oid xulosalardan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” modeliga qo‘shimcha sifatida foydalanilgan (PM-387a-son ma’lumotnoma). Natijada psixologik salomatlikning himoya mexanizmlari bilan bog‘liq dinamik xususiyatlarini baholash imkoniyati yaratilgan.
Shaxs psixologik salomatligining emotsional barqarorlik, refleksiya, motivatsiya va “Men” tizimi kabi subektiv tuzilmalar integratsiyasiga asoslanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan o‘quv-uslubiy materiallarni takomillashtirishda foydalanilgan (PM-387a-son ma’lumotnoma). Natijada shaxsiylik xususiyatlari, kognitiv jarayonlar va ijtimoiy moslashuv ko‘rsatkichlarini kompleks baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan.
Psixoedukatsiya asosida ishlab chiqilgan shaxs psixologik salomatligini takomillashtirishning integrativ modeliga oid ilmiy natijalardan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” modelini takomillashtirishda foydalanilgan (PM-387a-son ma’lumotnoma). Natijada xavotir, depressivlik, somatizatsiya va fobiya kabi salbiy psixik holatlarni konstruktiv psixologik holatlarga transformatsiya qilishga qaratilgan trening dasturi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.