Tuychieva Shaxlo Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha talim tashkiloti tarbiyachilarida stressga barqarorlikni oshirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.4.PhD/P1116.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilbar Ubaydulaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Baykunusova Gulmira Yuldibaevna, psixologiya fanlari doktori, professor; Bekova Shamsiya Jabbarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida stressga barqarorlikning namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni o‘rganish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: stressga barqarorlikning mehnat stajlari kesimida ifodalanishiga muvofiq, kasbiy faoliyatda sodir bo‘ladigan stressogen vaziyatlarda emotsional diskomfortlikni his qilmaslik, turli muammolarni neytral kognitiv baholash, qiyinchiliklar oldida qat’iyat bilan yondashish kabi xususiyatlar 11 yildan ortiq mehnat stajiga ega bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarida 1-5 va 6-10 yildan buyon ishlayotganlarga nisbatan ko‘proq rivojlanganligi dalillangan;
stressga barqarorlik emotsional intellekt va kasbdan qoniqqanlikka bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, mehnat jarayonida tashqi salbiy stimullar ta’sirida paydo bo‘ladigan vaziyatlarda affektiv reaktivlikni nazorat qilish, o‘z professional faoliyatidan mamnunlik holatlarining faol ifodalanishi orqali tarbiyachilarda hissiy zo‘riqishlarning yuzaga kelmasligida «emotsional bilimdonlik», «o‘z emotsiyalarini boshqarish», «kasbga qiziqish», «mehnat sharoitlaridan qoniqish» komponentlari yetakchi o‘rin tutishi isbotlangan;
o‘ziga bo‘lgan munosabat va shaxs xususiyatlarining stressga barqarorlikka ta’siri natijasida, ichki imkoniyatlariga adekvat baho berish, verbal aloqaga yo‘nalganlikning salbiy qo‘zg‘atuvchilarga bardoshlilik sifatlariga qarama-qarshi bog‘lanishi tufayli tarbiyachilarda psixologik zo‘riqishlarning «o‘zini o‘zi boshqarish», «o‘zini o‘zi baholash», «muloqotga moyillik», «hissiy barqarorlik» komponentlari bilan teskari proporsional bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligi asoslanilgan;
stressga barqarorlikni rivojlantirishning psixokorreksion imkoniyatlariga muvofiq, yuzaga keladigan tashqi salbiy omillarga refleksiv yondashuv, ichki hissiy kechinmalarni boshqarish, destruktiv xulq-atvorni nazorat qilish, kasbiy faoliyatga ishtiyoqning ustun kelishiga ko‘ra «kognitiv», «emotsional», «irodaviy» va «motivatsion» mexanizmlarga ta’sir ko‘rsatish orqali tarbiyachilarda psixologik zo‘riqishlarga bardoshlilikning kuchaytirilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida stressga barqarorlikni oshirishning psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish asosida:
stressga barqarorlikning ta’lim tashkilotlari kesimida ifodalanishiga muvofiq, kasbiy faoliyatda sodir bo‘ladigan stressogen vaziyatlarda emotsional diskomfortlikni his qilmaslik, turli muammolarni neytral kognitiv baholash, qiyinchiliklar oldida qat’iyat bilan yondashish kabi xususiyatlar 11 yildan ortiq mehnat stajiga ega bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarida 1-5 va 6-10 yildan buyon ishlayotganlarga nisbatan ko‘proq rivojlanganligi dalillangan yangilik O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-182-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Konfliktologiya va stress menejment» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turli mehnat stajiga ega bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida stressga barqarorlik namoyon bo‘lishining tafovutli jihatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
stressga barqarorlik emotsional intellekt va kasbdan qoniqqanlikka bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, mehnat jarayonida tashqi salbiy stimullar ta’sirida paydo bo‘ladigan vaziyatlarda affektiv reaktivlikni nazorat qilish, o‘z professional faoliyatidan mamnunlik holatlarining faol ifodalanishi orqali tarbiyachilarda hissiy zo‘riqishlarning yuzaga kelmasligida «emotsional bilimdonlik», «o‘z emotsiyalarini boshqarish», «kasbga qiziqish», «mehnat sharoitlaridan qoniqish» komponentlari yetakchi o‘rin tutishi isbotlangan yangilik O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-182-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Konfliktologiya va stress menejment» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyachi shaxsida emotsional intellekt va kasbdan qoniqqanlikning stressga barqarorlik ifodalanishi bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
o‘ziga bo‘lgan munosabat va shaxs xususiyatlarining stressga barqarorlikka ta’siri natijasida, ichki imkoniyatlariga adekvat baho berish, verbal aloqaga yo‘nalganlikning salbiy qo‘zg‘atuvchilarga bardoshlilik sifatlariga qarama-qarshi bog‘lanishi tufayli tarbiyachilarda psixologik zo‘riqishlarning «o‘zini o‘zi boshqarish», «o‘zini o‘zi baholash», «muloqotga moyillik», «hissiy barqarorlik» komponentlari bilan teskari proporsional bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligi asoslanilgan yangilik O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-182-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Konfliktologiya va stress menejment» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida stressga barqarorlikning o‘ziga bo‘lgan munosabat va shaxs xususiyatlari bilan aloqadorligini asoslash imkoniyati yaratilgan;
stressga barqarorlikni rivojlantirishning psixokorreksion imkoniyatlariga muvofiq, yuzaga keladigan tashqi salbiy omillarga refleksiv yondashuv, ichki hissiy kechinmalarni boshqarish, destruktiv xulq-atvorni nazorat qilish, kasbiy faoliyatga ishtiyoqning ustun kelishiga ko‘ra «kognitiv», «emotsional», «irodaviy» va «motivatsion» mexanizmlarga ta’sir ko‘rsatish orqali tarbiyachilarda psixologik zo‘riqishlarga bardoshlilikning kuchaytirilishi dalillangan yangilik O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-182-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Psixologik maslahat va psixokorreksiya asoslari» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida stressga barqarorlikni oshirish bo‘yicha psixokorreksion dastur ishlab chiqilgan.