Sharopov Asliddin Nasriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir pankreatitning turli shakllarida genlar polimorfizmining prognostik imkoniyatlari», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2PhD/Tib2915.
Ilmiy rahbar: Ismailov O‘ktam Safaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjanovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Atadjanov Shuxrat Kamilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: kationik tripsinogen (PRSS1), pankreatik sekretor tripsin ingibitori (SPINK1), mukovisidozning transmembran regulyatori (CFTR) gen polimorfizmlarining klinik ahamiyatini baholash orqali o‘tkir pankreatitni kechishini bashorat qilish va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek populyasiyasiga mansub o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda PRSS1 geni Arg122His, SPINK1 geni Asn34Ser, CFTR geni Phe508Del va Asn1303Lys polimorf lokuslarining kasallikka moyillikni shakllantirishdagi ishtiroki tahlili asosida ularning klinik kechish xususiyatlari, davolash natijalari va kasallik oqibati bilan bog‘liqligi aniqlangan;
o‘zbek populyasiyasidagi bemorlarda o‘tkir pankreatitning turli klinik shakllarida pankreatik sekretor tripsin ingibitori (SPINK1), kationik tripsinogen (PRSS1) va mukovissidoz transmembran regulyatori (CFTR) genlaridagi polimorf allellarni tashish chastotasi aniqlangan;
o‘zbek populyasiyasida o‘tkir pankreatitga genetik moyillikning DNK-markerlari sifatida PRSS1 geni Arg122His, SPINK1 geni Asn34Ser, CFTR geni Phe508Del va Asn1303Lys polimorf variantlarining yetakchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
o‘zbek populyasiyasida o‘tkir pankreatitda asoratlarning rivojlanishi bilan bog‘liq genetik markerlar spektri, moyillikni belgilovchi turli gen sinflariga oid polimorf variantlar va ularning genotipik kombinatsiyalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir pankreatitning turli shakllarida genlar polimorfizmining prognostik imkoniyatlari aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘zbek populyasiyasiga mansub o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda PRSS1 geni Arg122His, SPINK1 geni Asn34Ser, CFTR geni Phe508Del va Asn1303Lys polimorf lokuslarining kasallikka moyillikni shakllantirishdagi ishtiroki tahlili asosida ularning klinik kechish xususiyatlari, davolash natijalari va kasallik oqibati bilan bog‘liqligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.05.2025 yil 05-25/600-t son bilan tasdiqlangan «O‘tkir pankreatitning turli shakllarida genlar polimorfizmining prognostik imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 7-son shaxar klinik shifoxonasi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 76U/T-son hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 27.05.2025 yildagi 59-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik asoslangan xavf stratifikatsiyasini joriy etish kasallik kechishini prognoz qilish aniqligini oshirish va qaytalanish chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash taktikasini tanlashni ratsionalizatsiya qilish takroriy jarrohlik aralashuvlar sonini va ular bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasidagi bemorlarda o‘tkir pankreatitning turli klinik shakllarida pankreatik sekretor tripsin ingibitori (SPINK1), kationik tripsinogen (PRSS1) va mukovissidoz transmembran regulyatori (CFTR) genlaridagi polimorf allellarni tashish chastotasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.05.2025 yil 05-25/600-t son bilan tasdiqlangan «O‘tkir pankreatitning turli shakllarida genlar polimorfizmining prognostik imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 7-son shaxar klinik shifoxonasi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 76U/T-son hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 27.05.2025 yildagi 59-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik asoslangan xavf stratifikatsiyasini joriy etish kasallik kechishini prognoz qilish aniqligini oshirish va qaytalanish chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: jarrohlik taktikasini tanlashni ratsionalizatsiya qilish takroriy jarrohlik aralashuvlar sonini va ular bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasida o‘tkir pankreatitga genetik moyillikning DNK-markerlari sifatida PRSS1 geni Arg122His, SPINK1 geni Asn34Ser, CFTR geni Phe508Del va Asn1303Lys polimorf variantlarining yetakchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.05.2025 yil 05-25/600-t son bilan tasdiqlangan «O‘tkir pankreatitning turli shakllarida genlar polimorfizmining prognostik imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 7-son shaxar klinik shifoxonasi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 76U/T-son hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 27.05.2025 yildagi 59-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik asoslangan xavf stratifikatsiyasini joriy etish kasallik kechishini prognoz qilish aniqligini oshirish va qaytalanish chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: jarrohlik taktikasini tanlashni ratsionalizatsiya qilish takroriy jarrohlik aralashuvlar sonini va ular bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasida o‘tkir pankreatitda asoratlarning rivojlanishi bilan bog‘liq genetik markerlar spektri, moyillikni belgilovchi turli gen sinflariga oid polimorf variantlar va ularning genotipik kombinatsiyalari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.05.2025 yil 05-25/600-t son bilan tasdiqlangan «O‘tkir pankreatitning turli shakllarida genlar polimorfizmining prognostik imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 7-son shaxar klinik shifoxonasi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 76U/T-son hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 27.05.2025 yildagi 59-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik asoslangan xavf stratifikatsiyasini joriy etish kasallik kechishini prognoz qilish aniqligini oshirish va qaytalanish chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: jarrohlik taktikasini tanlashni ratsionalizatsiya qilish takroriy jarrohlik aralashuvlar sonini va ular bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.