Saidova Xurshida Azimovnaning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asalari propolisining kimyoviy tadqiqi va ular asosida olingan tovarlarni sinflash”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertastiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1044.
Ilmiy rahbarlar: Islomov Akmal Xushvaqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Maxsadbek Muydinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Moʻydinov Nurillo Toʻxtarovich, kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Carnica asalari propolisi tarkibini kimyoviy qiyosiy o‘rganish va apigenin, kaempferol bilan GKMAT ni suvda eruvchan kompleks birikmalarini olish hamda moyli oziq-ovqat qo‘shilmasi ishlab chiqish, uni TIFTN bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Carnica asalari propolisi tarkibidagi 59 ta elementlar miqdori «Induktiv bog‘langan argon plazmali Optik emission spektrometriyada aniqlanib, K, P, Mg, Ca, Na, Fe, Mn, Zn, kabi hayotiy zarur elementlarni yuqori miqdorda saqlashi hamda Pb, <0,10 mg/g, Cd, 0,012 mg/g,As, <0,10 mg/g va Hg, <0,001 mg/g kabi og‘ir metall ionlarining miqdori xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi gigiyenik normalari me’yoriga mos kelishi isbotlangan;
Carnica asalari propolisi tarkibidagi vitaminlarni C˃B2˃B6 kamayib borish tartibida va apigenin, lyuteolin, rutin, formononetin, kaempferol flavonoidlar hamda aminokislotalar glutamin, tirozin, sistein va prolinning miqdori nisbatan yuqori ekanligi YuSSX usulida aniqlangan;
Carnica asalari propolisini kungaboqar moyi asosida ekstraksiya qilib “PROPOLIS OIL” nomli moyli oziq-ovqat qo‘shilmasi olindi va uning tarkibidagi yog‘ kislotalari omega-9 (olein), omega-6 (linoleik), omega-3 (α-linolen) hamda araxin kislotalari, mineral elementlar Na, Mg, Al, Si, P, S, Cl, K, Ca va Fe, flavonoidlar rutin, kversitin, apigenin, kaempferollar mavjudligi hamda in vitro sharoitida antioksdantlik xususiyatiga egaligi, V-guruh “zaharsiz birikmalar” sinfiga tegishli ekanligi, teri yarasi yallig‘lanishga qarshi biologik faollikni namoyon etishi aniqlangan;
Carnica asalari propolisi bilan GKMAT ni 1:2 nisbatdagi suvda eruvchi kompozisiyasi olinib, tarkibidagi mineral elementlar, va apigenin, lyuteolin, rutin, kaempferol kabi flavonoidlar mavjudligi hamda aminokislotalar glutamin, tirozin, sistein, prolinning miqdori nisbatan yuqori ekanligi va vitaminlar C˃B2˃B6 tartibida kamayib borishi, YuSSX usulida aniqlandi hamda in vitro sharoitida antioksdantlik xususiyatiga egaligi va V-guruh “zaharsiz birikmalar” sinfiga tegishli ekanligi, gepatoprotektorlik ta’siri, yallig‘lanishga qarshi biologik faolligi isbotlangan;
Carnica asalari propolisi tarkibida uchraydigan flavonoidlar apigenin, kaempferollar bilan GKMAT ni 1:2, 1:4, 1:9 (mol) nisbatdagi suvda eruvchan kompleks birikmalari olingan va izomolyarligi, IQ, Mass spektri o‘rganilgan hamda PASS ONLINE dasturi yordamida biofaolligi, in vitro sharoitida antioksdantlik xususiyatini namoyon etishi isbotlangan;
Carnica asalari propolisini kungaboqar moyi asosida olingan tabiiy “PROPOLIS OIL” oziq-ovqat qo‘shilmasini uyg‘unlashgan tizim qoidalariga binon sinflanib, ular uchun TIF TN bo‘yicha xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Teri yarasi yallig‘lanishga qarshi faollikga va antioksidantlik xususiyatiga ega oziq-ovqat qo‘shilmasi olish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
Carnica asalari propolisi va kungaboqar moyi asosida “PROPOLIS OIL” nomli yangi oziq-ovqat qo‘shilmali BFQ uchun TY 28624239-03:2025 raqamli Texnologik yoʻriqnoma tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi nazoratining 2025-yil 03-oktyabrdagi 01-28/8837 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, teri yarasi yallig‘lanishga qarshi faollikga va antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
Carnica asalari propolisi va kungaboqar moyi asosida ishlab chiqilgan “PROPOLIS OIL” oziq-ovqat qo‘shilmasi tovar sifatida sinflanib, ularga tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasiga ko‘ra quyidagicha: Carnica asalari propolisi va kungaboqar moyi asosida tayyorlangan, tarkibida flavonoidlari gall kislota, rutin, kversetin, apigenin, kaempferol, yog‘ kislotasi linoleik kislota, Olein kislotasi, palmitolein, Omega-3, makroelementlar Na, K, Ca, Mg, P, mikroelementlar Fe, Cu, Zn, Mn, Sr, Ba kabi tabiiy birikmalar saqlagan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari, dori vositasi emas” uchun - 1522 00 990 1 xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilib, davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining 2026 yil 25 may 29/05-26-0056-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, teri yarasi yallig‘lanishga qarshi faollikga va antioksidantlik xususiyatiga ega oziq-ovqat qo’shilmalarini sinflash, eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to’lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.