Shermatova Xurshida Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanish metodikasi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped.12306.
Ilmiy rahbar: Qirg‘izov Imyamin, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mulladjanov Davlat Mavlanovich, sana’tshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilib, mustaqil ko‘nikmalarni shakllantirish orqali kasbiy tayyorgarlikning subektiv va obektiv omillarining didaktik va texnologik integratsiyasi ta’minlanishi sababli o‘zaro mosligi asoslab berilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishning pedagogik modeli kasbiy kompetensiyaning motivatsion, kognitiv, faoliyat va shaxsiy komponentlari uyg‘unligida talabalarning kasbiy va ijodiy qiziqishlarini rivojlantirish, tizimli va ijodiy fikrlashini faollashtirish, o‘zini professional shaxs sifatida anglash hamda o‘z-o‘zini korreksiyalashga yo‘naltirilgan ichki motivlarga ustuvorlik berish mexanizmlari asosida takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida bo’lajak musiqa o’qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik texnologiya asosida raqamli ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlari, kompleks ta’lim g‘oyalari hamda mustaqil bilim olish faoliyatining adaptiv xususiyatlarini individual ta’lim ehtiyojlari bilan o’zaro uyg‘unlashtirish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish mexanizmlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi ijodkorlik, qiziquvchanlik va tashabbuskorlikka yo‘naltirilgan amaliy ishlanmalar reprezentativligi asosida baholanib, “Refleksiv kundalik”, “O‘z-o‘zini baholash”, “Tengdosh fikri” texnologiyalarining integrativ elementlarini yaxlit qo‘llash hamda musiqiy loyihalarning ta’limiy ehtiyojlarini diagnostika qilish ko‘rsatkichlarini summativ tahlil etish orqali baholash mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishning pedagogik modeli kasbiy kompetensiyaning motivatsion, kognitiv, faoliyat va shaxsiy komponentlari uyg‘unligida talabalarning kasbiy va ijodiy qiziqishlarini rivojlantirish, tizimli va ijodiy fikrlashini faollashtirish, o‘zini professional shaxs sifatida anglash hamda o‘z-o‘zini korreksiyalashga yo‘naltirilgan ichki motivlarga ustuvorlik berish mexanizmlari asosida takomillashtirishga oid xulosa va takliflar “Musiqa nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari bilimlarni mustaqil rivojlantiruvchi yondashuv va tamoyillarini shakllantirish amalga oshirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilib, mustaqil ko‘nikmalarni shakllantirish orqali kasbiy tayyorgarlikning subektiv va obektiv omillarining didaktik va texnologik integratsiyasi ta’minlanishi sababli o‘zaro mosligi asoslab berilgan xulosa va takliflardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2026-yil 2-iyundagi 01-04/32-104-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil bilim olish tushunchalarining mazmuni va ularni rivojlantirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida bo’lajak musiqa o’qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik texnologiya asosida raqamli ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlari, kompleks ta’lim g‘oyalari hamda mustaqil bilim olish faoliyatining adaptiv xususiyatlarini individual ta’lim ehtiyojlari bilan o’zaro uyg‘unlashtirish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish mexanizmlari aniqlashtirilgan xulosa va takliflardan “edumusic.uz” raqamli platforma yaratilishida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 27-iyundagi 02/01-01-242-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmalari faoliyatining adaptivligi asosida takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi ijodkorlik, qiziquvchanlik va tashabbuskorlikka yo‘naltirilgan amaliy ishlanmalar reprezentativligi asosida baholanib, “Refleksiv kundalik”, “O‘z-o‘zini baholash”, “Tengdosh fikri” texnologiyalarining integrativ elementlarini yaxlit qo‘llash hamda musiqiy loyihalarning ta’limiy ehtiyojlarini diagnostika qilish ko‘rsatkichlarini summativ tahlil etish orqali baholash mezonlari takomillashtirilgan xulosa va takliflaridan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli ko‘rsatuv va eshittirishlar ssenariysini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 10-martdagi 26-36-958-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida bilimlarni mustaqil rivojlantirishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanishning baholash mezonlari va vositalarini aniqlashtirish imkoni amalga oshirilgan.