To‘ychiev Jo‘rabek Muqimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi ma’naviy makonni yaratishda madaniyat va san’atning ijtimoiy funksiyalari”, 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (san’atshunoslik fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/San280.
Ilmiy rahbar: Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘ychieva Sayyora Suyarkulovna, falsafa fanlari doktori, professor; Xolmirzaev Xayitboy Dadaxonovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatda yangi ma’naviy makonni yaratish jarayonida madaniyat va san’atning ijtimoiy funksiyalarini nazariy jihatdan aniqlash, ularning amaliy mexanizmlarini tahlil qilish hamda konseptual-metodologik asoslash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“yangi ma’naviy makon” tushunchasining ilmiy-konseptual tahlili asosida uning shakllanishi eng rivojlangan jamiyatlar talabiga javob beradigan, erkin fikrli, zamonaviy va innovatsion tafakkur tarziga ega kishilar faoliyati bilan barpo etilishi, bu jarayonda ma’naviy-madaniy boyliklar yaratuvchi ijodkorlar, ijtimoiy institutlar, yaratiladigan boyliklar, ularni saqlaydigan va keng xalq ommasiga tarqatadigan institutlar, targ‘ibot bilan shug‘ullanuvchi muassasalar va iste’mol qiluvchilardan iborat innovatsion tizim zarurligi aniqlangan;
yangi ma’naviy makonni barpo etishda madaniyatning “akseologik”, “tarbiyalovchilik”, “insonning tabiat va jamiyatga uyg‘unligini ta’minlash”, san’atning “hissiy-emotsional”, “gedonistik”, “rekreatsion” funksiyalari ish samaradorligini oshirish mumkinligi, uning natijasida jamiyat a’zolarida intellektual-aqliy, ijodiy-yaratuvchanlik, hissiy emotsionallikdan iborat ijobiy o‘zgarishlar yuz berishi isbotlangan; 
madaniyat, san’at va ma’naviyatning funksiyalari alohida makon va zamon talablari asosida transformatsiya holatiga uchrashi nuqtayi nazaridan yangi ma’naviy makonni barpo etishda, ularning “safarbarlik”, “yaratuvchanlik”, “ijtimoiy-siyosiy”, “milliy birlik” vazifalarini takomillashtirish zarurligi dalillangan; 
jamiyatda milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi, g‘arb dunyosi taqdim etayotgan “yangi axloq”ni ongsiz ravishda qabul qilinayotganligi, umuminsoniy tuyg‘ularni his etish darajasining pasayib borayotganligi, bir necha shaxsiyatga ega bo‘lishga intilish kabi madaniyat va ma’naviyatdagi turbulentlik holati yangi ma’naviy makonni barpo etishga salbiy ta’sir qilayotganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilganligi bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
“yangi ma’naviy makon” tushunchasining ilmiy-konseptual tahlili asosida uning shakllanishi eng rivojlangan jamiyatlar talabiga javob beradigan, erkin fikrli, zamonaviy va innovatsion tafakkur tarziga ega kishilar faoliyati bilan barpo etilishi, bu jarayonda ma’naviy-madaniy boyliklar yaratuvchi ijodkorlar, ijtimoiy institutlar, yaratiladigan boyliklar, ularni saqlaydigan va keng xalq ommasiga tarqatadigan institutlar, targ‘ibot bilan shug‘ullanuvchi muassasalar va iste’mol qiluvchilardan iborat innovatsion tizim zarurligiga doir ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 12-dekabrdagi 10/208-son dalolatnomasi). Natijada tadqiqot ishida ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalardan ma’rifat targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
yangi ma’naviy makonni barpo etishda madaniyatning “akseologik”, “tarbiyalovchilik”, “insonning tabiat va jamiyatga uyg‘unligini ta’minlash”, san’atning “hissiy-emotsional”, “gedonistik”, “rekreatsion” funksiyalari ish samaradorligini oshirish mumkinligi, uning natijasida jamiyat a’zolarida intellektual-aqliy, ijodiy-yaratuvchanlik, hissiy emotsionallikdan iborat ijobiy o‘zgarishlar yuz berishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022–2023-yillarda madaniy-ma’rifiy yo‘nalishda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 14-dekabrdagi 02-12-17-7471-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatda yangi ma’naviy makonni barpo etishda madaniyat va san’atning ijtimoiy funksiyalari orqali yaratish bo‘yicha ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
madaniyat, san’at va ma’naviyatning funksiyalari alohida makon va zamon talablari asosida transformatsiya holatiga uchrashi nuqtayi nazaridan yangi ma’naviy makonni barpo etishda, ularning “safarbarlik”, “yaratuvchanlik”, “ijtimoiy-siyosiy”, “milliy birlik” vazifalarini takomillashtirish zarurligiga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 14-dekabrdagi 06-07/831-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etish uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish