Xakimova Nigina Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri: an’analari va zamonaviy tendensiyalari”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/San269.
Ilmiy rahbar: Tulyaxodjaeva Muxabbat Turabovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Sarvinoz Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Qobilova Feruza Nasrullaevna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining tarixi, ma’muriy ijodiy shakllanish jarayonlari, repertuar siyosati, rejissyorlik va aktyorlik ijrosidagi tendensiyalar, milliy va xorijiy dramaturgiyadagi janr va mavzu xilma-xilligi masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek professional qo‘g‘irchoq teatrining rivojlanish jarayoni ilk bor yaxlit tizim sifatida davrlashtirilib, uning vujudga kelishi (1939 – 1959-yillar), shakllanishi va rivojlanishi (1960 – 1990-yillar), mustaqillik davridagi taraqqiyoti (1991 – 2016-yillar) hamda zamonaviy taraqqiyoti (2017-yildan bugunga qadar) bosqichlarining o‘ziga xos badiiy-estetik va tashkiliy qonuniyatlari aniqlangan;
O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining 85 yillik repertuari ilk bor to‘liq tiklanib, spektakllar janri, tomoshabin auditoriyasi va g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari bo‘yicha tasniflangan hamda katta yoshdagi tomoshabinlar uchun yaratilgan “Soya”, “Bahrom va Dilorom”, “Hamlet” spektakllarining repertuar siyosatida alohida badiiy-estetik o‘ringa egaligi asoslangan;
mustaqillik davrida tarixiy va afsonaviy qahramonlarga bag‘ishlangan qo‘g‘irchoq spektakllarida shartlilik va ramziylikka asoslangan ssenografik hamda rejissyorlik echimlari jahon teatr tendensiyalarining milliy an’analar bilan uyg‘unlashuvi sababli ustuvor badiiy tamoyilga aylangani, tarixiy shaxslar obrazlarini sahnalashtirish esa milliy qo‘g‘irchoq teatri repertuarining muhim rivojlanish tendensiyasi sifatida shakllangani “Yurt-tumori To‘maris”, “Shiroq” va “Oh, bu o‘sha Xo‘ja Nasriddin” spektakllariga ko‘ra asoslangan;
zamonaviy va an’anaviy qo‘g‘irchoq teatri o‘rtasidagi badiiy-estetik vorisiylikning an’anaviylik, milliylik, ramziylik va sahnaviy shartlilik kabi asosiy belgilari hamda ularni farqlovchi multimediaviy ifoda, zamonaviy sahnaviy texnologiyalar va raqamli sahna vositalariga asoslangan innovatsion yondashuvlar tizimlashtirilib, ularning milliy qo‘g‘irchoq teatri rivojiga ta’siri ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri an’analari va zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha berilgan takliflar asosida:
o‘zbek professional qo‘g‘irchoq teatrining rivojlanish jarayoni ilk bor yaxlit tizim sifatida davrlashtirilib, uning vujudga kelishi (1939 – 1959-yillar), shakllanishi va rivojlanishi (1960 – 1990-yillar), mustaqillik davridagi taraqqiyoti (1991 – 2016-yillar) hamda zamonaviy taraqqiyoti (2017-yildan bugunga qadar) bosqichlarining o‘ziga xos badiiy-estetik va tashkiliy qonuniyatlari aniqlangan xulosalardan O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasining yillik hisoboti kengashida qo‘g‘irchoq teatrlari ijodiy faoliyatini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasining 2026-yil 1-apreldagi 01-01-36-sonli dalolatnomasi). Natijada, qo‘g‘irchoq teatrlaridagi repertuar siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan yutuq va muammolarni aniqlash orqali kelgusidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining 85 yillik repertuari ilk bor to‘liq tiklanib, spektakllar janri, tomoshabin auditoriyasi va g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari bo‘yicha tasniflangan hamda katta yoshdagi tomoshabinlar uchun yaratilgan “Soya”, “Bahrom va Dilorom”, “Hamlet” spektakllarining repertuar siyosatida alohida badiiy-estetik o‘ringa egaligi asoslangan taklif va tavsiyalardan spektakllarni qabul qilish jarayonlarida Madaniyat vazirligi huzuridagi Teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy Kengash muhokamalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 17-iyundagi 02-11-17-2085-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrida kechki seanslar tashkil etilgan va spektakllar namoyishi belgilangan;
mustaqillik davrida tarixiy va afsonaviy qahramonlarga bag‘ishlangan qo‘g‘irchoq spektakllarida shartlilik va ramziylikka asoslangan ssenografik hamda rejissyorlik echimlari jahon teatr tendensiyalarining milliy an’analar bilan uyg‘unlashuvi sababli ustuvor badiiy tamoyilga aylangani, tarixiy shaxslar obrazlarini sahnalashtirish esa milliy qo‘g‘irchoq teatri repertuarining muhim rivojlanish tendensiyasi sifatida shakllangani “Yurt-tumori To‘maris”, “Shiroq” va “Oh, bu o‘sha Xo‘ja Nasriddin” spektakllariga ko‘ra asoslangan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “Bugun” madaniy-ma’rifiy dasturining O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri haqidagi lavha va “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining tarixi va bugungi kundagi ijodiy faoliyati to‘g‘risida tayyorlangan “Fan va tarix” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda va suratga olish jarayonida foydalanilgan. (O‘zMTRK 2025-yil 18-iyundagi 01-19/450-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining bugungi kundagi repertuari, ijodiy faoliyati haqida tasavvur hosil qilishga, teatrning mavjud spektakllarini tomoshabinlarga tanitishga (reklama) xizmat qilgan;
zamonaviy va an’anaviy qo‘g‘irchoq teatri o‘rtasidagi badiiy-estetik vorisiylikning an’anaviylik, milliylik, ramziylik va sahnaviy shartlilik kabi asosiy belgilari hamda ularni farqlovchi multimediaviy ifoda, zamonaviy sahnaviy texnologiyalar va raqamli sahna vositalariga asoslangan innovatsion yondashuvlar tizimlashtirilib, ularning milliy qo‘g‘irchoq teatri rivojiga ta’siri ilmiy jihatdan isbotlangan xulosa va takliflarda O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining adabiy-badiiy bo‘limidagi pesalar arxivi boyitilgan va ayrim pesalar qayta tiklangan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 17-iyundagi 02-11-17-2085-son ma’lumotnomasi). Natijada, teatrning arxiv fondi dissertatsiya asosida tanlab olingan ayrim pesalarning yaroqsiz holati tiklanib, elektron nusxasi shakllantirilgan.