Sheralieva Shirin Abdisalomovnaning    
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ilmiy diskursda frazeologik birliklar: funksional aspekt, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fil972.
Ilmiy maslahatchi: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Umarxo‘jaev Muhtor Ishanxo‘jaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Otajanov Nematilla Bobomirzaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarning lingvistik, uslubiy va funksional tabiati hamda ularning tillararo muloqotdagi o‘rnini funksional aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarning strukturaviy-semantik, funksional-uslubiy va kommunikativ belgilariga asoslangan mavzuiy-funksional tasnifi ishlab chiqilib, ular ilmiy kommunikatsiyadagi funksional vazifalari, tematik yo‘nalishi, qo‘llanish sohasi va janriy xususiyatlariga ko‘ra “aniq va tabiiy fanlar”, “gumanitar va ijtimoiy fanlar”, “ilm-fan tarixi”, “ilmiy tadqiqot usullari”, “soxta fan”, “olimlarning ilm-fan to‘g‘risidagi iboralari” kabi frazeosemantik guruhlarga tasniflangan hamda mazkur tasnif asosida frazeologik birliklarning ilmiy matndagi funksional maqomi, ilmiy diskursni shakllantirishdagi o‘rni hamda ilmiy axborotni tematik tashkil etishdagi vazifalari aniqlangan;
ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarning funksional-semantik tasnifi ishlab chiqilib, ularning ilmiy kommunikatsiyada ilmiy xulosa chiqarish, fikrni asoslash va dalillash, tadqiqot jarayonini tavsiflash, muallif pozisiyasini ifodalash, matnning mantiqiy izchilligini ta’minlash hamda nazariy tushunchalarni kiritish funksiyalarini bajaruvchi kommunikativ markerlar tizimi tasniflangan hamda mazkur markerlarning ilmiy matnning mazmuniy yaxlitligi, mantiqiy izchilligi, pragmatik yo‘naltirilganligini ta’minlashdagi funksional mexanizmi va ularning uslubiy, semantik va pragmatik differensial belgilari asoslangan;
tarixiy ilmiy matnlarda qo‘llanadigan frazeologik birliklarning semantik-funksional imkoniyatlari, kommunikativ vazifalari hamda frazeologizatsiya va terminologizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq qonuniyatlari aniqlanib, ilmiy frazeologiya taraqqiyotining asosiy nazariy yo‘nalishlari va rivojlanish tendensiyalari ochib berilgan;
ilmiy diskursda terminologiya va frazeologiyaning o‘zaro integratsiyalashuv modeli ishlab chiqilib, frazeologik birliklarning transformatsiya, terminologizatsiya va reterminologizatsiya jarayonlari natijasida yuz beradigan semantik-funksional modifikatsiya mexanizmi aniqlangan hamda frazeologik birliklarning bir terminologik tizimdan boshqasiga, shuningdek, bir uslubiy qatlamdan ikkinchisiga ko‘chish qonuniyatlari ochib berilib, ularning ilmiy axborotni ixcham, aniq va mantiqiy ifodalashdagi kognitiv-pragmatik funksiyalari asoslangan;
ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarni frazeografik tavsiflash konsepsiyasi ishlab chiqilib, ularni frazeografiyaning mustaqil tadqiqot obekti sifatida tavsiflashning nazariy asoslari belgilangan, ilmiy diskurs frazeologiyasini leksikografik tavsiflash mezonlari tizimlashtirilgan hamda frazeologik birliklarni ilmiy izohlash, strukturaviy-semantik va uslubiy-funksional tavsiflash, tarjima ekvivalentlarini aniqlash hamda etimologik sharhlashning leksikografik tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy diskursda frazeologik birliklarning funksional aspekti tadqiqi natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
ilmiy axborot va tadqiqot natijalarini yetkazishning asosiy vositasi hisoblangan ilmiy diskursda terminologiya va frazeologiyaning o‘zaro muvofiqligini belgilashda ilmiy tadqiqot ishlarida frazeologik birliklar transformatsiyasi, terminologizatsiyasi va reterminologizatsiya hodisalari natijasida bir termindan boshqasiga o‘tish barobarida bir uslubdan boshqasiga o‘tishi turli tizimli tillardagi misollar yordamida dalillanganligi, ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarning struktur-semantik va funksional-uslubiy tahlilini amalga oshirish natijasida frazeologik birliklarning ilmiy diskursdagi funksional jihatlari ochiqlanganligi hamda mazkur birliklarning tematik yo‘nalishi, qo‘llanish sohasi, funksiyasi va janrga xoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tizimli tahlil qilinganligi, ularning ilmiy matnlardagi mavqeini belgilashga xizmat qiluvchi mavzuiy tasnifi (“aniq va tabiiy fanlar”; “gumanitar va ijtimoiy fanlar”; “ilm-fan tarixi”; “ilmiy tadqiqot usullari”; “soxta fan”; “olimlarning ilm-fan to‘g‘risidagi iboralari” FSGlar.) majmuaviy yondashuvlar asosida amalga oshirilganligi, shuningdek, ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarning frazeografik tahlilning mustaqil obekti sifatida lisoniy tabiati, struktur-semantik xususiyatlari va uslubiy funksiyalari zamonaviy frazeografiyaning nazariy-amaliy mezonlari asosida tadqiq qilishdagi ularning leksikografik qayta ishlanish imkoniyatlari belgilab berilganligi hamda mazkur birliklarning frazeografik tavsifi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilganligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bajarilishi 2024-26 yillarga mo‘ljallangan ILM-202405160857-sonli “Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modelini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2025-yil 6-martdagi 5-097-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy natijalarida erishilgan ijobiy natijalar lohihaning takomillashuviga va samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
ilmiy diskurs va ilmiy uslubning xususiyatlarini o‘rganishning nazariy-metodologik yondashuv va ta’limotlar evolyusiyasi asoslarini yoritishda ilmiy uslubga xos leksikaning ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarda asosiy markerlovchi vositalar sifatidagi tavsifi va tasnifi ochib berilganligi hamda ilmiy axborot va tadqiqot natijalarini yetkazishning asosiy vositasi hisoblangan ilmiy diskursda terminologiya va frazeologiyaning o‘zaro muvofiqligini belgilashda ilmiy tadqiqot ishlarida frazeologik birliklar transformatsiyasi, terminologizatsiyasi va reterminologizatsiya hodisalari natijasida bir termindan boshqasiga o‘tish barobarida bir uslubdan boshqasiga o‘tishi turli tizimli tillardagi misollar yordamida dalillanganligiga doir xulosalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-iyundagi 01/4-2519-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy uslubga xos leksika hamda ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarning turli ilmiy uslublarda qo‘llanish xususiyatlari, ularning transformatsiyasi, terminologizatsiyasi va reterminologizatsiya hodisalarining tizimli tahliliga oid natijalar mazkur grant loyihasining konseptual asoslarini boyitishga xizmat qilgan;
ilm-fan va innovatsiyalar davrida frazeologiya fani taraqqiyotining yangi funksional bosqichini belgilash barobarida frazeologik birliklarning tarixiy ilmiy asarlardagi o‘rni belgilanganligiga oid tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Fan ufqlari” nomli eshittirishlarning 2025-yil may va iyun oylaridagi sonlarining dasturlar ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 10-iyundagi 05-09-859-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarga oid tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni mazmunan boyitishga hissa qo‘shgan;
ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarning struktur-semantik va funksional-uslubiy tahlilini amalga oshirish natijasida frazeologik birliklarning ilmiy diskursdagi funksional jihatlari ochiqlanganligi hamda mazkur birliklarning tematik yo‘nalishi, qo‘llanish sohasi, funksiyasi va janrga xoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tizimli tahlil qilinganligi, ularning ilmiy matnlardagi mavqeini belgilashga xizmat qiluvchi mavzuiy tasnifi (“aniq va tabiiy fanlar”; “gumanitar va ijtimoiy fanlar”; “ilm-fan tarixi”; “ilmiy tadqiqot usullari”; “soxta fan”; “olimlarning ilm-fan to‘g‘risidagi iboralari” FSGlar.) majmuaviy yondashuvlar asosida amalga oshirilganligiga doir ilmiy xulosa va tahlillaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-iyundagi 01/4-2518-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarning semantik-mavzuiy guruhlari, ularning janr va diskurs funksiyalariga mos qo‘llanish mexanizmlari, shuningdek, ilmiy tarjimada saqlanish tamoyillari aniqlanganligiga oid ilmiy dalillar morfologik analizatori va tarjima algoritmlarining aniqligini oshirishga hamda frazeologik birliklarning avtomatik qayta ishlanishini ta’minlashga xizmat qilgan;
ilm-fan va innovatsiyalar davrida frazeologiya fani taraqqiyotining yangi funksional bosqichini belgilash barobarida frazeologik birliklarning tarixiy ilmiy asarlardagi o‘rni belgilanganligi, ilmiy diskurs va ilmiy uslubning xususiyatlarini o‘rganishning nazariy-metodologik yondashuv va ta’limotlar evolyusiyasi asoslarini yoritishda ilmiy uslubga xos leksikaning ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarda asosiy markerlovchi vositalar sifatidagi tavsifi va tasnifi ochib berilganligi, shuningdek, ilmiy diskursda qo‘llanadigan frazeologik birliklarning frazeografik tahlilning mustaqil obekti sifatida lisoniy tabiati, struktur-semantik xususiyatlari va uslubiy funksiyalari zamonaviy frazeografiyaning nazariy-amaliy mezonlari asosida tadqiq qilishda ularning leksikografik qayta ishlanish imkoniyatlari belgilab berilganligi hamda mazkur birliklarning frazeografik tavsifi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilganligiga doir ilmiy natijalar, amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 10/1434-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida tayyorlangan dastur, qo‘llanma va ishlanmalar mazmunan boyitilgan hamda ilmiylik darajasi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish