Muxamadiev Aziz Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Agressivlik” konseptining diskursiv-semantik tadqiqi (ingliz va o‘zbek badiiy asarlari misolida)”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2582.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximov Abror Axmadovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01.
Rasmiy opponentlar: Islomov Ikrom Xushboqovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida “agressivlik” konseptining diskursiv-semantik xususiyatlarini aniqlash, ularning ifodaviy, pragmatik hamda kognitiv jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek badiiy diskursi materiallari asosida “agressivlik” konseptining psixologik va ijtimoiy mohiyati ilk bor diskursiv yondashuvda qayta talqin qilinib, uning nutqiy realizatsiya birliklari tizimi aniqlangan hamda ularning struktur-semantik va funksional xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida agressivlikni ifodalovchi emotsional-ekspressiv leksik, illokutiv-pragmatik va konseptual-metaforik vositalar tizimi aniqlanib, ularning baholovchilik, ta’sirchanlik, intensifikatsiya va konfliktogennlik kabi funksional-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida agressiv nutqni tashkil etuvchi g‘azab, nafrat va jirkanish komponentlari emotivlik darajasi va kommunikativ funksiyasiga ko‘ra mustaqil semantik birliklar sifatida ajratilib, ularning konseptual strukturasi, semantik differensial belgilari hamda lingvokognitiv modellari aniqlangan;
“agressivlik” konseptining diskursiv voqelanishida implisit va eksplisit ifodalanish strategiya va mexanizmlari ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida qiyosiy jihatdan ochib berilib, ularning kontekstual faollashuvi, pragmatik yo‘nalishi va kommunikativ ta’sir modeli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Agressivlik” konseptining diskursiv-semantik tadqiqiga οid tahlillardan kelib chiqqan ilmiy natijalarga ko‘ra:
“agressivlik” konseptining diskursiv voqelanishida implisit va eksplisit ifodalanish strategiya va mexanizmlari ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida qiyosiy jihatdan yoritilib, ularning kontekstual faollashuvi, pragmatik yo‘nalishi va kommunikativ ta’sir modeli aniqlanganligi haqidagi xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan 8545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” nοmli grant lοyihasida fοydalanilgan (Samarqand davlat ϲhet tillar institսtining 2024-yil 5-apreldagi 727/02-sοn maʼlսmοtnοmasi). Natijada nutqiy agressiyaga xos verbal va noverbal xususiyatlarning lisoniy tahlili asosida ulardagi eksplisit va implisit mazmunni ifodalash hamda suhbatdoshga yetkazish mexanizmlari loyiha nazariy asosini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy diskursi materiallari asosida “agressivlik” konseptining psixologik va ijtimoiy mohiyati ilk bor diskursiv yondashuvda qayta talqin qilinib, uning nutqiy realizatsiya birliklari tizimi aniqlangan hamda ularning struktur-semantik va funksional xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilganligi haqidagi xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UKEPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBNE IMEP: O‘zbekiston Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish nomli amaliy tadqiqot loyihasida fοydalanilgan (Samarqand davlat ϲhet tillar institսtining 2024-yil 5-apreldagi 728/02-sοn maʼlսmοtnοmasi). Natijada, chet tilini o‘rgatishda yozma matn diskursiv tabiatidan kelib chiqib uni idrok qilish algoritmini yaratish hamda undan loyihaning ilmiy qimmatini oshirishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida agressiv nutqni tashkil etuvchi g‘azab, nafrat va jirkanish komponentlari emotivlik darajasi va kommunikativ funksiyasiga ko‘ra mustaqil semantik birliklar sifatida ajratilib, ularning konseptual strukturasi, semantik differensial belgilari hamda lingvokognitiv modellari aniqlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 8-sentyabrdagi 453-sοn maʼlսmοtnοmasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining muloqot doirasiga ingliz tili mavqei ta’siri ostida ushbu tildagi aggressiv iboralarning turli xil ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i orqali kirib kelishi, ularning qoraqalpoq va o‘zbek tillari sathiga o‘zlashishi, ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, shuningdek, aholi hayotiga salbiy va ijobiy ta’siri, psixologik oqibatlari hamda agressiv iboralarning diskursiv-semantik tuzilishi, ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida qo‘llanishidagi farqlari va o‘xshashliklari, ularning ijobiy ta’siriga qarshi kurashni kreativlik, semantik yondashuvlar asosida takomillashtirishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida agressivlikni ifodalovchi emotsional-ekspressiv, leksik, illokutiv-pragmatik va konseptual-metaforik vositalar tizimi aniqlanib, ularning baholovchilik, ta’sirchanlik, intensifikatsiya va konfliktogennlik kabi funksional-semantik xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida ochib berilganligi haqidagi xulosalardan XT-F2-011 raqamli “Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslarini kompleks tadqiq qilish va konsepsiyasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 7-sentyabrdagi 452-sοn ma’lսmοtnοmasi). Natijada loyihaning “Tilshunoslik”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Qiyosiy tipologiya”, “Lingvomadaniyatshunoslik” kabi fanlar uchun yaratiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning mukammallashuviga yordam beruvchi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan