Xusanova Gulsum Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy samaradorligini oshirish masalalari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt578
Ilmiy rahbar: Xusanov Ulug‘bek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.I.42.02
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Obiddin Toshmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Xalqaro Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlariga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jarayonlarida moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholashga qaratilgan kompleks indikatorlar tizimini tatbiq qilish taklif qilingan;
moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, hisobdorlik darajasini oshirish hamda mablag‘lar harakatini onlayn kuzatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda subsidiya va grant mablag‘larini taqsimlashning raqamlashtirilgan monitoring tizimi taklif etilgan;
fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish mexanizmi takomillashtirilgan bo‘lib, unda moliyalashtirish hajmini loyihalarning ijtimoiy ahamiyati, hududiy ehtiyojlar va aholi farovonligiga ta’sir ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash usullari ishlab chiqilgan;
NNTlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda subsidiya mablag‘larini ajratishda loyihaning ijtimoiy samaradorligi, aholi muammolarini hal qilish darajasi, maqsadli indikatorlarni bajarish holati va hisobdorlik ko‘rsatkichlariga asoslangan natijaga yo‘naltirilgan moliyalashtirish tamoyillari baholashning reyting asosidagi ustuvorlik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jarayonlarida moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholashga qaratilgan kompleks indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda mablag‘larning maqsadli sarflanishi, ijtimoiy natijadorlik, loyihalarning barqarorligi va jamoatchilik manfaatlariga ta’sir darajasini baholash mexanizmlari takomillashtirilgan. Mazkur taklif asosida ishlab chiqilgan moliyaviy samaradorlikni raqamli baholash axborot tizimi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining NNTlar faoliyatini moliyaviy tahlil qilish, davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligini baholash, moliyaviy monitoringni amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 13-martdagi 1-132/1-26-ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2026-yil 13-martdagi JF 1-09/26-sonli sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida moliyaviy baholash jarayonlari 3-4 haftadan 1-2 haftagacha qisqargan, mablag‘lardan foydalanishdagi subektiv baholash ulushi 40-50 foizga kamaygan hamda bir yil ichida NNTlar faoliyati samaradorligi 35-45 foizga oshishiga erishilgan.
nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda subsidiya va grant mablag‘larini taqsimlashning raqamlashtirilgan monitoring tizimi taklif etilgan bo‘lib, u moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, hisobdorlik darajasini oshirish hamda mablag‘lar harakatini onlayn kuzatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Mazkur taklif asosida ishlab chiqilgan raqamli monitoring platformasi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining subsidiya va grant mablag‘larini taqsimlash, moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish, mablag‘lar harakatini nazorat qilish va davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini baholash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 13-martdagi 1-132/1-26-ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2026-yil 13-martdagi JF 1-09/26-sonli sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida subsidiya va grant mablag‘larini monitoring qilish jarayonlari 2–3 baravar tezlashgan, moliyaviy hisobotlardagi kamchiliklar 30–40 foizga qisqargan, mablag‘lardan maqsadli foydalanish darajasi oshgan hamda NNTlar faoliyatida moliyaviy shaffoflik va hisobdorlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilangan.
fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish mexanizmi takomillashtirilgan bo‘lib, unda moliyalashtirish hajmini loyihalarning ijtimoiy ahamiyati, hududiy ehtiyojlar va aholi farovonligiga ta’sir ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash usullari ishlab chiqilgan. Mazkur taklif asosida shakllantirilgan natijaga yo‘naltirilgan moliyalashtirish mexanizmi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya va grant mablag‘larini taqsimlash, ustuvor ijtimoiy loyihalarni saralash va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini baholash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 13-martdagi 1-132/1-26-ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2026-yil 13-martdagi JF 1-09/26-sonli sonli ma’lumotnomasi).Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida moliyaviy resurslarni taqsimlashda ijtimoiy ahamiyat va hududiy ehtiyojlarni hisobga olish darajasi oshgan, davlat mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi ta’minlangan, loyihalarning ijtimoiy samaradorligini baholash tizimi takomillashgan hamda bir yil ichida aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy loyihalar ulushi 30–35 foizga oshishiga erishilgan.
NNTlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda subsidiya mablag‘larini ajratishda loyihaning ijtimoiy samaradorligi, aholi muammolarini hal qilish darajasi, maqsadli indikatorlarni bajarish holati va hisobdorlik ko‘rsatkichlariga asoslangan natijaga yo‘naltirilgan moliyalashtirish tamoyillari takomillashtirilgan hamda ularni baholashning reyting asosidagi ustuvorlik mezonlari ishlab chiqilgan. Mazkur taklif asosida shakllantirilgan reyting baholash tizimi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining subsidiya mablag‘larini ajratish, ijtimoiy loyihalarni saralash, ularning natijadorligini baholash va moliyaviy hisobdorlikni monitoring qilish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 13-martdagi 1-132/1-26-ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2026-yil 13-martdagi JF 1-09/26-sonli sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida subsidiya mablag‘larini taqsimlashda shaffoflik va adolatlilik darajasi oshgan, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni saralash sifati yaxshilangan, maqsadli indikatorlarni bajarish holati bo‘yicha monitoring samaradorligi kuchaytirilgan hamda bir yil ichida yuqori natijador loyihalar ulushi 35-40 foizga oshishiga erishilgan.