Maxramova Marxabo Shodmonqul qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Secale cereale L. bir yillik navlarining qurg‘oqchilikka chidamliligi va biokimyosi”, 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1184.
Ilmiy rahbar: O‘roqov Sirojiddin Xudayberdievich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.09.10.
Rasmiy opponentlar: Xolliev Asqar Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor; Xalilov Nasriddin Xalilovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyati sharoitida Secale cereale L. navlarining qurg‘oqchilikka chidamliligining fiziologik asoslari va biokimyoviy tarkibini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Samarqand viloyati sharoitida etishtirilgan javdar navlari urug‘larining fiziologik xususiyatlari (tinim davri, harorat va qurg‘oqchilikning ta’siri, ekish chuqurligi) ta’sirida unush quvvati va unuvchanligining o‘zgarishi isbotlangan;
Samarqand viloyati sharoitida javdarning suv almashinuv xususiyatlari (barglardagi umumiy, erkin va bog‘langan suv miqdori, hujayra shirasi konsentratsiyasi, ildiz sathi, transpiratsiya jadalligi, suv tanqisligi, suvni saqlash qobiliyati) va suv stressi nav xususiyatlariga bog‘liq ravishda o‘zgarishi aniqlangan; 
Samarqand viloyati sharoitida javdar navlarining fotosintetik ko‘rsatkichlari (barg sathi, quruq modda miqdori va fotosintez sof mahsuldorligi) tahlil qilingan; 
javdar navlarining rivojlanish fazalarida barglari tarkibidagi a va b xlorofill pigmentlari, karotinoidlarning o‘zgarish dinamikasini o‘simlikning qurg‘oqchilikka chidamliligiga bog‘liqligi aniqlangan; 
javdar navlarining o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari hamda hosildorligi, biokimyoviy tarkibi iqlim omillariga (qurg‘oqchilikka) bog‘liqligi ilmiy asoslangan; 
Samarqand viloyati sharoitida javdar navlarining biologik, fiziologik xususiyatlarini o‘rganish asosida noqulay omillarga chidamliligini va hosildorligini oshirish, don sifatini yaxshilash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Samarqand viloyatining tuproq sharoitiga mos javdar navlarini tanlashda moslanuvchanlikning fiziologik va biokimyoviy asoslarini tahlil qilish va shu hududga mos qimmatli yuqori mahsuldor navlarni tanlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
javdarning “Vaxsh-116”, “Shalola” va “NS Savo” navlarini sug‘oriladigan tuproqlarda, namlik etarli sharoitda etishtirishning har bir navda kuzatiladigan suv almashinuv xususiyatlari, ya’ni barglardagi suv miqdori, transpiratsiya jadalligi, suv tanqisligi, suvni saqlash qobiliyati, ildiz hajmi, turli nav urug‘larini ekish chuqurligi, urug‘larning tinim davri hamda urug‘larning unuvchanligi Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “ULUG‘ BARAKA ERLARI”, “Dilshod Mardiev Agrobiznes” va “BUNYoDBEK” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/06-04-382-son maʼlumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklaridagi sug‘oriladigan maydonlarda javdar navlaridan gektariga o‘rtacha 53,1-67,6 sentnerdan hosil etishtirish imkonini bergan;
javdar navlarining qurg‘oqchil tuproqlarda o‘sish va rivojlanish xususiyatlari, mahsuldorlik ko‘rsatkichlarining muhitga va fiziologik xossalariga bog‘liqligi hamda qurg‘oqchil sharoitda Shalola navining yuqori hosildorligi, navlarning o‘ziga xos fotosintetik faoliyati (ya’ni quruq moddaning hosil bo‘lish samaradorligi, barglardagi pigmentlarning miqdoriy ko‘rsatgichlari, urug‘larning ekish chuqurligi, urug‘larining unish quvvati Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Tongotar Mamanazarov Abdulla” va “Xolboev Farxod g‘allazori” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi 05/06-04-382-son maʼlumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklaridagi qurg‘oqchil maydonlarda javdar navlaridan gektariga o‘rtacha 45,2-53,9 sentner hosil etishtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish