Jalilova Gulnozaxon Xabibullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jinlangan chigitni qoldiq toladorligi bo‘yicha ajratish uchun qoziq-parrakli ishchi organli qurilma konstruksiyasini ishlab chiqish” 05.02.03 –Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va rabototexnika tizimlari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6630
Ilmiy raxbar: : Djamolov Rustam Kamoldinovich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.08/2025.27.12.T.14.01
Rasmiy opponentlar: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot institutiidan texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Rasulov Ro‘zimurod Xasanovich; Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institute “Mexanika-muhandisligi” kafedrasi texnika fanlari doktori, professor Nazirov Raxmatjon Rasulovich;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqt instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: Jinlangan chigitlarni qoldiq toladorligi bo‘yicha ajratish RNS uskuna konstruksiyasini takomillashtirish bilan qoldiq tolali chigitlarni ajratish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinlangan chigitni tukdorligi bo‘yicha ajratish samaradorligini oshirish maqsadida arrachali baraban yuzasi bo‘ylab chigitni vinsimon titkilab tekis taqsimlashni ta’minlovchi qoziq-parrakli baraban konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
qoziq-parrakli barabanli RNS regenerator uskunasining ish jarayonida baraban aylanish tezligi, qoziqlar balandligi va vint qadamining chigitga ta’sir etuvchi zarba kinetik energiyasi orqali mexanik shikastlanishga ta’sirini ifodalovchi funksional bog‘lanish nazariy tahlillar asosida aniqlangan;
tukli chigitlarni arrachali baraban yuzasi bo‘ylab harakatlanish qonuniyati aniqlandi hamda ularni o‘q bo‘ylab tezlik va oqim sarfini baraban aylanish tezligi, vint qadami va konstruktiv parametrlarga bog‘liqligini ifodalovchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
jinlangan chigitni regeneratsiya uskuna konstruksiya ko‘rsatkichlarini ko‘p omilli tajribalar asosidan aniqlanib, natijada qoziqli vint qadami 150 mm, qoziqlar balandligi 42 mm va qoziq-parrakli baraban aylanishlar soni 120 min-1 xolatida uskunaning regeneratsiya samarasi 40,4 % ga oshishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jinlangan chigitni qoldiq toladorligi bo‘yicha ajratish uskunasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
Qoldiq toladorligi yuqori chigitlarni ajratish uskunasini Farg‘ona viloyati “Kosta line holding MChJ XKga qarashli paxta tozalash korxonasining jin-linter sexiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi №01/06-847-sonli malumotnomasi). Natijada I-sanoat navli paxta chigitini jinlashdan so‘ng qoldiq tolad orli chigitlarni tutish samarasi amaldagi RNS uskunasida 30,7 % ni tashkil etib, IV-sanoat navli paxtalarni qayta ishlashda esa 29,0% ni tashkil etdi. So‘ng RNS uskunasining takomillashtirilganidan so‘ng I-sanoat navli paxta chigitini regeneratsiya samarasi amaldagisidan 10,2% ga, IV-sanoat navli paxtalarni qayta ishlashdan olingan chigitlarda esa regeneratsiya samarasi 9,5 % ga oshishiga erishilgan.