Mamatov Akmaljon Anvarjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarini iqtisodiy rivojlanishida resurs bazasini samarali boshqarish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.3.PhD/Iqt3261. 
Ilmiy rahbar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarini iqtisodiy rivojlanishida resurs bazasini samarali boshqarish muammosini tadqiq qilish hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarida depozitlar, olingan kreditlar  va emissiya qilingan obligatsiyalar bo‘yicha qilinadigan xarajatlarini optimallashtirish maqsadida moliyaviy resurslarning o‘rtacha tortilgan qiymatini kamida 15 foizga pasaytirish imkonini beruvchi iqtisodiy-matematik model taklif etilgan; 
tijorat banklarining resurs bazasini barqaror rivojlantirish maqsadida korporativ moliyaviy siyosatlar arxitekturasiga asoslangan holda, resurslarni jalb qilish, taqsimlash va monitoring qilish jarayonlarini integratsiyalashtiruvchi hamda likvidlik va barqarorlik ko‘rsatkichlarini meyoriy darajada (LCR ≥ 100%, NSFR ≥ 100%) ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion boshqaruv tizimi ishlab chiqilgan; 
tijorat banklarida kredit risklarini resurs bazasi bilan o‘zaro bog‘liq holda boshqarish maqsadida, aktivlar sifati va resurslar tarkibi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlovchi, muammoli kreditlar ulushini 4 foiz darajasida cheklashga yo‘naltirilgan preventiv risk-boshqaruv mexanizmi taklif etilgan; 
tashqi bozorlardan barqaror va uzoq muddatli resurslarni jalb qilish hamda ESG (Environmental, Social, Governance) talablariga mos faoliyatni rivojlantirish maqsadida yashil obligatsiyalarni joriy qilish hamda “yashil kredit portfeli” ulushini    7 foizga yetkazish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining iqtisodiy rivojlanishida resurs bazasini samarali boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida depozitlar, olingan kreditlar  va emissiya qilingan obligatsiyalar bo‘yicha qilinadigan xarajatlarini optimallashtirish maqsadida moliyaviy resurslarning o‘rtacha tortilgan qiymatini kamida 15 foizga pasaytirish imkonini beruvchi iqtisodiy-matematik model taklifi «Agrobank» ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Agrobank ATBning 2025 yil 23 sentyabrdagi 04/02-06/359-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy resurslarning o‘rtacha tortilgan qiymati kamida 15 foizga kamayib, banklarning sof foiz marjasi va likvidlik barqarorligi mustahkamlangan;
tijorat banklarining resurs bazasini barqaror rivojlantirish maqsadida korporativ moliyaviy siyosatlar arxitekturasiga asoslangan holda, resurslarni jalb qilish, taqsimlash va monitoring qilish jarayonlarini integratsiyalashtiruvchi hamda likvidlik va barqarorlik ko‘rsatkichlarini meyoriy darajada (LCR ≥ 100%, NSFR ≥ 100%) ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion boshqaruv tizimi ishlab chiqish taklifi «Agrobank» ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Agrobank ATBning 2025 yil 23 sentyabrdagi 04/02-06/359-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarining resurs bazasi barqarorligi mustahkamlanib, moliyaviy resurslarni jalb qilish, taqsimlash va ulardan foydalanish samaradorligi oshgan;
tijorat banklarida kredit risklarini resurs bazasi bilan o‘zaro bog‘liq holda boshqarish maqsadida, aktivlar sifati va resurslar tarkibi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlovchi, muammoli kreditlar ulushini 4 foiz darajasida cheklashga yo‘naltirilgan preventiv risk-boshqaruv mexanizmi taklifi «Agrobank» ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Agrobank ATBning 2025 yil 23 sentyabrdagi 04/02-06/359-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarida kredit risklarini boshqarish samaradorligi oshib, aktivlar sifati va resurslar tarkibi o‘rtasida optimal mutanosiblik ta’minlangan;
tashqi bozorlardan barqaror va uzoq muddatli resurslarni jalb qilish hamda ESG (Environmental, Social, Governance) talablariga mos faoliyatni rivojlantirish maqsadida yashil obligatsiyalarni joriy qilish hamda “yashil kredit portfeli” ulushini    7 foizga yetkazish taklifi«Agrobank» ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Agrobank ATBning 2025 yil 23 sentyabrdagi 04/02-06/359-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarining tashqi moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlari kengayib, uzoq muddatli va nisbatan arzon mablag‘lar jalb etilishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish