Ravshanov Xusan Abdiqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion faoliyat jarayonida talabalarning o‘zini o‘zi faollashtirishining psixologik xususiyatlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2026.1.PhD/P1581.
Ilmiy rahbar: Axatov Yoldosh Xamzaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Bafaev Muhiddin Muxammadovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion faoliyat jarayonida talabalarning o‘zini o‘zi faollashtirishining psixologik xususiyatlari aniqlash va uni ilmiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion faoliyat jarayonida talabalarning o‘zini o‘zi faollashtirishi hayotiy mazmun ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liq integral psixologik tizim sifatida namoyon bo‘lishi, xususan, “avtonomlik”ning “lokus nazorat – Men” bilan, “o‘zini o‘zi tushunish”, “bilish ehtiyojlari” va “qadriyatlar”ning esa “hayotiy maqsadlar” bilan ijobiy korrelyasion aloqalari asosida, talabaning ichki faolligini belgilovchi yetakchi determinantlar sifatida mustaqillik, refleksivlik, kognitiv yo‘nalganlik va qadriyaviy-maqsadli uyg‘unlik ustuvor xarakter kasb etishi isbotlangan;
talabalardagi o‘zini o‘zi faollashtirishning irodaviy sifatlar bilan aloqador korrelyasion tuzilmasi tahlili natijasida “qadriyatlar” va “ijodkorlikka intilish”ning “tashabbuskorlik” bilan, “avtonomlik”ning “jasorat” bilan, “o‘zini o‘zi tushunish”ning “matonat” bilan, shuningdek, “aloqa o‘rnatish”ning “jasorat” va “chidamlilik” bilan ijobiy bog‘langanligi dalillanib, innovatsion faollikning psixologik asosida tashabbuskorlik, dadillik, refleksiv barqarorlik va ijtimoiy-irodaviy chidamlilik ustuvor o‘rin egallashi asoslangan;
akademik motivatsiya va o‘zini o‘zi faollashtirish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar tizimi shuni ko‘rsatdiki, “bilish ehtiyojlari”ning “kognitiv motivatsiya”, “ijodkorlikka intilish”ning “o‘z-o‘zini shakllantirish”, “avtonomlik”ning “ichki motivatsiya”, “o‘zini o‘zi tushunish”ning “muvaffaqiyat motivatsiyasi” bilan ijobiy hamda “o‘zini o‘zi tushunish”ning “amotivatsiya” bilan salbiy korrelyasiyaga ega ekanligi asosida bilishga ichki ehtiyoj, ijodiy o‘sishga yo‘nalganlik, mustaqil ichki boshqaruv va refleksiv o‘zlik anglash innovatsion faollikni ta’minlovchi muhim omillar ekanligi aniqlangan;
tajriba natijalarining dinamik tahlili innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning o‘zini o‘zi faollashtirishi alohida sifatlar yig‘indisi emas, balki integral psixologik tizim sifatida rivojlanishini ko‘rsatib, tajriba guruhida “vaqtni mo‘ljalga olish”, “qadriyatlar”, “bilish ehtiyojlari”, “ijodkorlikka intilish”, “o‘zini o‘zi tushunish”, “autosimpatiya” va “aloqa o‘rnatish” ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuzatilgan ijobiy o‘zgarishlar asosida refleksivlik, qadriyaviy yo‘nalganlik, kognitiv faollik, kreativ intilish, ijobiy o‘zlik munosabati va kommunikativ ochiqlikning o‘zaro uyg‘unlashgan tizimi shakllanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Innovatsion faoliyat jarayonida talabalarning o‘zini o‘zi faollashtirishining psixologik xususiyatlari»ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
innovatsion faoliyat jarayonida talabalarning o‘zini o‘zi faollashtirishi hayotiy mazmun ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liq integral psixologik tizim sifatida namoyon bo‘lishi, xususan, “avtonomlik”ning “lokus nazorat – Men” bilan, “o‘zini o‘zi tushunish”, “bilish ehtiyojlari” va “qadriyatlar”ning esa “hayotiy maqsadlar” bilan ijobiy korrelyasion aloqalari asosida, talabaning ichki faolligini belgilovchi yetakchi determinantlar sifatida mustaqillik, refleksivlik, kognitiv yo‘nalganlik va qadriyaviy-maqsadli uyg‘unlik ustuvor xarakter kasb etishi isbotlangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-154-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-154-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda innovatsion faoliyatga yo‘naltirilgan mustaqil fikrlash, refleksiv tahlil va maqsadli o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarining rivojlanishiga erishildi;
talabalardagi o‘zini o‘zi faollashtirishning irodaviy sifatlar bilan aloqador korrelyasion tuzilmasi tahlili natijasida “qadriyatlar” va “ijodkorlikka intilish”ning “tashabbuskorlik” bilan, “avtonomlik”ning “jasorat” bilan, “o‘zini o‘zi tushunish”ning “matonat” bilan, shuningdek, “aloqa o‘rnatish”ning “jasorat” va “chidamlilik” bilan ijobiy bog‘langanligi dalillanib, innovatsion faollikning psixologik asosida tashabbuskorlik, dadillik, refleksiv barqarorlik va ijtimoiy-irodaviy chidamlilik ustuvor o‘rin egallashi asoslangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-154-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-154-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tashabbuskorligi, irodaviy barqarorligi, ijtimoiy faolligi hamda innovatsion faoliyatga psixologik tayyorgarlik darajasi oshirildi;
akademik motivatsiya va o‘zini o‘zi faollashtirish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar tizimi shuni ko‘rsatdiki, “bilish ehtiyojlari”ning “kognitiv motivatsiya”, “ijodkorlikka intilish”ning “o‘z-o‘zini shakllantirish”, “avtonomlik”ning “ichki motivatsiya”, “o‘zini o‘zi tushunish”ning “muvaffaqiyat motivatsiyasi” bilan ijobiy hamda “o‘zini o‘zi tushunish”ning “amotivatsiya” bilan salbiy korrelyasiyaga ega ekanligi asosida bilishga ichki ehtiyoj, ijodiy o‘sishga yo‘nalganlik, mustaqil ichki boshqaruv va refleksiv o‘zlik anglash innovatsion faollikni ta’minlovchi muhim omillar ekanligi aniqlangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-154-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-154-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bilishga bo‘lgan ichki ehtiyoj, muvaffaqiyatga intilish, o‘zini o‘zi rivojlantirish motivatsiyasi va innovatsion faollikning psixologik asoslari mustahkamlandi;
tajriba natijalarining dinamik tahlili innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning o‘zini o‘zi faollashtirishi alohida sifatlar yig‘indisi emas, balki integral psixologik tizim sifatida rivojlanishini ko‘rsatib, tajriba guruhida “vaqtni mo‘ljalga olish”, “qadriyatlar”, “bilish ehtiyojlari”, “ijodkorlikka intilish”, “o‘zini o‘zi tushunish”, “autosimpatiya” va “aloqa o‘rnatish” ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuzatilgan ijobiy o‘zgarishlar asosida refleksivlik, qadriyaviy yo‘nalganlik, kognitiv faollik, kreativ intilish, ijobiy o‘zlik munosabati va kommunikativ ochiqlikning o‘zaro uyg‘unlashgan tizimi shakllanishi dalillangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-154-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-154-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda refleksivlik, kreativ fikrlash, kommunikativ ochiqlik, ijobiy o‘zlik munosabati hamda innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirish kompetensiyalari shakllantirildi.