Muxamedov Feruz To‘lqinjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):      “Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2026.1.PhD/1568.
Ilmiy rahbar: Yusupjonova Irodaxon Abdirayimjonovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Qosimboy Pirjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Qo‘chqorova Feruza Mahammatqosimovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi  tashkilot: Toshkent sharqshunoslik  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik va psixologik determinantlarni aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirish jarayonida motivatsion, metakognitiv, fikrlash, kreativlik, tasavvur va ilmiy dunyoqarash omillarining o‘zaro tizimli bog‘liqligi aniqlanib, ushbu omillarning integratsiyalashuvi talabalarning kasbiy-musiqa faoliyatida ijtimoiy moslashuv, reflektiv tafakkur va ijodiy yondashuvni ta’minlovchi muhim pedagogik-psixologik determinant sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirishda vaziyatli, retrospektiv va perspektiv refleksiya komponentlarining funksional o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan bo‘lib, vaziyatli refleksiya faoliyatni joriy boshqaruvchi, retrospektiv refleksiya tajribani tahlil qiluvchi, perspektiv refleksiya esa kelgusi faoliyatni prognozlashtiruvchi psixologik mexanizm sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan.
sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirish jarayonida raqobat, hamkorlik, murosa, moslashuv va chekinish kabi ijtimoiy-xulqiy strategiyalarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, hamkorlik va murosa konstruktiv munosabatlarni shakllantiruvchi, moslashuv ijtimoiy muhit talablariga adekvat javobni ta’minlovchi, raqobat faol pozisiyani yuzaga keltiruvchi, chekinish esa passiv strategiya sifatida namoyon bo‘lishi tasdiqlangan;
musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirish jarayonida verbal, mantiqiy va fazoviy komponentlarning kognitiv integratsiyasi aniqlanib, ushbu komponentlar kommunikativ ifoda, tahliliy fikrlash va obrazli tasavvurni ta’minlovchi o‘zaro bog‘liq psixologik mexanizmlar sifatida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirish jarayonida motivatsion, metakognitiv, fikrlash, kreativlik, tasavvur va ilmiy dunyoqarash omillarining o‘zaro tizimli bog‘liqligi aniqlanib, ushbu omillarning integratsiyalashuvi talabalarning kasbiy-musiqa faoliyatida ijtimoiy moslashuv, reflektiv tafakkur va ijodiy yondashuvni ta’minlovchi muhim pedagogik-psixologik determinant sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan yangilik O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazining 2026 yil 23 apreldagi 01/10-01-157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirish samaradorligiga erishilgan;
musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirishda vaziyatli, retrospektiv va perspektiv refleksiya komponentlarining funksional o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan bo‘lib, vaziyatli refleksiya faoliyatni joriy boshqaruvchi, retrospektiv refleksiya tajribani tahlil qiluvchi, perspektiv refleksiya esa kelgusi faoliyatni prognozlashtiruvchi psixologik mexanizm sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan yangilik O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazining 2026 yil 23 apreldagi 01/10-01-157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida psixologik bilim va malakalari oshirilgan; 
sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirish jarayonida raqobat, hamkorlik, murosa, moslashuv va chekinish kabi ijtimoiy-xulqiy strategiyalarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, hamkorlik va murosa konstruktiv munosabatlarni shakllantiruvchi, moslashuv ijtimoiy muhit talablariga adekvat javobni ta’minlovchi, raqobat faol pozisiyani yuzaga keltiruvchi, chekinish esa passiv strategiya sifatida namoyon bo‘lishi tasdiqlangan yangilik O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazining 2026 yil 23 apreldagi 01/10-01-157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentligiga ta’sir qiluvchi omillar rivojlantirilgan;
musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida sotsial-kognitiv kompetentlikni rivojlantirish jarayonida verbal, mantiqiy va fazoviy komponentlarning kognitiv integratsiyasi aniqlanib, ushbu komponentlar kommunikativ ifoda, tahliliy fikrlash va obrazli tasavvurni ta’minlovchi o‘zaro bog‘liq psixologik mexanizmlar sifatida takomillashtirilgan yangilik O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazining 2026 yil 23 apreldagi 01/10-01-157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining pedagogik-psixologik tayyorgarligi kuchaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish