Xashimova Zamiraxon Maxmudjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smir va o‘spirinlar populyasiyasida arterial bosim darajalari, uning tarqalishi hamda arterial gipertoniya profilaktikasiga innovatsion yondashuv» 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2196.
Ilmiy raxbar: Tursunov Xatam Xasanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Kodirjon Abdusattarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Gafarova Feruza Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqdiqotning maqsadi: o‘smir  va o‘spirinlar populyasiyasida arterial bosim darajalari, gipertoniyaning tarqalishi va uning profilaktikasi xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Andijon viloyati modelida, 2021–2023 yillarda o‘tkazilgan standartizlangan klinik-epidemiologik tadqiqotlar orqali o‘smir va yoshlar populyasiyasida arterial bosim darajalari, AG, YuNAB va ISAG holatlarining epidemiologik xususiyatlari to‘liq o‘rganilib, ularning yosh, jins va hududiy farqlari ilmiy jihatdan isbotlangan;
AGning tarqalishiga ta’sir etuvchi modifikatsiya qilinadigan omillar (chekish, giperxolesterinemiya, semizlik, gipodinamiya) bilan yuvenil AG o‘rtasidagi bog‘liqlik χ² va SPSS tahlillari asosida yuvenil AG xavfi yuqori bo‘lgan yoshlar guruhini aniqlash va maqsadli profilaktik choralar ko‘rishni nazarda tutuvchi populyasion skrining algoritmi ishlab chiqilgan;
talabalar va o‘smirlar o‘rtasidagi shahar va qishloq aholisiga xos hududiy farqlarni hisobga olgan holda arterial bosimning past darajalaridan to II darajali AGgacha bo‘lgan holatlarni aniqlash imkoniyati oshishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan profilaktik yondashuv va skrining algoritmi yordamida AGni erta aniqlash, xavf guruhlarini maqsadli monitoring qilish va asoratlarni oldini olish imkoniyati 40–42% holatda samara berayotgani isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlar va o‘spirinlar populyasiyasida arterial gipertoniya va uning xavf omillari tarqalishini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy yangiliklar aniqlandi va amaliyotga joriy etildi:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Andijon viloyati modelida, 2021–2023 yillarda o‘tkazilgan standartizlangan klinik-epidemiologik tadqiqotlar orqali o‘smir va yoshlar populyasiyasida arterial bosim darajalari, AG, YuNAB va ISAG holatlarining epidemiologik xususiyatlari to‘liq o‘rganilib, ularning yosh, jins va hududiy farqlari ilmiy jihatdan isbotlanganligi Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi 23.10.2024 yil, №01-13/758 hamda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 12.11.2024 yil, №133/8046-11-169-TB/2024 buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 12 dekabrdagi № 10 sonli Yagona xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: O‘smir va yoshlar guruhida arterial bosim darajalarining tuzilishi va tarqalishini ilmiy asosda baholash orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, profilaktika madaniyatini oshirish va aholi o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklari xavfini erta kamaytirish imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorlik: erta tashxis va profilaktika choralari orqali bir bemor uchun davolash xarajatlari 1200000 so‘mdan 250000 so‘mgacha kamaytirildi, bu esa umumiy tibbiy xarajatlarni 35% ga qisqartirish imkonini yaratdi. Joriy etilgan skrining usuli bir bemor uchun 1500000 so‘m o‘rniga 500000 so‘mgacha iqtisod qilinadi;
 ikkinchi ilmiy yangilik: AGning tarqalishiga ta’sir etuvchi modifikatsiya qilinadigan omillar (chekish, giperxolesterinemiya, semizlik, gipodinamiya) bilan yuvenil AG o‘rtasidagi bog‘liqlik χ² va SPSS tahlillari asosida yuvenil AG xavfi yuqori bo‘lgan yoshlar guruhini aniqlash va maqsadli profilaktik choralar ko‘rishni nazarda tutuvchi populyasion skrining algoritmi ishlab chiqilganligi Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi (23.10.2024 yil, №01-13/758) hamda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 12.11.2024 yil, №133/8046-11-169-TB/2024 buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 12 dekabrdagi № 10 sonli Yagona xulosasi).  Ijtimoiy samaradorlik: jinsiy, yoshga oid va hududiy farqlar inobatga olingan holda aholi uchun maxsus profilaktik tadbirlarni yo‘naltirish imkoni yaratildi. Bu esa aholi o‘rtasida xabardorlik darajasini oshirish va sog‘liqni saqlash sohasida tenglikka erishishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: erta tashxis va profilaktika choralari orqali bir bemor uchun davolash xarajatlari 1200000 so‘mdan 250000 so‘mgacha kamaytirildi, bu esa umumiy tibbiy xarajatlarni 35% ga qisqartirish imkonini yaratdi. Joriy etilgan skrining usuli bir bemor uchun 1500000 so‘m o‘rniga 500000 so‘mgacha iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: talabalar va o‘smirlar o‘rtasidagi shahar va qishloq aholisiga xos hududiy farqlarni hisobga olgan holda arterial bosimning past darajalaridan to II darajali AGgacha bo‘lgan holatlarni aniqlash imkoniyati oshishi isbotlanganligi Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi 23.10.2024 yil, №01-13/758 hamda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 12.11.2024 yil, №133/8046-11-169-TB/2024 buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 12 dekabrdagi № 10 sonli Yagona xulosasi).  Ijtimoiy samaradorlik: xavf omillarining ijtimoiy tarkibiy va xulq-atvoriy jihatlarini aniqlash orqali aholining o‘z sog‘ligiga nisbatan mas’uliyatini kuchaytirish, maktab va oliy ta’lim muassasalarida maqsadli sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorlik: erta tashxis va profilaktika choralari orqali bir bemor uchun davolash xarajatlari 1200000 so‘mdan 250000 so‘mgacha kamaytirildi, bu esa umumiy tibbiy xarajatlarni 35% ga qisqartirish imkonini yaratdi. Joriy etilgan skrining usuli bir bemor uchun 1500000 so‘m o‘rniga 500000 so‘mgacha tushirildi. Shuningdek, umumiy iqtisodiy samaradorlik 1476180000 so‘mni tashkil etdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan profilaktik yondashuv va skrining algoritmi yordamida AGni erta aniqlash, xavf guruhlarini maqsadli monitoring qilish va asoratlarni oldini olish imkoniyati 40–42% holatda samara berayotgani isbotlanganligi asosida tadqiqot natijalari Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi (23.10.2024 yil, №01-13/758) hamda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 12.11.2024 yil, №133/8046-11-169-TB/2024 buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 12 dekabrdagi № 10 sonli Yagona xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: yashash joyi, yosh va jinsni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan profilaktika algoritmi orqali aholi sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha maqsadli va adolatli yondashuv ta’minlandi. Bu, o‘z navbatida, kasallikning og‘ir oqibatlarini oldini olish va sog‘lom avlodni shakllantirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: erta tashxis va profilaktika choralari orqali bir bemor uchun davolash xarajatlari 1200000 so‘mdan 250000 so‘mgacha kamaytirildi, bu esa umumiy tibbiy xarajatlarni 35% ga qisqartirish imkonini yaratdi. Joriy etilgan skrining usuli bir bemor uchun 1500000 so‘m o‘rniga 500000 so‘mgacha tushirildi. Shuningdek, umumiy iqtisodiy samaradorlik 1476180000 so‘mni natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish