Gaipov Dilmurod Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda faset bo‘g‘imi va sariq boylam rivojlanishidagi yoshga xos morfologik o‘zgarishlar», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.1.PhD/Tib4208.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Dilnoza Axrarovna Xasanova, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli yosh guruhlaridagi ayollarda faset bo‘g‘imlari hamda sariq boylamning morfologik o‘zgarishlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarda bel umurtqalari faset bo‘g‘imlarining yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning to‘rt bosqichli (shakllanish → jadal o‘sish → funksional barqarorlashuv → degenerativ qayta qurilish) rivojlanish modeliga asoslanib, yuqori segmentlarda sagittal va pastki segmentlarda frontal yo‘nalish mexanik yuklanmaga morfologik moslashuv ekanligi isbotlangan;
faset bo‘g‘imi morfometrik parametrlarining kraniokaudal rivojlanish xususiyatlari (L1–L5 segmentlari bo‘ylab bo‘g‘im o‘siqlari, bo‘g‘im bo‘shlig‘i va burchak ko‘rsatkichlarining izchil ortishi) aniqlanib, yuqori va pastki bo‘g‘im o‘siqlari o‘rtasida kuchli korrelyasiyalar (r=0,82–0,93) hamda bo‘g‘im bo‘shlig‘i parametrlari bilan funksional bog‘liqliklar mavjudligi asosida uning yagona morfofunksional tizim sifatida shakllanishi isbotlangan;
faset bo‘g‘imi bo‘shlig‘i kengligi eng o‘zgaruvchan va sezgir morfometrik ko‘rsatkich ekanligi aniqlanib, uning variatsiya koeffisienti 19–23% ni tashkil qilishi individual anatomik farqlar va erta degenerativ o‘zgarishlarni baholashda muhim diagnostik mezon sifatida asoslangan;
sariq boylam (ligamentum flavum) qalinligining yoshga bog‘liq dinamikasi hamda uning faset bo‘g‘imi morfogenezi bilan uzviy bog‘liqligi va degenerativ o‘zgarishlar rivojlanishidagi ishtiroki morfometrik asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turli yosh guruhlaridagi ayollarda faset bo‘g‘imlari hamda sariq boylamning morfologik o‘zgarishlarini baholash bo‘o‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ayollarda bel umurtqalari faset bo‘g‘imlarining yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning to‘rt bosqichli (shakllanish → jadal o‘sish → funksional barqarorlashuv → degenerativ qayta qurilish) rivojlanish modeliga asoslanib, yuqori segmentlarda sagittal va pastki segmentlarda frontal yo‘nalish mexanik yuklanmaga morfologik moslashuv ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 15.06.2024 yilda 07-24/312-t-s-son bilan tasdiqlangan «Ayollarda faset bo‘g‘imlari morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash va yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni prognozlash usuli» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 46-son hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 227-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.12.2025 yildagi 30/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu natijalar faset bo‘g‘imlari kasalliklarini erta aniqlash va profilaktika qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ayollarda suyak tizimidagi distrofik o‘zgarishlarning oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar yordamida faset bo‘g‘imlari kasalliklarini statsionar sharoitida aniqlash va davolash uchun sarflanadigan mablag‘larning 15–20% iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: faset bo‘g‘imi morfometrik parametrlarining kraniokaudal rivojlanish xusuiyatlari (L1–L5 segmentlari bo‘ylab bo‘g‘im o‘siqlari, bo‘g‘im bo‘shlig‘i va burchak ko‘rsatkichlarining izchil ortishi) aniqlanib, yuqori va pastki bo‘g‘im o‘siqlari o‘rtasida kuchli korrelyasiyalar (r=0,82–0,93) hamda bo‘g‘im bo‘shlig‘i parametrlari bilan funksional bog‘liqliklar mavjudligi asosida uning yagona morfofunksional tizim sifatida shakllanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 15.06.2024 yilda 07-24/312-t-s-son bilan tasdiqlangan «Ayollarda faset bo‘g‘imlari morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash va yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni prognozlash usuli» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 46-son hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 227-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.12.2025 yildagi 30/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: D vitaminini muntazam qabul qilish faset bo‘g‘imlari kasalliklari va suyak distrofiyasining oldini olishda samarali bo‘lib, bu ayniqsa menopauza yoshidagi ayollar uchun muhimdir. Iqtisodiy samaradorligi: faset bo‘g‘imlari kasalliklarining oldini olish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1 mln so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: faset bo‘g‘imi bo‘shlig‘i kengligi eng o‘zgaruvchan va sezgir morfometrik ko‘rsatkich ekanligi aniqlanib, uning variatsiya koeffisienti 19–23% ni tashkil qilishi individual anatomik farqlar va erta degenerativ o‘zgarishlarni baholashda muhim diagnostik mezon sifatida asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 15.06.2024 yilda 07-24/312-t-s-son bilan tasdiqlangan «Ayollarda faset bo‘g‘imlari morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash va yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni prognozlash usuli» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 46-son hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 227-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.12.2025 yildagi 30/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ayollar salomatligini saqlash, suyak-bo‘g‘im tizimi kasallanishini kamaytirish va mehnat qobiliyatini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni stasionarda davolash muddatini 14 kundan 10 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1 mln so‘mga yaqin mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sariq boylam (ligamentum flavum) qalinligining yoshga bog‘liq dinamikasi hamda uning faset bo‘g‘imi morfogenezi bilan uzviy bog‘liqligi va degenerativ o‘zgarishlar rivojlanishidagi ishtiroki morfometrik asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 15.06.2024 yilda 07-24/312-t-s-son bilan tasdiqlangan «Ayollarda faset bo‘g‘imlari morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash va yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni prognozlash usuli» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Bolalar milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 46-son hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 13.06.2025 yildagi 227-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.12.2025 yildagi 30/18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu uslub yosh mutaxassislarga amaliyotda morfometrik baholashning aniq usullarini qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: diagnostika jarayonida ortiqcha instrumental tekshiruvlar sonini kamaytirish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan mablag‘larning 10–15% iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish