Mirzaev  Sardor Amrillaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda ijtimoiy persepsiya sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10872
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: 
Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), proffessor.  
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna - psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Kekeeva Zinaida Ochirovna   pedagogika fanlari      doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda ijtimoiy persepsiya sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
shaxslararo muloqot jarayoniga doir ilmiy manbalar tahlili asosida ijtimoiy persepsiyaning mazmuni shaxslararo munosabatlarni idrok etish, baholash va tushunish jarayonining integrativ tizimi sifatida kognitiv, empatik, kommunikativ va baholovchi komponentlarining qayta aloqa mexanizmlari dinamikasi asosida konseptual modellashtirish orqali aniqlashtirilgan;
ijtimoiy persepsiyaning namoyon bo‘lish mexanizmlari pedagogik muloqotda shaxslararo o‘zaro ta’sirning ichki psixik mexanizmlarini ifodalovchi empatiya, identifikatsiya, attraksiya va kongruentlik kabi kommunikativ sifatlarning o‘zaro funksional bog‘liqligi tizimli-integrativ yondashuv orqali  aniqlashtirilgan; 
talabalarda ijtimoiy persepsiya sifatlarini shakllantirish jarayonining funksional modeli jarayon blokiga ijtimoiy persepsiyaning rivojlanganlik mezonlari (kuzatuvchanlik, emotsional idrok va hamdardlik, intuisiya va xolis baholash)ga muvofiq ravishda foydalaniladigan modellashtiruvchi tashkiliy shakllari hamda interaktiv-kommunikativ metodlarni kompleks tarzda tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy persepsiyani rivojlantirish metodikasi pedagogik tizim fanlarini o‘qitishga doir o‘z-o‘zini anglash va identifikatsiya texnikalari; ongli kuzatish texnikalari; empatiyani rivojlantirish texnikalari; emotsional intellektni rivojlantirish texnikalari hamda ijtimoiy persepsiyani rivojlantirish texnikalaridan foydalanishga doir “Persepsiya dasturi”ni pedagogik eksperimental amaliyotga tizimli tatbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Pedagogik ta’lim  jarayonida talabalarda  ijtimoiy  persepsiatsiya sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomilashtirishga doir ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
shaxslararo muloqot jarayoniga doir ilmiy manbalar tahlili asosida ijtimoiy persepsiyaning mazmuni shaxslararo munosabatlarni idrok etish, baholash va tushunish jarayonining integrativ tizimi sifatida kognitiv, empatik, kommunikativ va baholovchi komponentlarining qayta aloqa mexanizmlari dinamikasi asosida konseptual modellashtirish orqali aniqlashtirilganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-sonli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (o‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan 2025-yil 5-noyabrda berilgan № 04/11-26975-son ma’lumotnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik muloqot jarayonini perseptiv xususiyatlarga tayanib tashkil etishga doir tajribalarni shakllantirish mexanizmlari takomillashuviga xizmat qilgan;
ijtimoiy persepsiyaning namoyon bo‘lish mexanizmlari pedagogik muloqotda shaxslararo o‘zaro ta’sirning ichki psixik mexanizmlarini ifodalovchi empatiya, identifikatsiya, attraksiya va kongruentlik kabi kommunikativ sifatlarning o‘zaro funksional bog‘liqligi tizimli-integrativ yondashuv orqali  aniqlashtirilganligiga oid tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va pedagogika universiteti tomonidan 2025-yil 25-noyabrdagi № 08/01-928-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga pedagogik tizim fanlarini o‘qitish jarayoni perseptiv texn ona tili ta’limiga tayyorlash jarayoni tizimli tashkil etilishiga xizmat qilgan;
talabalarda ijtimoiy persepsiya sifatlarini shakllantirish jarayonining funksional modeli jarayon blokiga ijtimoiy persepsiyaning rivojlanganlik mezonlari (kuzatuvchanlik, emotsional idrok va hamdardlik, intuisiya va xolis baholash)ga muvofiq ravishda foydalaniladigan modellashtiruvchi tashkiliy shakllari hamda interaktiv-kommunikativ metodlarni kompleks tarzda tatbiq etish asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalardan “60110400-Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasini va tegishli fanlarning o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan 2025-yil 24-oktyabrdagi № 02/01-01-436-son ma’lumotnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tizimining metodik ta’minoti takomillashuviga xizmat qilgan;
talabalarda ijtimoiy persepsiyani rivojlantirish metodikasi pedagogik tizim fanlarini o‘qitishga doir o‘z-o‘zini anglash va identifikatsiya texnikalari; ongli kuzatish texnikalari; empatiyani rivojlantirish texnikalari; emotsional intellektni rivojlantirish texnikalari hamda ijtimoiy persepsiyani rivojlantirish texnikalaridan foydalanishga doir “Persepsiya dasturi”ni pedagogik eksperimental amaliyotga tizimli tatbiq etish asosida takomillashtirilganligig oid takliflar tajriba-sinov obektlaridagi ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan 2025-yil 24-oktyabrdagi № 02/01-01-436-son ma’lumotnoma). Natijada, pedagogik tizim fanlarini o‘qitish jarayoni ijtimoiy persepsiyani shakllantirishga doir innovatsion texnologiyalar bilan boyitilishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish