Oripova Moxidil Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan jamiyatda inson begonalashuvi muammosining ijtimoiy-falsafiy omillari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fal1729
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tojaliev Abduqosim Abdulhakimovich, falsafa fanlari bo‘yich falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Asatulloev Inomjon Abobakir o‘g‘li, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Gaffarova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyatda inson begonalashuvi muammosining ijtimoiy-falsafiy omillarini nazariy jihatdan asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborotlashgan jamiyatning inson hayotiga ijobiy va salbiy ta’siri ijtimoiy-falsafiy omillari (ijtimoiy siyosat,  madaniy tamoyil,) sifatida shaxsning ichki inqirozi, o‘zini qadrsiz his etishi, ijtimoiy aloqalardan ajralganligi ochib berilgan;
axborotlashgan jamiyatda begonalashuv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari (insonning shaxsiy rivoji, ijtimoiy ishtiroki va madaniy ongini uyg‘otish zarurligi) muhimligi dalillangan;
begonalashuv jarayonining zamonaviy taraqqiyot bosqichidagi mafkuraviy xususiyatlarning ijtimoiy mohiyati (axborotlashgan jamiyat va inson begonalashuvi o‘rtasidagi dialektik aloqadorligi) ochib berilgan;
axborotlashgan jamiyatda inson begonalashuvining oldini olish (yoshlarni ijtimoiy daxldorligi, institutsional asoslari, strategik va sinergetik bog‘lanishi) mexanizmi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyatda inson begonalashuvi muammosining ijtimoiy-falsafiy omillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborotlashgan jamiyatning inson hayotiga ijobiy va salbiy ta’siri ijtimoiy-falsafiy omillari (ijtimoiy siyosat,  madaniy tamoyil,) sifatida shaxsning ichki inqirozi, o‘zini qadrsiz his etishi, ijtimoiy aloqalardan ajralganligiga oid ilmiy yangiliklaridan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2025-2026 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” Ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2026-yil 5-martdagi 05-09-383-son Ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy jamiyatda insonning o‘zini yot, begona his etishi, uni o‘rab turgan ijtimoiy munosabatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda begonalashuv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari (insonning shaxsiy rivoji, ijtimoiy ishtiroki va madaniy ongini uyg‘otish zarurligi)ni muhimligi doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadiryatlari kompleksining elektron- jamiyatda inson begonalashuvining ijtimoiy-falsafiy muammolarini aniqlash va ularni oldini olishning ilmiy-nazariy konseptual asoslarini ishlab chiqishga xizmat qilgan transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 2-martdagi 04/11-6779 Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi axborotlashgan;
begonalashuv jarayonining zamonaviy taraqqiyot bosqichidagi mafkuraviy xususiyatlarining ijtimoiy mohiyati (axborotlashgan jamiyat va inson begonalashuvi o‘rtasidagi dialektik aloqadorligi) ekanligi doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2026-yil 1-maydagi 02-03-19/827-son Ma’lumotnomasi). Natijada, begonalashuvning zamonaviy jamiyatda inson va tizimlar o‘rtasidagi murakkab ziddiyatlarini oldini olishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda inson begonalashuvining oldini olish (yoshlarni ijtimoiy daxldorligi, institutsional asoslari, strategik va sinergetik bog‘lanishi) mexanizmi asoslanganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 30-apreldagi 4-16-21-3005-son Ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning Vatanni himoya qilishga oid an’ana va qadriyatlarga sadoqatli bo‘lish asosida jamiyatda inson begonalashuvini oldini olish masalalarini yoritib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish