Raximov Shoxrux Furqatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari omonatlari hajmini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11 –Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6137
Ilmiy rahbari: Shamshieva Nargizaxon Nosirxo‘ja qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Xamraev Sherzod Axtamovich.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Tijorat banklari omonatlari hajmini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank marketingi nazariyalarini umumlashtirish asosida tijorat banklari omonatlari hajmini oshirishga yo‘naltirilgan bank marketingi konseptual modeli strategik, taktik (7P) va raqamli marketing elementlarini munosabatlar marketingi mexanizmi atrofida integratsiyalashgan holda taklif etilgan;
tuzilmaviy tenglamalarni modellashtirish (SEM) usulida aniqlangan tijorat banklari mijozlarining omonat qo‘yish niyatiga ta’sir etuvchi omillarning (ishonch, xizmat sifati, raqamli kanallar sifati, mahsulot jozibadorligi, marketing kommunikatsiyalari, ijtimoiy ta’sir, moliyaviy savodxonlik, mijoz qoniqishi, omonat qo‘yish niyati) aniqlangan ta’sir darajasida mijoz qoniqishining eng kuchli omil ekanligi (CS: β=0,395; R²=0,764) hamda yosh segmentlariga asoslangan ta’siri asoslangan;
tijorat banklarining raqamli marketing platformalari (veb-sayt, mobil ilova, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli reklama) to‘liq auditi asosida “raqamli transformatsiya - raqamli ishonch” yondashuviga asoslangan modernizatsiya, kontent marketing, ma’lumotlarga asoslangan shaxsiylashtirish, raqamli reklama optimizatsiyasi, mijozlar tajribasini boshqarishni o‘z ichiga oluvchi kompleks raqamli marketing strategiyalari taklif etilgan;
tijorat banklari omonatlar hajmiga ta’sir etuvchi omillarni regression va korrelyasion modellashtirish asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun uchta ssenariy (bazaviy, optimistik, pessimistik) bo‘yicha depozitlar dinamikasining prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada tijorat banklari omonatlari hajmini oshirishga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va ilmiy natijalar asosida quyidagi natijalarga erishilgan:
bank marketingi nazariyalarini umumlashtirish asosida ishlab chiqilgan tijorat banklari omonatlari hajmini oshirishga yo‘naltirilgan bank marketingi konseptual modeliga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda foydalanilgan (“Biznesni rivojlantirish banki” ATB aksiyadorlik bankining 2026-yil 14-yanvardagi 378-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda strategik marketing, taktik marketing (7P) va raqamli marketing elementlarini munosabatlar marketingi mexanizmi atrofida integratsiyalash, bank marketingining 8 ta zamonaviy konsepsiyasini (munosabatlar marketingi, SERVQUAL, CLV, IMC, omnikanal marketing, raqamli marketing, Marketing 5.0, ijtimoiy marketing) amaliy qo‘llash bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
tuzilmaviy tenglamalarni modellashtirish (SEM) usulida aniqlangan tijorat banklari mijozlarining omonat qo‘yish niyatiga ta’sir etuvchi omillarning(ishonch, xizmat sifati, raqamli kanallar sifati, mahsulot jozibadorligi, marketing kommunikatsiyalari, ijtimoiy ta’sir, moliyaviy savodxonlik, mijoz qoniqishi, omonat qo‘yish niyati) ta’sir darajasi va mijoz qoniqishining eng kuchli omil ekanligi (CS: β=0,395; R²=0,764) bo‘yicha olingan asosiy natijalari “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatida joriy etilgan (“Biznesni rivojlantirish banki” ATB aksiyadorlik bankining 2026-yil 14-yanvardagi 378-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bankda ishonch (TR: β=0,279), xizmat sifati (SQ: β=0,201) va mahsulot jozibadorligi (PA: β=0,206) omillarini kuchaytirish, yosh mijozlar uchun xizmat sifatiga, katta yoshdagilar uchun bank ishonchliligiga asoslangan (p=0,024) differensial marketing strategiyasini joriy etish orqali mijozlar qoniqish darajasini 15,0 foizga oshirish va bank omonatlari hajmini yillik 8-12 foizga ko‘paytirish bo‘yicha strategik maqsadlar belgilangan;
tijorat banklarining raqamli marketing platformalari (veb-sayt, mobil ilova, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli reklama) to‘liq auditi asosida “raqamli transformatsiya - raqamli ishonch” yondashuviga asoslangan modernizatsiya, kontent marketing, ma’lumotlarga asoslangan shaxsiylashtirish, raqamli reklama optimizatsiyasi, mijozlar tajribasini boshqarishni o‘z ichiga oluvchi kompleks raqamli marketing strategiyalari “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatida foydalanilgan (“Biznesni rivojlantirish banki” ATB aksiyadorlik bankining 2026-yil 14-yanvardagi 378-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida 24 oy ichida jismoniy shaxslar omonatlari hajmini 29,4 foizga, yuridik shaxslar omonatlarini 25,0 foizga oshirish, raqamli kanallar orqali 220 mlrd so‘mlik yangi omonatlarni jalb qilish, veb-sayt jozibadorlik ko‘rsatkichini 42 baldan dan 80 balga ko‘tarish, mobil ilova reytingini 3,2 dan 4,0 dan yuqori darajaga yetkazish va marketing investisiyalarining qaytarilish darajasi (ROI) 350 foizga etkazilgan;
tijorat banklari omonatlar hajmiga ta’sir etuvchi omillarni regression va korrelyasion modellashtirish asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun uchta ssenariy (bazaviy, optimistik, pessimistik) bo‘yicha depozitlar dinamikasining prognozi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatida foydalanilgan (“Biznesni rivojlantirish banki” ATB aksiyadorlik bankining 2026-yil 14-yanvardagi 378-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida bank depozitlarini bazaviy ssenariyda 2030-yilga kelib 6 580 mlrd so‘mdan 2024-yildagi 14975 mlrd so‘mga nisbatan 2,3 barobar o‘sish, optimistik ssenariyda 21260 mlrd so‘mga yetkazish, komissiya daromadining har 1 mln so‘mlik o‘sishi depozitlarni 27,27 mln so‘mga ko‘paytirish, har bir yangi filial 352 mlrd so‘mlik depozit o‘sishiga olib kelish va operatsion samaradorlik ko‘rsatkichini optimal darajada saqlash bo‘yicha uzoq muddatli strategik maqsadlar belgilashga erishilgan.